Ega quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi: - 1. Ot bilan: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi.
- 2. Sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin.
- 3. Olmosh bilan: Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashar edilar.
- 4. Son bilan: Ikkovimiz biroz aylandik.
- 5. Harakat nomi bilan: O‘qish boshlandi.
- 6. Ravish bilan: Ko‘plar qatnashdi.
- 7. Modal so„zlar bilan: Bor – boricha, yo‘q – holicha.
- 8. Sifatdosh bilan: Uqqan o’zar, uqmagan to’zar.
- 9. Ibora bilan: Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid.
- Ega bosh kelishik shaklidagi ot, olmosh va boshqa otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi.
- Masalan: Biz fan cho’qqilarini egallagani keldik. Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
Do'stlaringiz bilan baham: |