Qo’qon davlat pedagogika instituti
Magistratura bo’limi 5A111200 O’zbek tili va adabiyoti
II bosqich magistranti Mirzayev Soxib Kuchkorovichning
Sentabr oyida olib borgan ilmiy pedagogik va ilmiy taqdqiqot
ishlari yuzasidan yozgan
HISOBOTI
Sentabr oyining birinchi haftasida men masofaviy darslarda qatnashish uchun internet platformasidagi dars jadvallari bilan tanishib chiqdim. Online ma’ruza mashg’ulotlarini kuzatib bordim.
Sentabr oyining ikkinchi haftasida institut axborot resurs markazidagi mavzuga oid adabiyotlarning elektron shakllarini qabul qilib oldim
Sentabr oyi davomida asosan onlayn tarzda internet resurslaridan foydalangan holda magistrlik dissetatsiyam uchun yangi ma’lumotlar yig’ib bordim va ilmiy rahbarim bilan maslahatlashgan holda ishimning I bobini to’la tugalladim.
Sentabr oyi davomida bakalavr bosqichidagi “Semasiologiya” fanidan zoom dasturi orqali o’tilgan darslarni kuzatib bordim.
Magistratura bo’lim boshlig’i: O. Bozorov
Ilmiy rahbar: I. Madrahimov
Magistrant: S. Mirzayev
Qo’qon davlat pedagogika instituti
Magistratura bo’limi 5A111200 O’zbek tili va adabiyoti
II bosqich magistranti Mirzayev Soxib Kuchkorovichning
Oktabr oyida olib borgan ilmiy pedagogik va ilmiy taqdqiqot
ishlari yuzasidan yozgan
HISOBOTI
Oktabr oyi davomida men magistrlik dissertatsiya ishimning I bobi yuzasidan xulosa yozdim. MDIning “Ot leksemalarining ma’noviy tasnifi” deb nomlanuvchi II bobi uchun materiallar topish maqsadida Axborot resurs markazida “O’zbek tili va adabiyoti”, “TIl va adabiyot ta’limi” jurnallaridagi yangi maqolalar bilan tanishdim. Ularning ichidan o’z magistrlik ishim uchun material bo’la oladigan maqolalarni qidirdim va MDIning II bobi 1-faslini yozib tugalladim
Oktabr oyida men bakalavr bosqichi 106-guruhga guruh murabbiyi sifatida biriktirildim. Bakalavr bosqichida 1-kurs talabalari uchun tashkillashtirilgan tanishtiruv darslarida qatnashdim va o’zimga biriktirilgan guruh talabalari bilan tanishib, ularning onlayn darslarda qatnashishlari uchun login-parollari bilan tanishtirdim. Talabalarga elektron platformadan foydalanishlari uchun konsultatsiya mashg’ulotlari o’tkazdim. O’zimga biriktirilgan guruh bilan 21-oktabr O’zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil qilingan turli onlayn tanlovlarda qatnashdim. (“Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi taqdimot” kabi)
Magistratura bo’lim boshlig’i: O. Bozorov
Ilmiy rahbar: I. Madrahimov
Magistrant: S. Mirzayev
Qo’qon davlat pedagogika instituti
Magistratura bo’limi 5A111200 O’zbek tili va adabiyoti
II bosqich magistranti Mirzayev Soxib Kuchkorovichning
Dekabr oyida olib borgan ilmiy pedagogik va ilmiy taqdqiqot
ishlari yuzasidan yozgan
HISOBOTI
Dekabr oyining hafta kunlari davomida men magistratura bo’limi tomonidan belgilangan barcha ma’ruza hamda seminar mashg’ulotlarida qatnashdim. Fan o’qituvchilari tomonidan berilgan topshiriqlarni muntazam ravishda bajarib bordim. Oraliq nazorat topshiriqlarini elektron platforma orqali topshirdim. Shuningdek, axborot resurs markazida “O’zbek tili va adabiyoti”, “TIl va adabiyot ta’limi” jurnallaridagi yangi maqolalar bilan tanishdim. Ularning ichidan o’z magistrlik ishim uchun material bo’la oladigan maqolalarni qidirdim.
Dekabr oyi davomida bakalavr bosqichidagi “Semasiologiya”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Adabiyotshunoslik asoslari” hamda magistratura bosqichidagi “Semantika” fanlaridan o’tilgan darslarni kuzatib bordim.
Shuningdek, bakalavr bosqichi 106-guruhda guruh rahbari sifatida faoliyat olib bordim. Talabalar bilan bayram tadbirlari tashkil qilishga tayyorgarlik ko’rdim.
Magistratura bo’lim boshlig’i: O. Bozorov
Ilmiy rahbar: I. Madrahimov
Magistrant: S. Mirzayev
Qo’qon davlat pedagogika instituti
Magistratura bo’limi 5A111200 O’zbek tili va adabiyoti
II bosqich magistranti Mirzayev Soxib Kuchkorovichning
Yanvar oyida olib borgan ilmiy pedagogik va ilmiy taqdqiqot
ishlari yuzasidan yozgan
HISOBOTI
Yanvar oyining hafta kunlari davomida men magistratura bo’limi tomonidan belgilangan barcha ma’ruza hamda seminar mashg’ulotlarida qatnashdim. Fan o’qituvchilari tomonidan berilgan topshiriqlarni muntazam ravishda bajarib bordim. Yakuniy nazorat imtihonlarini belgilangan tartibda o’z vaqtida topshirdim. Ushbu oy boshida magistrlik dissertatsiyamning “Badiiy matn yaratilishida assotsiativ tafakkurning o’rni” deb nomlangan II bobini tugalladim. Axborot resurs markazida yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishdim. III bob uchun qo’shimcha materiallar yig’ishni boshladim. Mavzum yuzasidan kafedra o’qituvchilaridan ilmiy maslahatlar oldim. Ilmiy rahbarim bilan suhbatlashdim.
Dekabr oyi davomida bakalavr bosqichidagi “Semasiologiya”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Adabiyotshunoslik asoslari” hamda magistratura bosqichidagi “Semantika” fanlaridan o’tilgan darslarni kuzatib bordim.
Shuningdek, bakalavr bosqichi 106-guruhda guruh rahbari sifatida faoliyat olib bordim. Talabalar bilan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Senga posbonmiz, Vatan” nomli bayram tadbiri o’tkazdik. Guruh bilan axborot soatlarida qatnashib boryapman.
Magistratura bo’lim boshlig’i: O. Bozorov
Ilmiy rahbar: I. Madrahimov
Magistrant: S. Mirzayev
Do'stlaringiz bilan baham: |