Mehmonlar bilan tanishtiriladi
Shundan so`ng boshlovchi davraga o`quvchilarni taklif qiladi va ular shoirning "Talabalar madhiyasi" she'rini yoddan ifodali aytib beradilar;
1-o`quvchi.
Alp o`g`lonlar o`lkasi bu ko`hna Turon
Qalqonlari, qanotlari ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang!
2-o`quvchi.
Taxtdan tushganda ham otdan tushmagan,
Ajdodingiz uy qurmagan-Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog`lar surgan,
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.
3-o`quvchi.
Ko`z ochgandan kezib yetti bag`ri ummon,
Yetti tilda so`zlashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton-
Boburlari, Behzodlari ilm istang.
4-o`quvchi.
Qaq yo`lida siz ilmning ummatlari,
Xalq yo`lida hidoyati, himmatlari,
Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.
5-o`quvchi.
Ilm istang, izingizdan ibrat yoqsin,
Ihlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin.
Ortingizdan mag`rur-mag`rur millat yoqsin-
Mulki Turon najotlari, ilm istang
6-o`quvchi.
Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.
1-boshlovchi: Rahmat. Muhammad Yusuf xalq dardini tushunardi, Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib ijod qilgan. Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir she'riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta'riflagan she'rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.
So`z navbati mehmonlarga beriladi. Mehmonlarning chiqishi.
1-boshlovchi: Qiziqarli suhbatingiz uchun sizlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Shundan so`ng davrada sho`h qo`shiq yangraydi. Maktab o`quvchilari Muhammad Yusufning she'ri bilan ijro etilgan qo`shiqqa raqs ijro etadilar.
1-boshlovchi: Chiroyli raqsingiz uchun uchun raxmat.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, quloqingiz ostida qo`shiq yangrab turgandek har bir she'rni zavq-shavq bilan o`qiysiz. Qat-qatidagi ichki dardga sherik bo`lasiz. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta olgan.
1-boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko`rish nasib etdi. Yurtning eng ulug` bayramlarida uning qo`shiqlari baralla yangraydigan bo`ldi.
O`zbekiston haqidagi she'rini yoshlar hatto o`z madhiyalariga aylantirib yubordilar.
2-boshlovchi: . Shu o`rinda hurmatli yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga shaxsan e'tiborini aytib o`tishimiz lozim. Shoir Muhammad Yusufga Prezidentimizning mehrlari bobomiz Ulug`bek haqidagi qo`shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. "Xalq shoiri" unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga o`zlari topshirgan edilar.
1-boshlovchi: Xurmatli mehmonlar va qadrli o`quvchilar, keling hozir Muhammad Yusufning xotirasini yod etib, hammamizga yod bo`lib ketgan "Fidoying bo`lgaymiz-O`zbekiston" qo`shig`ini birgalikda ijro etaylik.
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib oq taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni,O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!...
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joninga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loninga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oninga.
Adoyining bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!...
Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlaringa ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!...
2-boshlovchi: Shoir bu satrlarni bitar ekan, ajdodlarimizga bo`lgan xurmatni, Vatanning naqadar ulug`vorligini, jasurlik, fidokorlik kabi fazilatlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirgan holda vatanparvarlikka da'vat etdi..
Do'stlaringiz bilan baham: |