Qora andiz (inula helenium L.) Ning botanik tasnifi



Download 38 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi38 Kb.
#726498
Bog'liq
G\'aybullayev Bobur


QORA ANDIZ (INULA HELENIUM L.) NING
BOTANIK TASNIFI


G’aybullayev Boburjon Baxrom o’g’li.

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti Jizzax filliali “Biotexnologiya’’ (tarmoqlari) yo’nalishi 2-bosqich talabasi.
Email pochta: gaybullayev1302@gmail.com
Telefon raqam: +998 99-198-37-35


Annotatsiya: O’zbekiston sharoitida qora andiz Toshkent,Jizzax,Samarqand,Andijon,Farg’ona va Surxandaryo viloyatlardagi nam yerlarda,suv bo’ylarida,o’tloqlarda,butalar orasida,tog’ yonbag’irlaridan boshlab o’rta qismigacha bo’lgan yerlarda o’sadi. To’pguli naysimon gullardan iborat. Ildizpoyasi orqali ko’payadi. Mevasi cho’ziq, to’rt qirrali, jigarrang yoki qo’ng’ir tusda.


Kalit so’zlar: Inula Helenium L, allanton, inulin, sapolin


Kirish:ANDIZ TURKUMI(INULA)-Qoqio’tdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi.100 ga yaqin turi bor.Andiz asosan Yevropa,Osiyo va Afrikada keng tarqalgan.O’zbekistonda 9ta turi uchraydi.Bulardan (Qora andiz-INULA HELENIUM va Sariq andiz-INULA GRANDIS)turlari ko’proq tarqalgan.Bu turlarning poyalari baland bo’lib 1-2,5m biroz qirrali tukdor, ildiz poyasi yo’g’on,barglari butun,cheti notekis.
Poyaning quyi qismida yirik (uzunligi 40-50sm,eni20-25sm ),yuqorisida(uzunligi10-30smli,eni3-12sm)guli savatcha.Iyunning oxiridan Sentyabrgacha gullaydi.Adir va tog’larda,500-2000m balanda o’sadi.Andiz turlarining preparati balg’am ko’chiruvchi dori sifatida hamda me’da va ichak kasalliklarda ishlatiladi.Efir moyi anteseptik,gijja haydash xususiyatiga va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Uning gijja haydash xususiyati tarkibida santonimga o’xshash ta’sir etuvchi moddalar –alontolaktonlar borligi bilan bog’liq. Andiz turlaridan SARIQ ANDIZ(INULA GRANDIS)ildizpoyasidan levulyoz(FRUKTOZA)olinadi.Shuningdek, TOL BARGLI ANDIZ(INULA SALICINA)CHACHOLBOSH(INULA BRITANICA)o’simliklari ham balg’am ko’chirish uchun ishlatiladiga yig’ma choylar tarkibiga kiradi.
Asosiy qism: Bu turkumning vakillari ko’p yillik o’tlar.Shundan QORA ANDIZ(INULA HELENIUM) Toshkent,Jizzax,Samarqand Andijon,Farg’ona va Surxandaryo viloyatlaridagi nam yerlara,suv bo’ylarida,o’tloqlarda,butalar orasida,tog’ yonbag’irlaridan boshlab o’rta qismigacha bo’lgan yerlarda o’sadi.Qoqio’tdoshlar vakili bo’lib,ko’p yillik ,bo’yi 100-150 (ba’zan 175)sm gacha bo’lgan o’t o’simlik.Poyasi bitta yoki bir nechta,tik o’suvchi,sertuk,yuqori qismi shoxlangan.Ildizoldi bargi yirik,uzun bandli ellipssimon yoki cho’ziq.Bargali maydaroq,choziq tuxumsimon.Barg plastinkali tishsimon qirrali bo’lib,yuqori tomoni siyrak va qattiq tukli,pastki tomoni esa yumshoq sertuk.Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz,pastdagilari esa qisqa bandi bilan poyada ketma-ket o’rnashgan.Gullari tilla sariq rangda bo’lib,savatchaga to’plangan.Savatchalar esa poya va shoxchalarning yuqori qismida qalqonsimon yoki shingilsimon to’pgulni hosil qiladi.Mevasi cho’ziq,to’rt qirrali,jigarrang yoki qo’ng’ir tusdagi pista meva hisoblanadi.Iyun-iyul oylarida gullaydi,mevasi iyul-avgustda pishadi.Qora andizning ildiz va ildizpoyasi kuzda yoki erta bahorda kovlab olinadi.So’ngra tuproqdan tozalanib,suv bilan yuviladi,yo’g’on ildiz va ildizpoyalarni ko’ndalangiga qirqib,ochiq havoda quritiladi.O’simlikning ildiz va ildizpoyasi tarkibida efir moyi,laktonlar,inulin,qandlar hamda alkaloidlar,saponinlar va boshqa birikmalar bor.Abu Ali Ibn Sino qora andiz o’simligini bo’g’im og’riganda,radikulit kasalligida,hamda balg’am ko’chiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ishlatganlar.Xalq tabobatida qora andizning ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan damlama balg’am ko’chiruvchi,siydik haydovchi, isitma tushiruvchi,gijja haydovchi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.Bundan tashqari o’simlik qaynatmasi bilan Qo’tir ,Go’sh va Yaralar davolanadi.Qora andizning ildiz va ildizpoyasi yo’talga qarshi va balg’am ko’chirish uchun ishlatiladigan yig’ma choylar tarkibiga kiradi.


Xulosa.Qoqio’tdoshlar oilasi Andiz(Inula)turkumiga kiruvchi qora andiz(Inula Helenium) Toshkent,Jizzax,Samarqand Andijon,Farg’ona va Surxandaryo viloyatlaridagi nam yerlara,suv bo’ylarida,o’tloqlarda,butalar orasida,tog’ yonbag’irlaridan boshlab o’rta qismigacha bo’lgan yerlarda o’sishi ma’lum bo’ldi.Qora andizning dorivorlik hususiyati ko’pligi bois uni xalq tabobatida buyuk bobomiz Abu Ali Ibn Sino bobomiz turli xil kasalliklarga qarshi qo’llaganlari ma’lum bo’ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “O’simliklar sistematikasi”(Yuksak o’simliklar) X.Haydarov, V.Toshpo’latov, X.Jalolov,I.Mukumov 2019-yil.
2. Акопов И.Е. Энг муҳим махаллий доривор усимликлар ва улардан фойдаланиш. –Тошкент Тиббиёт 1990 йил.
3. http://www.virtual.library- Jahon virtual kutubxona
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish