Hujjatlarning tasnifi
Yaratilish o‘rniga ko‘ra:
a) ichki hujjatlar;
b) tashqi hujjatlar.
Mazmuniga ko‘ra:
a) sodda hujjatlar;
b) murakkab hujjatlar.
Mazmun bayonining matniga ko‘ra:
a) xususiy hujjatlar;
b) namunali hujjatlar;
v) qolipli hujjatlar.
Tegishliligiga ko‘ra:
a) xizmat hujjatlari;
b) shaxsiy hujjatlar.
Xizmat mavqeiga ko‘ra:
a) tashkiliy hujjatlar;
b) farmoyish hujjatlar;
v) ma’lumotsimon axborot hujjatlari;
g) xizmat yozishmalari
▲3-tоpshiriq.Guruhingizda obodonlashtirish ishidagi ishtiroki to‘g‘risida fakultet dekaniga xat yozing. Unga tegishli nom qo‘ying. Yaratgan matningizning xususiyatlarini sharhlang.
▲4-tоpshiriq.Berilgan matnlarning hujjatning qaysi turiga kirishini aniqlang, ular o‘rtasidagi farqlarni izohlang.
I. Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Layli otidan-sizga boshimdagi sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan-haddu-hisobsiz gunoh, sizdan kechirish. O‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni esga olish mening uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz unuting-unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman...
Xatim oxirida shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yorlaqab eshigingizda o‘rinlashib olsam, u yog‘ini o‘zim bilar edim.
3 hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdim.
(A.Qodiriy “O‘tkan kunlar”dan)
II. Men, Abdulla Islomov, kasalligim tufayli o‘z akam Akmal Islomovga (SA seriyadagi 0612408 raqamli pasportga ega) “Cho‘lpon yulduzi” mas’uliyati cheklangan jamiyat kassasidan 2002-yil oktabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman.
III. Otamni ham xuddi bobom kabi Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. O‘sha vaqtda bolalarini boqish, ro‘zg‘or tebratish uchun odamlar juda ko‘p mehnat qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan.
Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq va shavqni ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men uchun. Temirlar otam qo‘lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim.
Uning qo‘llari cho‘qqa aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bo‘lishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo‘lavermas ekan...
Zulfiya, 1965-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |