Qoyqirilgan qa`la- tahminan ikki yarim ming yil ilgari bunyod etilgan jahon madaniyatining mashur yodgorliklaridan biri. To`rtkul shahridan 22km shimoliy-sharqida joylashgan bu bebaho xazina qadimgi Grek va Rim madaniyatining durdonalari bilan bir qatorda turadi. Erta zamonlarda qumlar arosida qolib ketgan bu yodgorlikni tabiyatning uzi qadrlab, uni bizning kunlarimizgacha yaxshi saqlanib kelgan. Ikki qavatli qurilishning birinchi qavatining tahminan ikki ming yil vaqt to`liq saqlanishi uning yaqqol dalili bula oladi.
Qa`la ilmda birinchi marotaba 1938-yili aniqlanib, 1952-1957- yillarda arxeologlar tamonidan tuliq tadqiqot ishlari olib borildi.
Markaziy Osiyoning qadimgi arxitekturaviy madaniyatining cho`qqilarining biri bo`lgan Qoyqirilgan qa`la oldin ola tayyorlangan reja buyicha diyametri 90 metr doira shaklida solingan. Qa`la atrofida ikki qavatli uq otish dahlizi bulib, ikki qator (tashqi va ichki) qurg`on devorlar bilan qursholgan. Uning devorlari buylab sakkiz joyda tupxonalar u`rnatilgan. Qurg`on devorlarni aylantirib eni 15 m, terangligi 3 m or qazilib, u suv bilan tuldirilgan. Qoyqirilgan qa`laning qurilish ishlarida Amudaryoning pastgi buyidagi xalqlar bilan aloqada qo`shni sak-massaget qavmlarinig tasiri kuchli bo`lgan. Tarixning otasi bo`lgan Gerodotning yozishi buyicha “kun” massagetlarning bosh xudosi bo`lgan. Shunday qilib “Xorazm” degan so`zning o`zi qadimgi Iran tilida “Kun vatani” degan ma`noni anglatgan. Demak, plani buyicha kun shaklidagi doira, odam yasashga beyimlashmagan, Qoyqirilgan qa`laning markaziy qurilishi mavzoley- xram. Qa`laning asosiy turg`unlari bo`lgan jrets-astronomlar ularning xizmatkorlari, qa`laga kelgan sayoxatchi- ziyoratchilar qo`rg`on ichida xramni aylantirilib solingan joylarda yashagan. Shuning uchun devorlari qalin pahsa loydan solingan bu joylar yozda salqin, qishda issiq yashishi uchun juda qulay etib solingan. Eramizdan oldingi uchunchi asrga tegishli qa`ladan topilgan yozuvdagi “Asbaraq” yoki “Aspadak” xramning shu vaqtdagi bosh jretsi va astronomi bulishi ehtimol. Qa`la turg`unlari astronomik tadqiqot natiyjasida mahalliy xalq madaniyat, adabiyot, xunarmandchilik, dexqonchilik bilan shug`ullangan. Unga qa`la devorlarida saqlangan sariqjoyshi nomli freska, bilan arfa, lyutnya chaliyotgan sozandalar releflari misol bo`la oladi.
Shunday qilib bizning eramizga qadar IV-II asrlarda mavzoley- xram astronomic markaz xizmatini bajargan qoyqirilgan qa`la antik davrning eng ajoyib durdona yodgorligi xisoblanadi.
“Qoyqirilgan qa`la” so`zining etimologiyasi sodda bo`lib, u XX asrning birinchi yarmida paydo bo`lgan. Professor S.P.Tolstovning aytishicha yodgorlik ichida o`lib qolgan qoyga bog`liq qo`yilgan atama. Shunday voqya Qoyqirilgan qa`laning sharq tarafida, uzoq emas yerda joylashgan ikki yodgorlikda joy olib, ular ilmga “Qo`ziqirilgan qa`la I” va “Qo`ziqirilgan qa`la II” degan atamalar bilan kirgizildi. Bizningcha Qoyqirilgan qa`ladan topilgan yozma ma`lumotlar asosida qa`lani Aspabaraqning qa`lasi deb nomlasak bo`ladi.
Shilpiq. Qoraqalpog`iston Respulikasining markaziy bulagida Sultan Uayis, halq orasida Qaratog` deb atangan tog` tizimlari joylashgan. Tabiyati chiroyli shu tog`ning shimoliy-g`arbida Amudaryoning buida Shilpiq, Qora tepa, va Besh tepa singari tepaliklar joylashgan. Qora tog` singari bu tepaliklarning har birining o`ziga hos sir sinoatlari va tarixi bor. Ularning orasida Shilpiq tepaligi alohida o`rin egallaydi. Ulkamizning Amudaryo tumanida joylashgan bu yodgorlikning ilmga noma`lum tamonlari kuproq.
Bu yodgorlik faqat ulkamiz xalqini emas, balki elimizga kelgan chet elliklarning diqqat etuborini tortgan eng ajoyib tarixiy meroslarimizdan biri. XIX asrda ulkamizda bulgan olimlar, rassomlar va askarlar o`zlarining daftarlarida estalikni “Чильпик” ( A. Kun, A.E.Rassikova, F.Vamberi, N.N. Karamzin), “Чильпак” (A.V.Kaulbars) va “Шелпак” (M.N.Bogdanov) atamalari bilan yozib qoldirgan.
Markaziy Osiyo Xo`dja Reshad Efendi nomi bilan 1863- yili sayohat qilgan Veygriyalik olim Armen (German) Vamberi Amudaryo orqali Xivadan Qung`irotga ketayotganida Shilpiqda bulgan va u haqida quyidagilarni yozgan. Bu bir zamonlari mahkam qurg`on bulgan, unda otasining quliga banda bulib tushgan yigit oshiq bulgan padsho qizi, o`zining sevgilisi bilan ota-onasidan qochib kelib turgan. Uzlarini suv bilan ta`minlash uchun er osti yuli xozirgacha saqlangan.
Shilpiqning pastki eni 130-150 m , balandligi 30-33 m tabiy tepalik boshiga qurilgan doira shaklidagi qurilish. U soz loydan tiklangan qalin devorlar bilan qursholgan. Shu qadimiy devorlarning bizning kungacha 15 m balandlikda buzilmasdan saqlanib kelidhining siri, bizningcha qurilishga ishlatilgan loylarning yaxshiligi bilan bahorda va kuzda bo`ladigan sel yomg`irlaridan ularni saqlash maqsadida suvoqarlarning o`rnatilishida bo`lsa kerak. Soz loydan ishlanib qumbizda pishirilgan bu suvoqarlarni hozirgacha foydalansa buladi. Shuningdek har qanday zang bilan yer silkinishlarga qarshi daryo asosidan olinib, devor pastki qismiga tushalgan qumning ham o`rni alohida bo`lishi extimol.
Shilpiqning Amudaryoga qaragan g`arb tamonida joylashgan darvozasiga ishlangan zina orqali chiqqan. Umumiy uzunligi 20 m bulgan. Uni arxeologik tadqiqotlar vaqtida ulkan hom g`ishtlardan ishlangan 75 zinaning ham ikki buyida devorlarning qoldiqlari aniqlandi. Shilpiq asosan Janubiy Orol buyidagi belgili sig`inish joylarining biri bo`lgan. Shuning bilan birga XX asrning boshlarigacha Shilpiq yonida Navruz va Qurbon Xayt bayramlariga bag`ishlangan umumxalq sayllari o`tkazilib kelingan. Qadimgi davrlarda bunday umumxalq sayllarga yiliga bir marotaba elning hukumdorlari chiqib, puxoralar bilan uchrashadigan bulgan. Shilpiq yonidagi Qora tepalikdagi Muxammad Tekesh (XII asr) va Anusha xanlarning (XVII asr) qoldirgan qo`ltangbalari shunday sayl vaqtiga to`g`ri kelishi ehtimol. XIX asrning o`rtalarida bir olmani bo`lishib yegan qoraqalpoqlarning oltmish biyi shu joyda ont berishgan. Qisqasi xalqimizning tarixida Shilpiq alohida o`rin egallagan yodgorlik
Nazlimxon sulu – sufilar manzilgohi
N azlimxon sulu Markaziy Osiyoning o`hnf arlardagi Ismoil Somoniy, Xo`ja Axmad Yassaviy, Muxammad Tekesh Sanjar, Guri Amir, Biybixonim kabi durdona me`moriy obidalari bilan bir qatorda xalqimizning bebaxo yodgorligi Xo`djayli shahrining qadimgi ba o`rta asrdagi qismi. Mizdakxon quriq muzeyi aymog`ida joylashgan bu yodgarlik mahalliy xalq orasida “qiz uyi” , “sufining qizining uyi”, yoki “saroyi” nomlari bilan mashxur.
Umumiy maydoni 30x3 metr bulgan bu binoning kirish oldidan boshlab quyilgan zinalar yordamida ihkariga kirganingizda yodgorlik haqida xar xil fikrlar mavjud bulib uzingizni boshqa bir olamga – yeti qavat yer ostidagi saroyga kirgandek xis qilib, uning ustida qancha tuproq bor ekan degan fikrga berilishingizni bilmay qolasiz. Dastlab eshik ortidagi gumbaz bilan bostirilgan devorlari bilan burchaklari xar xil naqshlar bilan bezatilgan turt burchakli kichik xonaga kirasiz. So`ngra uzun dahliz buylab quyilgan zinalar yordamida sakkiz metr pastda joylashgan katta markaziy zalga o`tasiz. Devorlari jahonning turt tamoniga qaratip qurilgan bu zal sakkiz qirli katta gumbaz bilan bostirilgan. Devorlardagi g`ishtlar orasiga quyilgan “gulbonalar” ko`z oldingizga osmondagi yulduzlarni eslatadi. Uning burchaklaridagi zina tarzidagi bitilgan naqshlar bilan stalaktitlar bo`lsa shu davrdagi mohirlikning chuqqisi ekanligidan darak berib turgandek. Nazaringizda yanada yuqori kutargan vaqtida markaziy xonanki yorig`lantirib turgan osna zanjirli oltin shomlarning o`rinlarini ko`rasiz, yanada yuqori tamonida gumbazning har qiriga bir-birdan o`rnatilgan bitik naqshli sakkiz panjara markaziy zalni kunduzgi kuni yoriqlantirib turgan.
Zal poli qiriga o`rnatilgan g`ishtlar bilan to`shalgan. Uning o`rtasida osmon ko`k rangli plitalardan iborat turt burchakli maxsus kichkina maydon ishlatilgan.Rivoyatlarga qaraganda, u Nazlimxon suluga oshiq Abutalipning gumbazdan uzini tashlab nobid bulgan urni. Shuning uchun ham qizning uyiga kelgan ziyoratchilar bu maydonni aylanib utar ekan.
Markaziy zalning shimol va sharq tarafida usti yarim gumbaz shaklida bostirilgan oldi ochiq supali joylar qurilgan. Hozirga vaqtda ularning ikkalasida ham qabrlar bor. Rivoyatlarga qaraganda shimoldagisi Nazlimxon sulu ismli qizga, sharqdagisi shu binoni qurgan usta yigit Abutalipga tegishli. Qabrlarning ustiga ishlangan soxanlar buzilib bugungi kunda ularning faqat past qatorlari gina saqlangan. 1928-1929- yillarda yodgarlikda qozish ishlarini olib borgan professor A.Yu.Yakubovskiyning yozishiga qaraganda bu soxanlarning ikkalasi ham oltin plitalar bilan bezatilib, ularning devorlarida fors tilida yozilgan filosofik qatorlari bulgan. A.Yu.Yakubovskiy ko`chirib olgan bu yozma manbalar sharqshunos olim A.A. Nekrasov tamonidan o`qilib, unga tushinik bergan. Ularning birida “Umr ajoyib, lekin u mangu emasligi ukinchli” deb yozilgan qatorlarni o`qiysiz.
Professor A.Yu.Yakubovskiyning “Qiz uyi” deb nomlangan bu yodgorlik XIV asrlarga tegishli yer osti mavzoleyi birinchi ilmiy tadqiqoti undan keyingi davrlarda yodgorlikni tadqiqot qilgan olimlar B.N.Zasipin va V.N. Yagodinlar qabul qilgan. Lekin 1959- yili bu yodgorlikni qayta tiklashga bog`liq olib borilgan arxeologik ishlarning natiyjasida Toshkentlik arxeolog olim V.I.Filimonov Nazlimxon sulu XIII-XIV- asrlarda yer ostiga qurilgan mavzoley emas, XII asrning oxiri XIII asrning boshlarida yani Chingizxon askarlari ulkamizni bosib olgunga qadar qurilgan saroy degan fikrga keladi
Mizdakxan - kompleksi
Q oraqalpog`iston ulkasida qadimgi joylashish tosh davriga to`g`ri keladi. Qadimgi Xorazm davlati Amudaryoning quyar joyida bizning eramizgacha VII-Vi asrlarda joylashgan. Qoraqalpog`istonning eski poytaxti – Xujaylidan uch kilometr joyda ajoyib tarixiy- arxeologik kompleks Mizdakxan joylashgan bo`lib, u uch xolmax turadi. Olimlar bizning eramizgacha IV- asrda qurilib, XII – asrda tatar-mongollar tamonidan qirg`inga uchragan, ularning eng qadimgisi xisoblangan Gaur – qa`la eli ko`plagan zaraostrizm qabristonlar Mizdakxanning ichgi bo`lagida joylashgan. Qa`la Xorazm davlatining yirik savdo- xunarmandchilik markazi bo`lib, u orqali Buyul Ipak yo`lining janubiy tarmoqlarining biri o`tgan, bularga qazib topilgan qushlarning rasmi , oltin ipli gazlamalarning qoldiqlari, Xind okeani tosh idishlar , koraldan yasalgan kiyimlarning qoldiqlari dalil bo`la oladi.
Mizdakxandan uncha olisda joylashmagan qadimgi, bizning davrimizgacha kelgan zoraostrizmning diniy qurilishi Shilpiq joylashgan. So`ngi tadqiqotlarga qaraganda zaroastrizm talimoti qadimgi Xorazmda paudo bo`lgan va uning payg`ambari Zardushtra muqaddas kitob “Avesto” ning qadimgi qatorlarin yozgan.
Ellikqalada qadimgi qo`rg`onlar Qirqqiz qa`la, Ayoz qa`la, Ishan qa`la mavzoleyi joylashgan. Ulardan Tuproq qa`la II-IV asrda Xorazm xonligining markazi bo`lgan. Ajoyib saroylar, faqat xom loy skulpturalar, zallar, arxeologik tadqiqotlar natijasida topiladi. Ularda podsholar, qora tanli askarlar, o`yinchilar suratlangan.
Davlat 712- yili arablar tamonidan bosib olingan. Mizdakxan qa`lasidagi ajoyib estalik- Nazlimxansulu yer osti mavzoleyi uch davrga to`g`ri keladi, uning eng birinchi qurilishlari XII asrda boshlangan. Uning atrofida madrasa va Erejep xalifi mavzoleyining qoldiqlari topilgan bo`lib, ular IX-XI asrlarga to`g`ri keladi. Qadimgi Xorazm yo`llari orqali uning butun tarixi davomida XVI asr o`rtalariga kelib sharqdan g`arbga qaray karvonlar o`tib turgan. Bularda Usturt tekisligidan Buyuk Ipak yo`lida joylashgan karvon-saroylar, quduqlar va boshqada suv saqlagich qurilishlar dalillaydi.
Adamlarning qadimgi turar joylari Xorazm davlatida ochilgan bo`lib va cho`llarga yaqin bo`lib, ular neolit davriga (bizning eramizgacha VI-III asr) to`g`ri keladi. Bu joylarda ovchi va baliqchi qavmlari joylashgan. Janub bilan aloqa oqibatida Amudaryoning quyarlarida bizning eramizgacha II asrda yerni suvg`arib ekish paydo bo`lgan. Xorazm tsivilizatsiyasining boshlanishi arxiak madaniyat (bizning eramizgacha VII-V asr) davriga to`g`ri keladi. Bu davrda Kuzali-qir qa`lachasi va Jing`illi qo`rg`on qurilgan. Shundan qa`la yashovchilari va qishloq yashovchilari kelib chiqqan. Bizning eramizgacha Vi asrning o`rtalarida Xorazm Axamanidlar tarafidan bosib olinadi. Elda jadal madaniy olmashiniuvlar yuz beradi.
Bizning eramizgacha V-IV asrlatda Xorazm mustaqil ravshda rivojlangan. Xorazmliklar bizning eramizgacha IV-III asrlarda aholidan va tashqaridan olib kelingan elementlarni qarishtirib va rivojlantirib o`zining madaniyatini rivojlantiradi.
XII-XIII asrlarda tuzilgan, Indiyadan kavkazgacha cho`zilgan katta davlat Xorazmshoxlar davrida madaniyat va xunarmandchilik rivojlangan. Bu saltanati, saroylari va diniy imoratlari ko`zga tashlanib, ular ganch o`ymalari, yozilgan plitalar bilan bezatilgan. Shundan keyin xunarmandchilik rivojlanadi.
Mongollar bosib olgandan keyin Xorazm XIII asrda Oltin o`rda quramiga kiradi va unga katta ta`sir ko`rsatadi. Xorazm poytaxti – Urganch Markaziy Osiyo qa`lalarini bog`lovchi karvon yo`llari buylarida joylashgan. U Markaziy Osiyoning yirik xunarmandchilik markaziga aylangan. Bu davr keramikasida xar xil sa`nat usullaridan foydalangan, oyli va betlik naqshlar, grelirovka, shtamp, bezash mativlari o`simlikka o`xshash naqshlar, chinnidan ishlangan naqshlar keng foydalanilgan.
Qoraqalpog`iston yerida o`rta asr olimlari Al-Beruniy, Al- Xorazmiy, Najmiddin Kubrolar yetishib chiqqan. XIX asr XX asr boshlaridagi buyuk shoyir Ajiniyoz, Berdax yashab ijodiyot bilan shug`ullangan