Chuchuk suv shillig’i ko’pincha ko’lmak, hovuz, botqoqliklar, daryo va
ko’llarda yashaydi. Uning tanasi spiral buralgan katta og’izli chig’anoq ichida
joylashgan. Chig’anoqning balandligi 5-10 mm bo’lib, usti Yashil-jigarrang.
Gavdasi bosh, tana va yagona oyo’qdan iborat. Tanasi mantiya bilan qoplanganva
chig’anoq buramasiga mos holda spiral buralgan. Chig’anoq og’zi orqali faqat
bosh, oyo’q va gavdaning oldingi qismi tashqariga chiqishi mumkin. Oyog’i yassi
bo’lib, tanasining qorin qismini egallaydi. Oyo’q muskullarining to’lqinsimon
qisqarishi natijasida shilliq sеkin sirpanib harakatlanadi. Boshining ostki tomonida
og’zi, boshning ikki yonida ikkita paypaslagichlari joylashgan. Agar
paypaslagichlarga ta'sir etilsa, molluska boshini va oyog’ini chig’anog’i ichiga
tortib oladi. Paypaslagichlarining asosida bittadan ko’zi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |