Qora metallurgiya



Download 21,94 Kb.
bet2/4
Sana03.01.2022
Hajmi21,94 Kb.
#317178
1   2   3   4
Bog'liq
Qora metallurgiya

Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi.

Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan qimmati jihatdan "asosiy" metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.

Oʻzbekistonda Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi (qarang Oltin sanoati). Mis, qoʻrgʻoshin — pyx ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron — Olmaliq konsanoat hududida QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar k-ti boʻlib, kt Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956 yil olingan, 1957 yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996 yildan ktda respublika ehtiyojlarini tula qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan quvvatlar Toshkent shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar metallurgiyasi ham rivojlanmokda.

Metallurgiya va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun malakali mutaxassislar Toshkent texnika universitetida, 1995 yilda tashkil etilgan Navoiy konchilik institutida hamda Toshkent kimyotexnologiya institutida tayyorlanadi.

ora metallurgiya sanoati temir rudasini qazib chiqarish → cho’yan eritish → 
po’lat  eritish  →  prokat  ishlab  chiqarish  →  ferroqotishmalar  ishlab  chiqarishdan 
iborat. 
 
Qora  metallurgiya  milliy  iqtisodiyotning  o’zagi  hisoblanadi  va  uning  asosiy 
tarmoqlari  bilan  bog’langan.  U  mashinasozlikka  va  qurilish  industriyasiga  metall 
beradi, qazib chiqariladigan ko’mirning katta qismini ishlatadi. Kimyo sanoatining 
asosiy  xomashyo  manbalaridan  biri,  ya’ni  koks  ishlab  chiqarish  chiqindilaridan 

 
 
96 


 
olinadi,  qishloq  xo’jaligiga  tarkibida  fosfor  bo’lgan  shlak  –  o’g’it  beradi,  relslar, 
mashinasozlik uchun metall beradi. 
Metallurgiya  kombinatlari  juda  ko’p  xomashyo  va  yoqilg’i  talab  qiladi.  Shu 
bois  metallurgiya  korxonalari  xomashyo  va  yoqilg’i  manbalariga  yaqin  yoki  ular 
oralig’ida joylashtirilishi lozim. 
Biroq,  qora  metallurgiya  zavodlarini  joylashtirish  qonuniyatlari  bir  xil 
bo’lmaydi.  Ma’lumki,  qazib  olinadigan  temir  rudasining,  o’rtacha  hisoblaganda, 
taxminan,  48  –  50  foizi  foydalidir,  ya’ni  ulardan  deyarli  shuncha  cho’yan  olish 
mumkin (1 tonna cho’yan ishlab chiqishda taxminan 2 tonnaga yaqin temir rudasi 
va 1,2 tonna kokslanuvchi ko’mir sarflanadi). Lekin bu “o’rtacha” raqam hamma 
joyda ham bir xil emas: ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi 
atigi 17 – 20 foizni tashkil etadi, xolos. Bunday konlarga Uraldagi Koshkonarni yoki 
Qoraqalpog’iston  Respublikasidagi  Tebinbuloqni  misol  qilib  ko’rsatish  mumkin. 
O’z-o’zidan  ko’rinib  turibdiki,  bu  yerda  qazib  olinadigan  rudani  bevosita  domna 
pechlarida  eritib  bo’lmaydi,  chunki  kerakli  mineralldan  ko’ra  keraksiz  jinslar 
ko’proq.  Shuning  uchun  bu  ruda,  albatta,  dastlab  boyitilishi  va  uning  tarkibidagi 
foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilgandan so’ng ruda tarkibidagi 
metall miqdori bir necha barobar ko’payadi. Ammo bundan keyin ham uning hissasi 
yetarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko’proq xomashyo 
rayoniga yaqinroq joylashtiriladi.  
  
Yer  yuzida  “boy”  konlar  ham  yo’q  emas  -    Kursk  magnit  anomaliyasiga 
kiruvchi Belgorod yaqinidagi konlarda temirning rudadagi ulushi 60 – 65 foizgacha 
yetadi.  Binobarin,  bundan  qazib  olinadigan  xomashyoni  bevosita  boyitmasdan 
domna pechlarida eritsa bo’ladi. Modomiki shunday ekan, ularni tashib borish uchun 
transport  xarajatlari  va,  pirovard  natijada,  eritilgan  cho’yanning  tannarxi  uncha 
yuqori bo’lmaydi. Bu esa korxonalarni yoqilg’i rayonida yoki unga yaqin joylarda 
qurishni taqozo etadi.  
  
Qozog’iston  Respublikasidagi  Qarag’anda  to’liq  siklli  metallurgiya 
kombinati  bevosita  ko’mir  havzasi  rayonida  joylashtirilgan.  Rossiyadagi 
Novokuznetsk, Lipetsk, Tula, Ukrainadagi Krivoy Rog kombinatlari esa xomashyo, 

angli metallurgiya tarmog’i metallurgiya sanoatining bir qismi hisoblanadi. 


Bu  sanoat  tarmog’i:  rangli  metallarni  qazib  chiqarish  →  boyitish  →  eritish  → 
qotishmalarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Uning mahsulotlari mamlakatni 
elektrlashtirish,  uning  mudofaa  qudratini  mustahkamlash,  atom  texnikasi, 
samolyotsozlik,  raketasozlikni  rivojlantirish,  umuman,  mashinasozlik  va  kimyo 
sanoati uchun juda muhimdir.  
Rangli  metallar,  xossa  va  xususiyatlariga  bog’liq  holda,  turli  guruhlarga 
bo’linadi (5-jadval). 
5-jadval 

Download 21,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish