Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi



Download 47,77 Kb.
bet1/4
Sana02.07.2022
Hajmi47,77 Kb.
#730639
  1   2   3   4
Bog'liq
Farrux


Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi - O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat tuzilishi
III. Xulosa
I.Kirish.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach uning tarkibida Qoraqalpog’iston mustaqil suveren davlat sifatida tashkil etildi. Qoraqalpogʻiston – parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.[1]
Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan. Maʼmuriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.
Shuni alohida ta'kidlash zarurki, Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi tashrifini qoraqalpoq zaminidan boshlagani muhim ahamiyatga ega. Bu albatta davlatimiz rahbarining Qoraqalpog'istonga, qoraqalpoq xalqiga bo'lgan yuksak hurmat-e'tiboridan dalolat beradi. 
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 10-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumanida bo'lib o'tgan saylovoldi uchrashuvida: "Men nafaqat o'zbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!", deb ta'kidlagan edi. Shu bilan birga, ushbu mintaqada yashayotgan aholini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha belgilangan keng ko'lamli ishlar haqida to'xtalib, jumladan: "Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo'lsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat'iy nazoratga olamiz", degan edi.

II.1.Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik – 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi –6-asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad. Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad. tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (milodiy 3– 4-asr boshlari) saroyi soʻnggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12–13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharqda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.
Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi choʻllarida miloddan avvalgi 7–4-asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bogʻliq. 6–8-asrlarda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. 8–10-asrlarda bijanak (pecheneg va oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari vohani choʻlga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining koʻplab koʻchib ketishiga sabab boʻlgan. Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va Ural tomonga koʻchib oʻtganlar. U yerda Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular Rashiduddin asarida "qavmi kulohi siyoh" deb atalgan.
Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 – 18-asrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi – Janadaryo boʻylariga koʻchib oʻtdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol oʻzbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot, soʻngra Shohtemir (hozirgi Chimboy) boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanganlar.
1811-yilda qora-qalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873-yildarus podsho qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shart-nomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga gʻov boʻldi. Mustamlakachilik zulmi 20-asr boshlarida zoʻrayib ketdi. 1916-yilda Chimboy, Toʻrtkoʻl va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. 1917-yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918-yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919-yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920-yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920-yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924-yil aprelda QozogʻistonQoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi. Usha yilda chap vaoʻng sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati maqomida qozogʻiston muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924-yil oktabrda Oʻrta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi.
1929-yilda Taxtakoʻpirda koʻplab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosa-tiga qarshi chiqdi. Bu voqea Qoraqalpogʻistonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qoʻshib olish uchun asosiy sabab boʻldi. 1932-yil martda Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati q. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1936-yildan Oʻzbekiston tarkibida.
Qoraqalpogʻiston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 – 22, 1928-30, 1932-33, 1934-36, 1936-38, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. Oʻsha davrlarda anʼanaviy jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi qatagʻonga uchradi.
1950–80 yillarda Qoraqalpogʻistonda totaligar boshqaruv tizimi hukmron boʻldi. Paxta yak-kahokimligi, qishloq xoʻjaligidagi maʼmuriy buy-ruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilishi va Orol dengizining qurishiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi, aholi sogʻligʻining yomonlashuviga olib keldi. 1990-yil 14 dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi suvereni-teti eʼlon qilindi. 1991-yil 31 avgustda bu holat "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi Qonunda oʻz aksini topdi. 1993-yil 4 dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati oʻrnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi.
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), "Adolat" Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), "Fi-dokorlar" Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat koʻrsatadi.
Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951-yilning avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005-yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xoʻjaligi, aloqa. taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻienergetika, geol. va kimyo sanoati, kichik biznes. isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari.
“Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan sak va massagetlar qabilalari bilan bogʻliq. VI-VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII-X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) “Chyornie klobuki”, “Qavmi kulaxi-siyax” (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan”. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab 1Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi.2
1811-yildan boshlab Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga qaram boʻlganlar. 1873-yilda chor qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi Rossiyaga qoʻshildi. Bu yerda Turkiston General–gubernatorligi Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. 1924-yilda millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.[1]
1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi.
1932-yil 20-martda u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi.
1936-yildan boshlab Qoraqalpog'iston ASSR Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiradi. 1992-yilidan Qoraqalpog'iston ASSR Qoraqalpog'iston Respublikasiga aylantiriladi va shu yilning 14-dekabr sanasida davlat suverenitetini elon qiladi. 1993-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston tarkibida 20 yil mudatga so'ng 2013-yili referendum yo'li bilan mustaqil davlat bo'lishga ikki taraflama shartnoma tuziladi.

Download 47,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish