QOROVULBOZOR TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMI MUDIRINING BUYRUG’I
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 oktabrdagi “Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'yektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini 2020-2021 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 607-sonli qarorini hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 30 oktabrdagi 167-sonli buyrugining ijrosini ta'minlash to‘g‘risida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 oktabrdagi “Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini 2020-2021 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 607-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 23 oktabrdagi 05-05/2-680-sonli xati, viloyat hokimining 2020 yil 10 oktabrdagi 404-sonli qarori, xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 30 oktabrdagi 167-sonli buyrugining ijrosini ta'minlash hamda 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida buyuraman:
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 oktabrdagi “Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob'yektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini 2020-2021 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 607-sonli qarori, Xalq ta'limi vazirligining 2020 yil 23 oktabrdagi 05-05/2-680-sonli xati, viloyat hokimining 2020 yil 10 oktabrdagi 404-sonli qarori, xalq ta’limi boshqarmasining 2020 yil 30 oktabrdagi 167-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun;
Tuman halq ta’limi bo’limi tizimidagi ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish va nazoratni olib borish bo‘yicha tuman shtabi tuzilsin.g
Quyidagilar:
ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
ta’lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarini mukammal va joriy ta'mirlash parametrlari 2- ilovaga muvofiq;
ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish rejasi 3-ilovaga muvofiq;
ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomalaming namunaviy shakli 4-ilovaga muvofiq;
Tuman Xalq ta’limi bo’limi tizimidagi ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko'rsatish va nazoratni olib borish bo'yicha Markaziy shtab (keyingi o‘rinlarda matnda Markaziy shtab deb yuritiladi) tarkibi 5-iIovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shuningdek, ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha Tuman xalq ta’limi bo’limining har bir hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari(kuratorlar) hamda umum ta’lim maktablari direktorlari mas’ul hisoblanadi.
Tuman shtabi(E.Ergashev)ga:
ta'lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini tashkil etish jarayonini muvofiqlashtirish, ularni mavsumda barqaror ishlashini ta'minlash hamda monitoringini yuritish;
hududlardan olingan ma'lumotlami tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha joylarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan joylarda tashkil etilgan shtablardan olingan ma'lumotlarni umumlashtirgan holda Xalq ta'limi vazirligi va viloyat hokimligiga kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Barcha ta'lim muassasalari direktorlariga:
ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab, tayyorgarlik jarayonini muvofiqlashtirib borish maqsadida shtablarni tashkil etish;
asosiy e'tiborni ta'lim muassasalarini kuz-qish mavsumida ishlashga tayyorlash borasida aniq ta’sirchan choralar korilishiga, bunda o‘tgan yil kuz-qish mavsumida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilishga, joylardagi har bir ta'lim muassasasi bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqishga qaratish;
tuman(shahar) xalq ta'limi bo‘limi tomonidan qabul qilingan buyruq, belgilangan chora-tadbirlar va shtab tarkibini 5 (besh) kun muddatda Markaziy shtab (elektron manzil: e-mail : Qorovulbozor TXTB ga taqdim etish;
ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha joriy yilda rejalashtirilgan har bir ta'lim muassasasi kesimida bajariladigan ish hajmini belgilash, hududiy moliya bo‘limlari bilan birgalikda ulaming moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda amalga oshiriladigan ishlaming tarmoq jadvali (setevoy grafik)ni ishlab chiqish va tasdiqlash;
ta’lim muassasalari uchun ajratilgan ko‘mir (briket) yoqilg'isini boshqarmaning 2017 yil 18 yanvardagi 11-sonli buyrug‘iga muvofiq dalolatnoma asosida sifatli qabul qilinishi (belgilangan standartlarga javob bermaydigan ko‘mirni qabul qilmaslik) ustidan nazorat qilib borish;
tashkil etilgan markaziy shtab bilan tezkor aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman(shahar) xalq ta'limi bo‘limida tashkil etilgan Maxsus-ta’mirlash ekspluatatsiya xizmatlari orqali joylarda bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi monitoring ma'lumotlarini 4-ilovaga muvofiq 2020 yilning 1 noyabridan boshlab har oyning 9-, 19-, 29-sanalarida Markaziy shtabga rasmiy tarzda (imzolangan, muhrlangan) va elektron variantlarda (elektron manzil: e-mail : Qorovulbozor TXTB taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishiga ta'lim muassasalarining birinchi rahbarlari shaxsan javobgardirlar.
Ta'lim muassasalarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayonining borishi, erishilgan natijalar, mavjud kamchilik va muammolarni ommaviy axborot vositalari hamda bo’limning rasmiy veb.saytida keng yoritib borish ishlari amalga oshirilsin.
7. Mazkur buyruqni bajarilishi ustidan nazoratni o‘z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |