Bolt tsilindrik sterjendan iborat bo`lib, uning bir uchi kallakli, ikkinchi uchi esa rezbalidir (34-shakl). Boltlar kallagining shakli olti qirrali, kvadrat, yarim yumaloq, konus shaklida va kallagining osti kvadratli yoki «murtakli» qilib ishlanadi, Boltlar normal aniqlikda, yuqori va dag`al aniqlikda qilib ishlanadi. Normal va yuqori aniqlikdagi boltlar konstruktsiyasi bo`yicha 3 xil qilib ishlanadi (33-shakl): I ishlanish — sterjenida shplint uchun mo`ljallangan teshik bo`lmaydi; II ishlanish — sterjenida shplint uchun teshigi bor; I I I ishlanish —boltni o`z-o`zidan buralib ketmasligi uchun kallagida sim bilan bog`lab qo`yishga mo`ljallangan 2 ta teshigi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |