ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Muzey fondida 1920- 30-yillarda avangard rassomlar yaratgan asarlar to‘plangan.
Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi,
kashtado‘zlik, to‘qimachilik (ayniqsa, o‘tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san'at
bo‘limida jamlangan.
G’arbda tillarda doston Savitskiy muzeyi va undagi qariyb 90 ming bebaho asar
Qoraqalpog’iston va O’zbekiston xalqi mulkidir. "Uni asrab-avaylashda davom etamiz",
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 219
- deydi muzey direktori Marinika Babanazarova. Marinika Babanazarova va uning qo’li
ostidagi muzey haqida gap ketganda G’arb san’at shaydolari yuzida chuqur ehtirom,
havas ifodasi paydo bo’ladi. 25 yildan oshibdiki, istarali, fozil va dadil ayol
Qoraqalpog’istonda Savitskiy nomli san’at muzeyini yuritadi.
"Sahrodagi Luvr" deb ham atalmish bu dargoh rahbari shu kunlarda Yevrosiyo
fondi yordami bilan Amerikada malaka oshirmoqda. Marinika Babanazarova har bir
intervyu, ma’ruza, suhbatda muallimi va do’sti, Nukus muzeyi asoschisi Igor
Savitskiyni eslaydi. Sovetlar davrida unutib, xor qilingan, lekin bugun qiymati
millionlab dollarni tashkil etadigan nodir merosni qutqarib qolgan – ana shu inson edi,
deydi u. Rus zodagonlari oilasidan chiqqan, biroq yonida hemiri yo’q Igor Savitskiy
noma’lum yoki taqiqlangan, Stalin va undan keyingi davrda bosimga uchragan
ustalarning asarlarini to'playdi. Qoraqalpog'iston KGBning temir panjasidan uzoq bir
yer edi. 1917-yildagi qizil inqilobdan keyin u yerlarga ishlash uchun yuborilgan
Savitskiy mahalliy madaniyat va san'atga oshiq bo'lib qoladi. Rossiyaga qaytmaslikka
ahd qiladi. U qutqarib qolgan 40 ming asar orasida rus avangardi, sotsialist realizm
namunalari bo’lib, kattaligi jihatidan Sankt-Peterburgdagi kolleksiyadan keyin ikkinchi
o’rinda turadi.
MUHOKAMA
Savitskiy va u asos solgan muzey haqida 2010-yilda
hujjatli film (Desert of
Forbidden Art)
ishlangan. Amerika kino ustalari Amanda Poup va Chavdar Georgiyev
dunyo ahlini O’zbekiston sahrosida yashiringan javohirot haqida ogoh qildiyu sayyohlar
yog’ilib kela boshladi.
“Savitskiy qoraqalpoq madaniyatining ixlosmandi edi. Xorazm arxeologik
ekpeditsiyasi doirasida Qoraqalpog’istonga ilk bor 1950-yilda safar qilgan. Oradan yetti
yil o’tib, mintaqaga bir necha ekpeditsiyada qatnashib, Moskvadagi hayotidan kechgan
va shu yerda muqim qolgan. Buni eshitgan odamlar bunga hayron qoladi. Muzey,
to’plamlarga boy Moskvani chekka, qoloq bir yerga alishish mumkimi, deya
taajjublanadi ular. Lekin Savitskiy qoraqalpoq xalqi, madaniyatiga oshiq edi. Bunaqangi
go’zallikni avval uchratmagan edi. To’g’ri, olis manzilda, birovning ko’rsatma va
buyrug’isiz, tinchgina ishlash imkonini izlagandir u, deb o’ylashi mumkin ba’zilar.
Mana shu o’lkaga, dashtiga, Xorazm me’morchiligiga ishqi tushgan edi uning. U
paytlarda qoraqalpoq yurti haqida ko’pam bilmasdi dunyo. Mahalliy xalq Savitskiyni
hurmat qilar edi. Chunki rassom bu elatga o’z san’ati, tarixini ochib berdi, hisob. O’zaro
ehtirom kuchli edi”, - deydi Babanazarova.
NATIJA
Savitskiy ko’pincha oilalarga “Sizga shuncha pul qarzdorman. Igor Savitskiy”
deya tilxat yozib qoldirar, rulon-rulon rasmlarni qo’ltiqlab ketar edi. “1984-yilda, umri
Do'stlaringiz bilan baham: |