++++++++++++++++++ADABIYOT+++++++++++++++++
1. Qaysi javobda ta'riflangan adabiy qahramon ,,Ravshan" dostonida ishtirok etmaydi?
A) "... oqshomlari qoʻliga kamonni olsa, qushni koʻzidan urar edi. Juda mergan edi..."
B) "... juda masxaraboz edi, har tuslj boʻla berar edi. Agar birovni aldamoqchi boʻlsa, har tusli boʻlganda oʻzining jo'ralari ham tanimas edi..."
C) "Majlisli kun boʻlsa, toʻrdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo'sag'aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish boʻlib, poygabetda yotar edi..."
D) "... bir "devona" oʻtiribdi: devsifat, bir ajdahoday, hech narsani ko'ziga iladigan emas, balki
nazariga keltirmay, pisand qiladigan ham emas, shunday haybatli, siyosatli..."
2. "Oltin zanglamas"dagi hayotni men yaxshi bilaman, ular men bilan bo'lgan, menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida boʻlganman. Bu mavzuda biron narsa yaratmasam koʻnglim oʻrniga tushmas edi" deb yozgan adib kim?
A) Odil Yoqubov B) Said Ahmad C) Shuhrat D) Mirkarim Osim
3. "Avlodlar almashgan sayin. . . yo, pirim-e, tuf, tuf, tuf. .. avlodlar almashgan sayin. . . yurak yoʻqolib boryapti! Jasad bor! Aql bor! Yurak yo'q! To'rt mucha bor! Kuch-quvvat bor, yurak yoʻq! Koʻkrakda jon bor! Yurak yoʻq, yurak..." Milliy urf-odatlarning, qadriyatlarning unutilishi kelajak avlodni o'zligidan mahrum qilishi va ongsiz mavjudotga aylantirib qo'yishi mumkinligi haqidagi ushbu tashvishli fikrlarni qaysi ijodkor oʻz qahramoni oʻy-xayollari ko'rinishida aks ettirgan?
A) Said Ahmad ("Qorakoʻz majnun")
B) Odil Yoqubov ("Muzqaymoq")
C) Shuhrat ("Oltin zanglamas")
D) Tog'ay Murod ("Yulduzlar mangu yonadi")
4. "Onamga xat", "Ayolga xat", "Onamdan xat", "Bobomga xat" kabi bir necha she'rlarini xat tarzida yozgan ijodkor kim?
A) Erkin Vohidov B) Muhammad Yusuf C) Pushkin D) Sergey Yesenjn
5. Quyidagi asarlardan qaysi biri A.Chexovning hajviy yo'nalishdagi hikoyasi hisoblanadi?
A) "Revizor" B) "O'n ikki stul" C) "Yovuz nlyatli kishi" D) "Oltin buzoqcha"
6. Qaysi javobda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ma'lumot berilmagan?
A) Ijodkor she'riy yoʻlda soliq ishlarini tartibga soluvchi "Mubayyin al-zakot" asarini yozgan.
B) Xo'ja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yoʻl bilan o'zbekchaga oʻgirgan.
C) Ijodkor musiqa bilan shugʻullanib, “Chorgoh” maqomiga "savt"lar bitgan.
D) Adib faqat oʻzbeklar emas, oʻsha davrlarda oʻzbeklar bilan yonma-yon yashagan boshqa
xalqlarning tarixi va madaniyatiga oid “Shajarayi turk” asarini yozgan.
7. Qaysi javobda Saida Zunnunovaning "Ruh bilan suhbat" asari haqida ma'lumot keltirilgan?
A) Ushbu asarda o'zining isyonkor she'rlari bilan butun Hindistonni erk uchun, ozodlik uchun kurashga ruhlantirgan otashin Bengal shoirining fojiaviy qismati aks etgan.
B) Ushbu asarda onaning urush tufayli ota mehrini ko'rmagan, katta mashaqqatlar bilan o'stirgan o'g'lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli xotiralari aks etgan.
C) Ushbu asarda sevgan yori Oysuluvning bevafoligi tufayli muhabbati iztirobga aylangan Toshlonning kechinmalari ifoda etilgan.
D) Ushbu asarda muallif urush yillarida o'n to'rt bolani asrab olgan toshkentlik temirchi
Shoahmad aka va Bahri opa haqida gapirib o'tadi.
8. Ov ketidan quvib sipohidan ajralgan shohning zolim qaroqchi tuzog'iga ilingani Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi dostonda hikoya qilinadi?
A) "Sab'ayi sayyor" B) "Saddi Iskandariy" C) "Layli va Majnun" D) "Farhod va Shirin"
9. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo'nalishda bitilgan pyesa hisoblanadi?
A) "Oltin buzoqcha" (Ilf va Petrov)
B) "Qiyshiq oyna" (Chexov)
C) "Tubanlik kishilari" (Jek London)
D) "Maysaraning ishi" (Hamza)
10. Quyida berilgan kitoblardan qaysi biri Jonatan Svift qalamiga mansub emas?
A) "Kitoblar jangi" B) "Movutfurush xatlari"
C) "Bochka cho'pchagi" D) "Quvnoq she'rlar kitobi"
Do'stlaringiz bilan baham: |