181 ta maktabni “Bir million dasturchi” loyihasiga kiritish va 3 mingdan ortiq yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga o‘rgatish orqali raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berish;
39 ta sport ob’ektini qurish, rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 83 ming nafar aholi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shu asosda yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya
va sportni ommalashtirish;qishloq xo‘jaligi foydalanishiga qayta kiritiladigan 875 gektar
Yer maydonlarida issiqxonalar tashkil qilish;
Muzlatkichli omborxonalar quvvatini 40,8 ming tonnaga oshirish;
Qishloq xo‘jaligi texnikalari sonini 1,4 mingtagaчa oshirish;
Naslli qoramollar sonini qo‘shimcha 30 ming boshga oshirish;
30 ming gektar yer maydonlarida kunjut yetishtirish va mahsulotni to‘liq eksportga yo‘naltirish;
Baliq yetishtirish hajmini ikki baravarga oshirish hisobiga baliq mahsulotlarini 2021 yilda 35 ming tonnaga, 2022 yilda 50 ming тonnaga yetkazish;
j) har yili kamida 900-950 ta yangi xizmat ko‘rsatish ob’ektini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali xizmat ko‘rsatish ҳajmini kamida 2,5 baravarga oshirish;
z) xorijiy turistlar sonini 80 ming nafarga, turizm xizmatlari eksportini 45 million dollarga yetkazish, shuningdek, ichki turistlar sonini 800 ming nafargacha oshirish, 210 o‘rinli yangi mehmonxonalar qurish hamda turoperator va turagentlar sonini 45 taga yetkazish;
Sharoiti og‘ir bo‘lgan 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish hisobiga ularni og‘ir toifadan chiqarish hamda mahallaning o‘rni va rolini kuchaytirish, jumladan, 12 ta tuman markazida “Mahalla markazlari” majmуalarini qurish va rekonstruksiya qilish, 157 ta mahalla va ovul ma’muriy komplekslarini qurish;
k) 19,7 ming nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlash va 6 ming nafar fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali “Temir daftar”ga kiritilgan 15,5 mingta oila daromadlarini oshirish hamda ularning hududdagi jami oilalardagi ulushi 4 foizdan oshmasligini ta’minlash;
l) yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, 1,6 ming nafar yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, “Fidoyi yoshlar otryadlari”ni tashkil qilish orqali 8 ming nafar ishsiz yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb qilish, 3 ta yosh tadbirkorlar kovorking markazi, 7 ta “Yoshlar mehnat guzari” kompleksini barpo etish;
m) ayollarning jamiyatdagi rolini ”ucha’tirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 8,4 ming nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash;
n) mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat migratsiyasidan qaytgan 9 ming nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda fuqarolarni xorijga mehnat qilish faoliyatiga yuborish uchun ularni talab qilinadigan mutaxassisliklarga o‘qitish.
Mazkur band ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
Bosh vazir o‘rinbosarlari (A.J.Ramatov – “a” va “v” kichik bandlar, B.A.Musayev – “b”, “i”, “l” va “m” kichik bandlar, S.U.Umurzakov – “g” kichik band, J.A.Qo‘chqorov – “d”, “j”, “k” va “n” kichik bandlar, Sh.M.G‘aniyev – “ye” kichik band, A.A.Abduxakimov – “z” kichik band bo‘yicha):
Mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning birinchi navbatdagi vazifalarini belgilab bersin hamda faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
Zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi, manzilli sarflanishi va to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlasin;
Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning har oylik hisobotlarini eshitib borsin; yuklatilgan vazifalar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritib borsin;
Do'stlaringiz bilan baham: |