Ko’chirma gapli qo’shma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, ko’chirma gapdagi qaysi bo’lak qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi? A) kesim B) undalma C) ega D) to’ldiruvchi
Qaysi javobda ko’rsatilgan qolipda xatolik mavjud? A) “K”,-m. B) M: “K”. C) “K,-m,-k”. D) “K!”,-m.
“Bolalar, go’zal tabiat onamizdir”,-dedi muallim. Mazkur ko’chirma gapli qo’shma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganida qaysi bo’lakning sintaktik vazifasi o’zgarmaydi? A) bolalar B) tabiat C) go’zal D) onamizdir
Qaysi javobda bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasida tinish belgisi noto’g’ri qo’llangan? A) Yana uvlar dashat shamoli, Ko’kni qora bulut quchadi. B) To’g’ri bo’ling—bexavotir bo’lasiz. C) Bizning qarorimiz shu—hasharda hammamiz faol qatnashamiz. D) Yuragida qanday dard bor: ana bu menga sir.
Qaysi javobda bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’ qoladi. B) Aql eskirmas kiyim bo’lsa, bilim tuganmas buloqdir. C) Oy tunda kerak, aql kunda kerak. D) Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G’arnda dong taratdi.
Qaysi javobda ergashgan qo’shma gap berilgan? A) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’ qoladi. B) Aql eskirmas kiyim bo’lsa, bilim tuganmas buloqdir. C) Oy tunda kerak, aql kunda kerak. D) Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G’arnda dong taratdi.
Qaysi javobda bog’lovchisiz qo’shma gap berilgan? A) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’ qoladi. B) Aql eskirmas kiyim bo’lsa, bilim tuganmas buloqdir. C) Oy tunda kerak, aql kunda kerak. D) Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G’arnda dong taratdi.
Qaysi javobda sodda gap berilgan? A) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’ qoladi. B) Aql eskirmas kiyim bo’lsa, bilim tuganmas buloqdir. C) Oy tunda kerak, aql kunda kerak. D) Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G’arnda dong taratdi.
M: “K”,-m. Ushbu qolipga mos ko’chirma gapli qo’shma gapni aniqlang. A) Hunari va odobi bo’lmgan kishidan deydi Mahmud Qoshg’ariy baxt va omad ketadi B) Abu Rayhon Beruniy aytadi Yaxshi xulq yaxshilikning alomatdir C) Abdulla Qahhor jilmayib Odamzod hasad emas, havas qilishi lozim deydi. D) Bobom shirinso’zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi.
Qaysi ergashtiruvchi bog’lovchi bilan bog’langan ergashgan qo’shma gap ergash gap+bosh gap tartibida o’rinlashadi ? 1) shart bog’lovchisi 2) sabab bog’lovchisi 3) maqsad bog’lovchisi 4) qiyoslov-chog’ishtiruv bog’lovchisi A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1 D) 1,2
Payt, shart, zidlik, sabab munosabati qo’shma gapning qaysi turlari orqali ifodalanishi mumkin? 1) bog’langan qo’shma gap 2) ergashgan qo’shma gap 3) bog’lovchisiz qo’shma gap A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3
Bosh gapda ifodalangan fikrning sababi yoki maqsadini bildirgan ergash gaplar bosh gapga qaysi vosita bilan bog’lanadi? A) ko’makchili qurilmalar B) -sa shart mayli C) deb, deya so’zlari D) nisbiy so’zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |