Qoraqalpoǵiston Respublikasi Chimboy tumani xtb tasarrufidagi 38-sonli umum tálim maktabining ózbek-tili fani óqituvchisi Eralieva Rayxanning



Download 0,57 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#682998
Bog'liq
Eralieva Rayxan



Qoraqalpoǵiston Respublikasi
Chimboy tumani XTB tasarrufidagi
38-sonli umum tálim maktabining
ózbek-tili fani óqituvchisi
Eralieva Rayxanning
Bilim va xazina” 2-dars bóyicha
dars ishlanmasi


Darsning mavzusi:Bilim-xazina.Belgilash olmoshlari.
Darsning maqsadi:
a)ta'limiy:"Bilim-xazina mavzusining ifodasi, -har sózining ishlatilishi haqida ma'lumat berish va sodda yiǵiq gaplar tuzish. b)tarbiyaviy:Óquvchilarni kitob óqishga bólgan qiziqishlarini kuchaytirish,bilimli inson hayotda qiynalmasligini bolalar ongiga sindirish.Óz-aro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,halollik,tóǵrilik kabi sifatlarni shakllantirish. d)rivojlantirivchi:Óquvchilarning oǵzaki va yozma nutqini óstirish,luǵat boyligini oshirish,óquvchilarni mustaqil fikrlashga órgatish. Nutqiy va lingvistik kompetensiya.Leksik va grammatik tahlil qilish,tinglab tushunish,sózlash,óqish,yozish. Darsda qóllaniladigan materiallar:"T"sxemasi,test yechish. Dars jihozi: kitob,rasmlar,tarqatmalar. Tayanch sózlar.Bilim va olmosh.
Darsning borishi.
I-bosqich.
1Darsni tashkil qilish.
-Salomlashuv
-Óquvchilarni darsga hozirlash.
-Óquvchilar davomatini aniqlash.
2 Tashkiliy qism.
"Bilim-xazina"mavzu bóyicha topshiriqlari kórib chiqiladi.
Bilim tuganmas boylik,kitobni sevish,mutolaa qilish,rasm asosida qisqacha ta'rif beriladi. Uy vazifasida shu mavzu bóyicha mashq va topshiriqlarni bajarib ularning faolligini tekshirish.
II-bosqich.Dars davomida rioya qilish lozim bólgan qoidalar aniqlanadi.
Darsning qoidalari.
1.Intizomli bólish.
2.Bir-birini hurmat qilish.
3.Faollik kórsatish.
4.Hamkorlikda ishlash.
5.Dósting fikrini qadrlash.
6.Vaqtdan unumli foydalanish.
3.Ótilgan mavzu ustida ishlash.
2-topshiriq."Kuch bilimda matnidan foydalanib berilgan gaplarni davom ettiring.
1.Jahonda eng uluǵ,eng kuchli narsa(nima?)yóq.
2.Bilim insonlarni(nimaga?)hamisha yaxshilik qilishga yóllaydi.
3.(Kimlar?)Avvalo,bilimli va donishmand kishilardir.
4.Bilimli dono va shijoatli insonlar (nimaga?)mamlakat rivojiga katta hissa qóshishgan.
Leksik-morfoligik mavzu bóyicha savol-javob ótkazish.Yangi sózlarni sórash.

4.Yangi mavzu bayoni.


Belgilash olmoshi:har qaysi,har qancha,har kim,har bir.
Jamlovchi olmoshi:hamma,barcha,bari,jami sózlari kiradi.
4-mashq.Gaplarni kóchiring.Olmoshlarni aniqlab ma'nolarini tushuntiring. Azamat kitob,daftar,qalam, ruchkani-barcha óquv qurollarini papkaga soldi.Sayyora,Madina va Lobar-hammalarini mehmonga chaqirdim.Uy,hovli,kóchalarni-hamma joyni tozalab supurdi.Yigirma tórtga yigirma beshni qóshsak,jami qancha bóladi?Ustoz,bizga bergan biimingiz,maslahatingiz-bari uchun sizdan minnatdormiz.Hamma narsaning otasi-mehnat.
IV-bosqich.Baholash.
Yangi mavzu bóyicha ishlash va mustahkamlash.
T-sxemadini chizib ikki olmoshni joylashirib ular asosida ikki guruhga gap tuzish beriladi.
Belgilash olmosh.
Jamlovchi olmosh.
Sóng ikki guruhga test topshiriqlari tarqatiladi.Shuni yechib óquvchlarga baholar qóyiladi.Qaysi guruh kóproq faollik kórsatsa raǵbatlantiriladi.
1.Belgilash olmoshlari qaysi qóshimchalar bilan turlanadi.
A)Faqat kelishik qóshimchalar bilan.
B)Egalik va kelishik qóshimchalar bilan.
C)Sifat darajalari qóshimchalari bilan.
D)Saxs-son qóshimchalar bilan
2)Shaxs va narsalar,ularning belgisini ajratib,yakkalab kórsatish uchun qóllaniladigan qatorni toping.
A)biz,siz,ular.
B)hamma,barcha,bari,
C)har kim,har nima,har qaysi.
D)alla kim,men,sen
3)"Kitob óqishning hikmati"matnni kim yozgan?
A)Kavsar Turdiyeva.
B)Maxsud Qoriyev.
C)Olxor Damin
D)Omon Matjon.
4)Qaysi gapda belgilash olmoshi ot órnida qóllangan.
A)Dildoraning bari gaplari haqiqat edi.
B)Har bir inson óz baxti uchun kurashadi.
C)Ovozi har qachongidan ham ta'sirliroq edi.
D)Hamma perronda,hamma óz jigarini qidiradi.

5)Qaysi gapda hamma olmoshi jamlikni emas,balki qisman jamlkini ifodalangan.


A)Majlisda hamma ishtirok etishi shart.
B)Óquvchilarning hammasi shu yerda.
C)Otam,onam,ukam men-hammamiz uning kelishini kutyapmiz.
D)Hammasini yechib bólganim yóq,iltimos,biroz vaqt bering.
6)Olmoshning qaysi turi barcha mustaqil sóz turkumlariga ishora qiladi?
A)ózlik C)kórsatish
B)sóroq D)belgilash.
6.Darsni yakunlash.Óquvchilar bilimini baholash va raǵbatlantirish.
7.Uy vazifasini berish."Kitob bizniki"she'rni ifodali óqing va olmoshlarni aniqlang.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish