R U B O I Y L A R
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish.
***
Zohid, sanga – hur-u, manga – janona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga – mayxona kerak.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la , yona kerak.
***
Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarmen ey umri aziz
Har neniki sevmak ondin ortiq bo‘lmas ,
Ondin seni ko‘p sevarmen ey umri aziz.
***
“Jon”imdagi “jim” ikki dilingga fido,
Andin so‘ng “alif” toza niholingga fido,
“Nun”i dog‘i anbari hilolingga fido,
Qolgan ikki nuqta ikki holingga fido.
Bilib oling.Ruboiy va g‘azal tushunchasi
Ruboiy – arabcha “To‘rtlik” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari she’riyatida keng tarqalgan poetik janr. G‘oyaviy, badiiy va shakily shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy-axloqiy, ta’limiy yoki ishqiy mavzudagi she’r. Ruboiy hazaj bahrida (axram va axrab vaznlatida jami 24ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan to‘rtliklar dubaytiy kuylanadigani esa tarona deb ataladi. Birinchi xil ruboiylarning 1-2-4 misralari o‘zaro qofiyalanadi. (a-a-b-a shaklida). Ikkinchi xil ruboiylar 1-2-3-4 misralari o‘zaro qofiyalanadi. (a-a-a-a shaklida).
G‘azal - Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. “G‘azal” atamasi dastlab VI-VII asrlarda arab she’riyatida paydo bo‘lgan. So‘ng O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o‘tib, XIII-XIV asrlarda to‘la shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan, lekin 21, hatto 27 baytli g‘azal namunasi ham uchraydi. Aa, ba, va, ga, da va h.k tarzda qofiyalanadi, boshdan oxir bir xil vaznda yoziladi.
▲3-tоpshiriq.Quyidagi g‘azalni ifodali o‘qing va mazmunini sharhlashga harakat qiling.
O‘n sakiz ming olam oshubi..
O‘nsakizmingolamoshubiagarboshindadir,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadir.
Desa bo‘lg‘aykim, yanao‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda muncha fitnakimboshindadir.
O‘n sakiz yil, dema, yuz sakson yil o‘lsa o‘ldirur
Husnshohi, ulbalolarkimko‘ziqoshindadir.
Hayratetmanhusninaqshidaki, har hayratki bor,
Barchasie’zidtaolosun’naqqoshindadir.
Tan angasiym-u, ichindatoshmuzmarko‘nglidin,
Aqlgayuzhayratuloyichitoshindadir.
Mayketareymug‘ki, yuzhayrataroqolmishMasih,
Bul ajablarkim, bueskidayrxuffoshindadir.
ToNavoiyto‘ktiul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyoshaksi aning yoshindadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |