Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi - O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat



Download 47,77 Kb.
bet2/4
Sana02.07.2022
Hajmi47,77 Kb.
#730639
1   2   3   4
Bog'liq
Farrux

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi - O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi" deb nomlangan. Mazkur bob 6 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko‘ra, "Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Asosiy qonunning 70-moddasi 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkil topganligini va 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Asosiy Qonuni bilan uning O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suverenligini tasdiqlaydi. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami deb e’lon qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi "Davlat suvereniteti" deb nomlanib, uning 1-moddasida Qoraqalpog‘iston - O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir, deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishligi, uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasligi ko‘rsatilgan. Shuni ta’kidlash joizki Sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa o‘sha davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib bu adolatsizlikka chek qo‘ydi. Qoraqalpog‘iston suveren Respublikasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bir-butun yaxlitligi mustahkamlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida "O‘zbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish" huquqi belgilangan. 81-moddasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining vakolatlari jumlasiga, "O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini turmushga tatbiq etishni tashkil qiladi" deyilgan.
Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston hududida ham majburiydir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishini uning o‘zi ko‘rib chiqadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatiga mos holda o‘z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi bo‘linmas va daxlsizdir.
Qoraqalpog‘istonda davlat tili - qoraqalpoq va o‘zbek tillardir. Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida iste’qomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi ta’minlanadi ularning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi va suveren Respublikaning davlat ramzlari hurmat qilinadi, va davlatning xalq irodasini ifoda etishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasi g‘oyat muhim siyosiy mazmun kasb etadi. Unda O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqapog‘istonning chinakam suverenligini tasdiqlovchi qoida mustahkamlangan: "Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega". Bu konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida: "Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga, ya’ni referendumga qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi" deb mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi referendumi davlat hayoti va ijtimoiy hayotning eng muhim masalalari bo‘yicha, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va o‘zga qarorlarini qabul qilish, ularni o‘zgartirish, jamoatchilik fikrini aniqlash maqsadida umumxalq ovoz berishi bo‘lib, xalq hokimiyatini amalga oshirish vositasidir" deb belgilangan. Referendum o‘tkazish tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlarning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomidan uning davlat hokimiyatining Oliy organi - Jo‘qorg‘i Kengesi chiqishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi bilan kelishilgan holatda referendum o‘tkazishni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy o‘zgartirish soliqlar, budjet, afv etish (amnistiya), jamoat tartibini saqlash, aholining sihat-salomatligini va xavfsizligini ta’minlash, favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi masalalari, mansabdor shaxslarni tayinlash va ozod etish bilan bog‘liq masalalar referendumga qo‘yilishi mumkin emas. Referendum o‘tkazish tartibi hududiy vakillik organlarini saylovlarni o‘tkazish talablariga muvofiq ravishda fuqarolarning umumiy, teng va demokratik huquqiy prinsiplari asosida yashirin ovoz berish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Fuqarolarning o‘z xohish-irodalarini izhor etishlarini nazorat etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasining 2-bandida mustahkamlangan bo‘lib, unda jumladan shunday deyiladi: O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar orqali" tartibga solinadi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat huquqi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanishi har ikkala suveren davlatlarni Konstitutsiyalarida belgilangan.
Hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri- O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi turli sohalarda ayniqsa iqtisodiy masalalarda o‘zaro munosabatlarni keng tarmoqli rivojlantirishga erishishdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni xalq xo‘jaligining to‘la-qonli ishlashini ta’minlash uchun muayyan iqtisodiy poydevor qurishni va uni mustahkamlashni talab qiladi. Bu esa xususiylashtirishni jadallashtirish va mulkchilikning barcha shakllarini amalga tadbiq qilish imkoniyatlarini yaratish majburiyatini qo‘yadi. Buning uchun birinchi navbatda huquqiy asoslarni mustahkamlash zarur bo‘ladi. Talab darajasida bo‘lmagan normativ hujjatlarni bozor munosabatlari extiyojlaridan kelib chiqib, unga moslashtirish yoki yangilash, davlat qurilishiga oid qonunlar yaratish joiz, ya’ni, Qoraqalpog‘iston o‘z huquqiy bazasini mustahkamlashi va rivojlantirishi muhim masaladir. Bunda milliy va xorijiy tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh suveren respublika oldida turgan eng murakkab muammolardan biri, yuqorida aytganimizdek, mulkchilik munosabatlarini har taraflama takomillashtirishdir. Ayniqsa, mulkdorning mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi, daromad olishi, mulkni tassarruf qilishi bilan bog‘liq barcha huquqlarini qonuniy mustahkamlash asosiy tadbirlardandir.
O‘zbek xalqi bilan qoraqalpoq xalqi azaldan do‘st, birodar, qon-qarindosh va muruvvatlidir. Ularning ma’naviyat birligi va xo‘jalik yuritish usul va shakllarining yakdilligi, har ikki xalq o‘rtasida qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamladi va bu holat o‘zining konstitutsiyaviy ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 21-moddasining 3-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi, 68-moddasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy, hududiy birliklari qatoriga kiritilishi, bu ikki xalq deb hisoblangan bir millat ekanligini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo‘yilgan: "Qoraqalpog‘iston suveren Respublika." - O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lgan unitar davlatdir. Shu bilan birga yana ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining tuzilishida federalizmga xos belgilar mavjud bo‘lib, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi suverenitetga ega ekanligida ko‘rinadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z hududi va aholisiga ega bo‘lgan alohida davlat huquqiy tizim sifatida konstitutsiyaviy mustahkamlanishi;
b) O‘zbekiston qonunchilik tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchilik aktlarining mustaqil tizimi, shu jumladan alohida normativ akt bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining mavjudligi;
v) Qoraqalpog‘iston mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan davlatning huquqiy institutlari tuzilmasi; Juqorg‘i Kenges, ministrlar soveti, Oliy sud, Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi, Xo‘jalik sudi va boshqalarning ish olib borishi;
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegaralari va hududi daxlsizligi;
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining ma’muriy-hududiy qurilishi masalalarini mustaqil hal qilish huquqi, mahalliy soliqlar va yig‘imlar miqdori belgilashi, respublika budjetini mustaqil qabul qilish huquqi;
ye) Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan referendum asosida chiqib ketish huquqi;
j) O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlarini shartnoma va bitimlar yordamida tartibga solib turish;
z) Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z davlat ramzlari; bayroq, madxiya, gerbiga ega ekanligi;
Oxirgi ikki suverentlik belgisi odatda mustaqil davlatlarga xosdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ta’minlanadi degan holat O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Konstitutsiyalarining moddalariga binoan izohlanishi lozim. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston suverenitetini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilish omillari quyidagilarni tashkil etadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mustaqil huquq va vakolatlarini O‘zbekiston Konstitutsiyasida qayd etilishi;
O‘zbekiston Davlat hokimiyatining oliy organlari: Oliy Majlisda, Vazirlar Mahkamasida, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarida Qoraqalpog‘iston vakilligining mavjudligi;
hududiy ustivorlik tamoyili, unga binoan Qoraqalpog‘iston hududiy tuzilishining roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emasligi;
Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibidan chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish huquqi;
qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomining berilganligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tashqi, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va boshqa aloqalar o‘rnata olish huquqi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan konstitutsiyaviy normalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga o‘z xohishi bilan kiruvchi va muhofaza qilinuvchi suveren davlat ekanligi mustahkamlangan.



Download 47,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish