Muammoni hal etish bosqichlari:
Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi
Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosidaamalgaoshiriladi
Qobiliyat bu- shaxsning individual-psixologik xususiyati bo„lib, muay-yan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subektiv shartsharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig„indisi hisoblanadi. Tarbiyachi bolalarni o‟qitish emas, o‟qishga boshqarib turishi tarbiyalash emas, tarbiya jarayoniga raxbarlik qilish uchun yaratilgan bu vazifani u qanchalik chuqur anglab yetsa u o‟z bolalariga shunchalik erkinlik, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash uchun sharoit yaratib bergan bo‟ladi. Tarbiyachilik qobiliyatini haqiqatdan ham yuqori darajada egallagan tarbiyachi ta‟lim tarbiya jarayonini go‟yo chetdan kuzatib turgandek tuyuladi aslida esa bu jarayon boshqarilib boriladi. Buyuk grek faylasufi Suqrot o‟sha davrlardatoq mutaxasis tarbiyachilarni “fikr akusherlari” deb nomlagan edi. Tayyor haqiqatni e‟lon qilish emas balki bolalarongida yangi fikr tug‟ulishini taminlash zarur. Tarbiyachi ta‟lim – tarbiya jarayonini boshqarishdagi birinchi vazifasi – maqsadni belgilaganidadir. Maqsad esa pedagogik faoliyatda tayanch omildir. Tarbiyachi va bolalarning umumiy mehnatini ma‟lum yo‟nalishga boshqarib boradi. Bu esa o‟z o‟rnida kutilgan natijalarga yetaklaydi. Boshqarish jarayoning mohiyati ana shundan iboratki, pedagogik jarayon ishtirikchilari harakatini muofiqlashtirb turadi. Tarbiyachi shaxsi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‟lishi lozim. Tarbiyachi tomonidan bajariladigan vazifalarning ko‟pligi uning kasbida boshqa ko‟plab boshqa ko‟plab mutaxasisliklar elementlaridan foydalanishni taqqozo etadi, aktyorlik, rejissiyorlik, menjerlik, tadqiqotchilik kabilardir. Ya.A Komenskiyning takidlashicha tarbiyachilikning asosiy belgisi shundan iboratki, u o‟zining yuqori darajadagi axloqiyligi, kishilarga muhabbati, bilimi va mexnatsevaarligi va boshqa sifatlari bilan tarbiyachiga namuna bo‟lsin va namuna ko‟rsatib ularda insoniylikni tarbiyalasin.
Pedagogik mahorat nima , Uning mohiyati nimalardan iborat , Ularni engish uchun nimalarni bilish kerak , Hozirgi zamon pedagogika va psihilogiyasi “pedagogik mahorat” tushunchasiga turlicha izoh beriladi.Jumladan “Pedagogik ensiklopediya” da ta’rif quydagicha izohlangan. “O’z kasbining mohit ustasi bo’lgan,yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini yahshi tahlil eta oladigan,tarbiyalash va o’qitish usullarini mukammal egallagan mutahassis” Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib, tarbiyachining pedagogik qobiliyati tushuncha mazmunini shunday izohlash mumkin.
Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va zakovatning yuksak ko’rsatgichi
O’z faniga doir bilimning mukammal sohibi
Pedagogika va psihologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puhta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatdafoydalana olishi.
O’quv tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi
Xulosa
So’zimizni donishmadning quydagi so’zi bilan yakunlaymiz. Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir deyilgan. Yana bir hikmatda “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” deyiladi. Zotan, ilm bo’stonida o’z o’rnini topayotgan ko’plab pedagog hodimlar malakalarini munosib tarzda oshirib, zamon bilan hamnafas borayotganlari kelgusida albatta o’ samarasini ko’rsatadi. Bu sai-harakatlar tarbiyalanuvchilarni kelajakda etuk va barkamol inson bo’lib ulgayishlarida mustahkam poydevor bo’ladi albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |