// "Haqiqatnoma" - Sayyid Qosimiy, " Dahnoma" — Yusuf Amiriy
Qizning go'zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u qo'lini suvda yuvib tozalamaydi, balki qo'lini yuvib suvni poklaydi. Ushbu o'xshatish kimning g'azalida uchraydi? // Atoyi
Qaysi asarda zulm yonib turgan o'tga, adolat esa ne'mat undiruvchi suvga qiyoslab ta'riflangan?// Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig"
Quyidagi baytda Nodira kimga murojaat qilgan? Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit, Sen — shah-u men benavo, lutf ayla, faryodim eshit. // Allohga va Amir Umarxonga
Qaysi bitiktoshda: "Ey, dunyogagina qaraydigan, ko'ziga faqat mol-mulk ko'rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar",- deya toshga yozib qo'yilgan? // Kul Tigin bitiktoshida
Qaysi shoiming g'azalida siniq ko'ngil vayron bo'lgan Ka'baga qiyoslangan? // Navoiy
Qaysi adibning didaktik asarida Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonidan ijodiy foydalanilgan?// Xoja, "Gulzor"
Qaysi ulug' shoir o'zining ruboiylaridan birida jon qancha shirin bo'lmasin, lekin umr barchasidan azizroq, degan falsafani yoritib bera olgan? // Navoiy
Qaysi mutafakkir shoir o'z she'rlaridan birida kelajak avlodga - yoshlarga " Kamol et kasbkim" deb samimiy istak bildirgan? // Navoiy
Qaysi adib Qur'oni karim, hadis va Imom Ya'qub Sufyon, Majididin Andugoniy, Qaffol Shoshiylarning tafsirlaridan foydalanib asar yaratgan? // Rabg'uziy
2988. Qaysi shoir kecha va kunduzni bir chiroyli qiz yoki kelinchak kabi tasvirlab, Alloh uning qizil yuzida meng, ya'ni katta xol yaratdi, shuningdek, bo'yi bilan sochini teng yaratdi, deya turkiy adabiyotda badiiy topilma qildi? // Atoyi // Xorazmiy // Lutfiy // Navoiy
Qaysi shoirning g'azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg'ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya'ni shunchalik sarg'aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo'lmay qoldi, deb ta'riflanadi? // Lutfiy
Qaysi hikoyada "Xizr" qiyofasidagi podsho obrazi berilgan? // "Hasan Kayfiy"
Qaysi yozuvchining asarlari og'ir o'qiladi? Ularni o'qib orom olish, lazzatlanish mumkin emas. Avvalo, ularni tushunish, qahramonlaming ruhiy holatini tuyish juda og'ir kechadi? //Frans Kafka
Qaysi adibning ijodi sovet davrida bir yoqlama o'rganilgan va haddan ziyod sovetlashtirilgan? //Hamza
Qaysi asarni o'zbek o'quvchisi, butun turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlaming zukko kishilari bayramdek kutib olgan? // "O'tkan kunlar"
Qaysi yozuvchi o'z asarida eng qaltis ijtimoiy-siyosiy masalalar talqinida, imperiya siyosati, jadidchilik harakati ifodasida haqiqatga sodiq qolgan? // Cho'lpon
Qaysi salbiy qahramon "uzoqni ko'zlab ish tutadigan tadbirkor, dushmanini tashqaridan emas, awal ichdan, qatoridagilami qo'lga olib, munofiq va xiyonatchilardan foydalanib mahv etish yo'lini tutadiganlar xilidan" deb ta'riflanadi? // " Abulfayzxon" da - Nodirshoh
Quyidagi misralar muallifi qaysi javobda ko'rsatilgan? Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon, Sarv-u sanobarimdir, soch bir yon, suman bir yon. // To'ra Sulaymon
Qaysi o'zbek adibining birinchi yirik asari Istanbulda chop etilgan? // Fitrat
Qaysi faylasuf shoir "Salom" degan so'zning salmog'i", "Omon bo'l!" tilagining sadoqati", "Xo'sh, tinchlikmi?" so'rashishining xosiyati" haqida to'rtliklar yaratgan? // M.Shayxzoda
Qaysi adib qaysi hikoyasida o'z otasi misolida qatag'on davrining dahshatlarini badiiy talqin etgan? // O. Yoqubov, "Muzqaymoq"
Qaysi asarda bir oilaning uch avlodi hayoti misolida butun millatning taqdiri o'ta ta'sirchan bo'yoqlarda ifoda etiladi? // Tog'ay Murod, "Otamdan qolgan dalalar"
Qaysi shoir o'z she'rida hamma qulluq qilib turgan, ta'rifiga hamd-u sano keltirayotgan sevgiga qarshi bosh ko'taradi? // U. Nosir
Qaysi qatorda hind adibi RThokurning o'zbek tilida chop etilgan kitoblari nomi to'g'ri ko'rsatilgan? // "Nur va soyalar", "Ko'zga tushgan cho'p"
Qaysi shoir o'z she'rlarida "Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromovlar", "Fayzullodek mardi maydonlar", "Jayrondek termulgan Cho'lponlar", "Olislarda qolgan Usmonlar", "Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar" kabi termalami qo'llagan? // M. Yusuf
Qaysi qatorda H Haynening majoziy dostoni nomi to'g'ri berilgan? // "Atta Troll"
Quyidagi shoirlardan qaysi birining she'riyatida yelda silkinayotgan ko'klam ko'kati dovdirab, yiqilib-surinib endigina oyoqqa turayotgan qo'zichoqqa o'xshatilgan? // A. Oripov
Quyidagi qaysi personajlar A. Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romaniga tegishli? // Abudrahmon, Sultonali, Rahim
Qaysi adib 1914-1915-yillarda "Yangi saodat", "Uchrashuv" singari "milliy roman"lar yaratgan? //Hamza Hakimzoda Niyoziy
Qaysi dramada Samarqandni ko'rishni bir umr orzu qilib yashagan, lekin uni ko'rmay o'tib ketgan qariya ruhiyati tasvirlangan? // Usmon Azim, "Bir qadam yo'l"
Qaysi adibning farzandi va yozgan asari qahramonining nomi bir xil? // V. Shekspir
Qaysi adib A. Navoiy haqida jiddiy ilmiy tadqiqotlar yaratgan? // M. Shayxzoda
Qaysi javobda hozirgi o'zbek dramaturgiyasining yutuqlari bo'lgan asarlar berilgan?//" Jek London hikoyasidan so'ng", "Dugohi Husayniy", "Arabmuhammad Bahodirxon"
Quyidagi qahramonlaming qaysi biri haqida "Vujudida To'inarisning qoni jo'sh urib turganiga ishonch hosil qilamiz"? // Yorqinoy ("Yorqinoy" dramasi)
Qaysi javobda bo'ham radifli g'azal muallifi berilgan? // H. Olimjon
Qaysi qatorda A. Muxtorning bolalarga bag'ishlangan hikoyalar to'plami nomi keltirilgan?//"Chin yurakdan"
Qanchalik mashhur bo'lmasin, birorta asari hayotlik choida nashr qilinmagan adib: // Shekspir
Qanday asar yozuvchi tomonidan hikoya tarzida yozilmaydi? // drama
Qanday holatda so'z oxiridagi jarangsiz undosh, jarangliga aylanishi mumkin? // so'zga unli bilan boshlangan qo'shimcha qo'shilganda.
Qanday sifatlar asliy sifatlar bo'lishi mumkin? // tub, sodda, yasama va qo'shma sifatlar.
3019. Qanday so'zlar vazifadosh bog'lovchi bo'lishi mumkin? 1.ko'makchi; 2yuklama; 3.modal so'z // 1,23
3020. Qaratqich kelishigi quyidagilardan qaysi biriga qo'shilganda belgili qo'llanadi? 1) turdosh otlar 2) atoqli otlar 3) olmoshlar 4) sifatdoshlar 5) mavhum otlar // 2,3,4
Qator undoshli so'zlar berilgan qatorni toping? // stol, do'st
Qaysi asarda Ochil bobo markaziy obrazda ishtirok etgan? // Asqad Muxtor "Chinor"
Qaysi asarda qadimiy xalq musobaqasi "Kurash san'atining butun qonun qoidalarigacha" batafsil tasvirlanadi? // "Yulduzlar mangu yonadi"
Qaysi asarda saltanatni yuksaltiradigan 22 fazilat berilgan? // "Ogohnoma"
Qaysi asar ijtimoiy-falsafiy asar hisoblanadi? // Asqad Muxtor "Davr mening taqdirimda"
Qaysi badiiy san'at shoirona xayol, badiiy mantiqlik bog'liqlik asosida... // husni ta'lil
Qaysi bir sonlar tovush o'zgarishiga uchrab fonetik yozuvda yozilishi mumkin? // ba'zi jamlovchi sonlar, ba'zi dona sonlar
Qaysi bir sonlar tovush o'zgarishiga uchrab fonetik yozuvda yozilishi mumkin? // ba'zi jamlovchi sonlar, ba'zi dona sonlar
Qaysi bog'lovchilar uyushiq bo'laklaming birini tasdiqlab, ikkinchisini inkor etib keladi? //ayiruv
Qaysi bog'lovchilar bilan bog'langan qo'shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning faqat bittasi yuzaga chiqishi ta'kidlanishi mumkin? //ayiruv bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplar
Qaysi bog'lovchilar ergash gap boshida keladi? // shart bog'lovchilar
Qaysi bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibida ikki nuqta noto'g'ri ishlatilgan? // Yana uvlar dahshat shamoli: ko'kni qora bulut quchadi.
Qaysi dostonda sharq bozori tasviri berilgan? // "Rasvhan"
Qaysi ergash gap bosh gapga olmosh yordamida bog'langan? // a)Shuni bilingki, aql bilan odob -jism bilan jon. B) Shunday o'zgarishlar bo'lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. c) To'g'risi shuki, men bundan behabarman. d)barcha javoblar to'g'ri
Qaysi ergashgan qo'shma gapdagi bosh gap ergash gapga ergashtiruvchi bog'lovchi bilan bog'lanmagan? // Ikkovi ham men bilan qadrdonlardek so'rashdi. Shuning uchun darrov suhbatimizga jon kirdi.
Qaysi fe'l mayli fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish orqali shakllanadi? // xabar mayli.
Qaysi fe'l mayli fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish orqali shakllanadi? // xabar mayli.
Qaysi fe'llardan bir shakl orqali ham o'zlik ham majhul nisbat hosil qilish mumkin? // ko'tarmoq, to'plamoq
Qaysi gap shart mayli nomustaqil kesim hosil qilmagan? // Qani til bo'lsayu, u bilan suhbatlasha olsak.
Qaysi gap tarkibida ikkita ibora qo'llanilgan? // Qizga o'zbek qishlog'ining oq ko'ngil va bag'ri keng odamlari juda yoqdi.
Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o'rnida qo'llangan? // Hamma perronda, hamma o'z jigarini qidiradi.
Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ishtirok etgan? // Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi.
Qaysi gapda ega qo'llangan 1 -II Uquvi yo'q har qadamda qoqiladi.
Qaysi gapda ega uyushgan? - // Mana shu o'yin kulgilar, qo'shiqlar va kuylar, yoshlar va keksalarning diliga orom va quvonch bag'ishlagan iola sayli yaqindagina bo'lgan edi.
Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? // Saxiylikni odat qilgan bo'lsa kim, qo'lidan davlati ketmasin uning.
Qaysi gapda fe'l+fe'l shaklidagi bitishuvli so'z birikmasi berilmagan? // lining sho'xligi, o'yinqaroqligi bilinib turibdi.
Qaysi gapda gumon yuklamasi qatnashgan? // Mehmonlar ham yetib kelgandir.
Qaysi gapda ham bog'lovchisi uyushiq kesimlarni bog'lagan? // Husayn Boyqaro hazratlari ham shoir, ham ilmli emishlar.
Qaysi gapda ikkita gap bo'lagi uyushib kelgan? // Olgan bilim va tajribangiz, odob-ahloq, kasb-hunar bobidagi kamolingiz faqat yaxshilikka, bunyodkorlikka buyursin.
Qaysi gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi ishtirok etgan? // U to'nini yelkasiga tashlagan holda kechasi bilan yurib chiqdi.
3051. Qaysi gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi mavjud? // Onam bilan suhbatlashib turamiz.
Qaysi gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi qatnashgan? // Nabira ko'rgach, osongina topshirdi-ketdi.
Qaysi gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining yetakchi qismi juft fe'ldan tuzilgan? // Akmal bo'lib o'tgan voqeadan xursandligidan yelib-yugurib qoldi.
Qaysi gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining yetakchi qismi qo'shma fe'ldan tuzilgan? / Uyga tez-tez qo'ng'iroq qilib tur.
Qaysi gapda ko'makchi qatnashmagan? // Badia bilan Mas'uma beka arava tagiga kirib yashirindi.
Qaysi gapda ko'makchili fe'lning yyetakchi qismi juft fe'ldan tuzilgan? // Amakisi faqat og'izda qo'llab-quwatlab qo'yadigan inson.
Qaysi gapda murakkab kesim ishtirok etmagan? // Mastura Mashrabning ko'zlariga qadalib qaradi
Qaysi gapda narsa-hodisa so'rog'i belgi so'rog'i xususiyati o'rnida qo'llangan? // Nima ishlari bor ekan? So'radi Zulayho xola.
Qaysi gapda o'tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan? - // Bolalar o'ynab kelgani ko'chaga chiqdi.
Qaysi gapda o'zlik nisbat shaklidagi gap berilgan? - //Ammo kampirning oldiga odam tez to'plandi.
Qaysi gapda qo'shma olmoshi mavjud? // Hamma unga o'girilib qarar, ammo Sattor roziyadan boshqa hech kimni ko'rmas edi.
Qaysi gapda ravish holi ishtirok etmagan? // Hamma yerda bulbulning shirin kuylari hamisha jaranglab turardi.
Qaysi gapda ravish holi qatnashgan? // Manaviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o'giti bilan singadi.
Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe'llar berilgan?//Mirtursin Hanifaning terakzoriga yaqinlashgach qadamini sekinlatdi.
Qaysi gapda sifat otlashmagan 1 - II Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-baland joylarini tekislab bo'lgandi.
Qaysi gapda sifat otlashmagan? // Axir, musulmon odam ma n! - dedi hoj i xola.
Qaysi gapda so'z turkumlari to'g'ri berilgan? - // Ularning mard, jasur o'g'lonlarning bu hasratini hech kim unutmaydi. lta fe'l, 2ta ot, 2 ta sifat, 3 ta olmosh.
Qaysi gapda tinish belgisi noto'g'ri qo'llanilgan?- //Urilmoq ham foyda - pishiq bo'lasiz, tajriba hosil qilasiz.
Qaysi gapda uchun ko'makchisi maqsad ma'nosini ifodalagan? /Ba'zilar ovqatlanish uchun yashaydilar.
Qaysi gapda vazifadosh bog'lovchi ishtirok etmagan? //Choy qaynatib ichishdi-da unutdi.
Qaysi gapda zidlov bog'lovchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelgan? // U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo'lar edi.
Qaysi gapdagi fe'l tarkibida ko'makchi mavjud? //O'yin - kulgi, askiya yarim kechagacha cho'zilib ketdi.
Qaysi gapdagi ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining ko'makchi qismi bitta so'zdan iborat emas? // Qo'shnisi buni bilsa-da, indamay-nctmay qo'ya qoldi.
Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi? // ch
Qaysi ijodkor o'z g'azallarida boshidan oxirigacha irsoli masalni qo'llagan? - // Lutfiy
Qaysi javobda ergashgan qo'shma gaplarning sodda gap bilan ma'nodoshligi to'g'ri berilgan? - // Shuni sezdimki, oila a'zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. Oila a'zolarining bir-biri bilan juda ittifoq ekanligini sezdim.
3077.Qaysi javobda faqat hoi ergash gapli qo'shma gaplar berilgan?- // Boshiga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. Oyna opa xatni oxirigacha o'qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.
Qaysi javobda ham ot , ham sifat yasovchi shakldosh (omonim) qo'shimchalar berilgan? // -ik ,-ma, -ok,-k.
Qaysi javobda kuchaytiruv-ta'kid yuklamalari berilgan?- // hatto, ham
Qaysi javobda qo'shma so'z berilmagan. - // kasbini sharafladi.
Qaysi javobda vazifadosh bog'lovchi berilgan?//Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi
3082. Qaysi kelishik qo'shimchalari -ru, -karu. -earu, -aru shaklida ham ishlatilgan? / jo'nalish kelishigi
3083. Qaysi ko'makchilar jo'nalish kelishigi shaklidagi so'zlar bilan keladi? // asosan, binoan
Qaysi ko'makchilar maqsad ma'nosini ifodalaydi? // sababli, tufayli.
Qaysi nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalar doim o'timli fe'llarga qo'shiladi? //orttirma nisbat
Qaysi olmosh birlik ma'nosida qo'llanganda kamtarlik, bajargan ishida o'zini ta'kidlamaslik ma'nosini bildiradi? - // biz.
Qaysi olmoshlar o'zaro egalik hamda kelishik qo'shimchalari orqali birikib ta'kid ma'nosida qo'llanadi? // o'zlik hamda kishilik olmoshlari
Qaysi olmoshlar shaxs, narsa, belgi, harakatni jamlab ifodalaydi?//hamma, barcha, bari, butun
Qaysi olmoshlar yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini bildiradi? // siz, ular
Qaysi personajlar lirik qahramon bo'la olmaydi? // raqib, rind, soqiy, ag'yor
Qaysi qatorda berilgan ko'makchi fe'llar yetakchi felga qo'shilib harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? - // qo'ymoq, tashlamoq
Qaysi qatorda bitishuvli so'z birikmasi berilmagan? - /.' O'qimay qo'ydi.
Qaysi qatorda bog'langan qo'shma gap berilgan?// Dono aybni o'zidan axtaradi, axmoq bo'lsa do'stini ayblaydi.
Qaysi qatorda egasiz gap berilgan?// Dam olish kuni kitobxonlar yiiniga borish kerak.
Qaysi qatorda iboralaming ma'nosi noto'g'ri berilgan?//Ovi yurgan-baxtli ma'nosida, dili pora -xafa bo'lmoq
Qaysi qatorda juft so'z berilmagan? - // irim-sirim, don-dun
Qaysi qatorda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi berilmagan?//Jo'shib kuylamoq, qaytarib olmoq
Qaysi qatorda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi orttirma nisbat shaklida? // Kuchli to'lqin uni oqizib ketdi.
Qaysi qatorda ko'rsatish olmoshi gap o'rnida qo'llanilgan .7/Istagim shuki, doimo tinchlik bo'lsin.
Qaysi qatorda o'timli fellar qo'llangan? //joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko'rmoq
Qaysi qatorda o'timsiz fe'llar vosita yordamida o'timli fe'lga aylangan? // quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq
Qaysi qatorda omonim qo'shimchalar qatnashmagan? // toshqin, bosqin
Qaysi qatorda ritorik so'roq gap berilmagan? // Xo'sh sen o'tkazadigan tajriba nimani isbot qilishi kerak.
Qaysi qatorda sheriy roman muallifi bilan to'g'ri ko'rsatilgan? //"Boqiy dunyo", Muhammad Ali
Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma'nosini ifodalagan? //Gapni bilib bilmay gapirmaslik kerak.
Qaysi qatordagi so'zlar hozirgi kunda yasama so'zlar hisoblanadi? // yumshoq, iliq.
Qaysi qatordagi so'zlarda tovush tushishi hodisasi yuzaga kelib fonetik imlo qoidasi bo'yicha yozilgan deb hisoblaysiz? // qayoqqa, qayerga.
Qaysi qatordagi fe'llar ma'nosidan kelib chiqib ham ko'makchi fe'lli shakl, ham so'z birikmasi bo'la oladi? // sakrab tushmnq, tuzatib chiqmoq
Qaysi qatordagi gap ikki grammatik asosga ega? - //Kampirning ko'zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyak yopishgan chandir terisi oqardi.
Qaysi qatordagi gapda egalik qo'shimchasi qo'llangan? //Oradan ikki kun o'tgandan keyin Tesha Saidiyning hujrasiga keldi.
Qaysi qatorda sodda gap berilgan?// Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o'quvchilarni faoliyatiga ham zarar keltiradi.
Qaysi qatordagi gapda maza-ta'm bildiruvchi yasama sifat mavjud? // Yurtimiz o'zining tilyorar mevalari bilan ham dunyoga mashhur.
Qaysi qatordagi gapda o'zlik olmoshi o'rnida kishilik olmoshini qo'llab bo'lmaydi? //Qurvonbibi fotiha to'yidan keyin biroz o'ziga kelgan edi.
Qaysi qatordagi gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud? //Olisdagi qarindoshdan yaqindagi yomon yaxshi.
Qaysi qatordagi gapda qo'shma fe'llar berilgan? //Hakim bobo har bir niholini parvarish qilardi.
Qaysi qatordagi gapda sifatlovchi aniqlovchi ishlatilgan? // Iste'dodli o'quvchilar taqdirlandi.
Qaysi qatordagi gapda to'rtta olmosh qo'llangan? // Hammasi joyida, do'stlar, men hech kimdan, hech narsadan hafa emasman.
Qaysi qatordagi gapda uyushiq hoi, ot va fe'l so'z turkumlari bilan ifodalangan? // Podshoh goh kulib, goh jilmayib, o'y bilan quloq soldi.
3119. Qaysi qatordagi juft sifatlaming qismlari yasama so'zlardan tashkil topgan? // issiq-sovuq.
Qaysi qatordagi paronim juftlikda "nozik ma'noli so'z" mazmunidagi lug'aviy birlik mavjud? // nukta nuqta.
Qaysi qatordagi qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi? // achchiq tosh, tog' olcha.
Qaysi qatordagi so'zlarda qo'sh undosh qo'llanishi kerak?// mutassad... i, shart...a .
Qaysi qatordagi tasviriy ifoda nisbatan keyin paydo bo'lgan? // Hayotimiz qomusi
Qaysi qatordagi yasama fe'l fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan? // Bola xuddi shuni kutib turgandek, battar yig'lay boshladi.
Qaysi qo'shimchalar so'zlaming munosabat shakllarini hosil qiladi? // egalik, kelishik, -man, -san -dir qo'shimchalari.
Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inga tushmagan? // Qachondir, yozamiz, do'stlarcha.
Qaysi shakldosh so'zlardagi qo'shimchalar tarkibi bir xil emas? // Bu ko'zlar nimani ko'zlar.
Qaysi shoir ko'zni taroziga o'xshatadi, bu haqda xalq maqolini keltiradi? // Lutfiy
Qaysi shoir o'z turkiy devoni "Debocha"sida o'z ona tilida she'r yozmaslik yoki yoza olmaslik o'sha shoir ta'bining "qobili qusur"i, "iste'dodi kamoli"ga "rahna" hisoblaydi? // Fuzuliy
Qaysi so'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? // yaltiramoq.
Qaysi so'zda so'z yasovchi qo'shimcha sintaktik shakl yasovchidan keyin qo'shilgan? // o'zicha
Qaysi so'zlarda omonim qo'shimchalar qatnashmagan? // chiziq, yo'liq
Qaysi so'zning yopiq bo'g'inlaridan biri jarangli juftiga ega undoshlardan iborat? // mamlakat
Qaysi so'zning yopiq bo'g'inlaridan bir jarangsiz juftiga ega emas undoshlardan iborat? //chiroyli
Qaysi so'zning yopiq bo'g'inlaridan biri jarangsiz juftiga ega portlovchilardan iborat?// bodroq
Qaysi so'zning yopiq bo'g'inlaridan biri jarangsiz juftiga ega sirg'aluvchilardan iborat? //hovuz
Qaysi so'zning yopiq bo'g'inlaridan biri jarangsiz juftiga ega undoshlardan iborat?// rivojlanmoq
Qaysi vositalar qo'llanganda bosh gap ergash gapdan oldin keladi? //sabab, maqsad bog'lovchilari
Qaysi vositalar qo'llanganda ergash gap bosh gapdan oldin keladi? // shart, qiyoslash, ko'makchili qurilmalar
Qaysi yasama so'zda lab undoshi ishtirok etgan? // bilimdon
Do'stlaringiz bilan baham: |