Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari



Download 128,53 Kb.
bet7/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
642-qonun(1)

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (bundan buyon matnda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi deb yuritiladi):
mehnat migrantlarini jalb qilish uchun o‘z mamlakatining vakolatli organlarida rasman ro‘yxatga olingan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan chet el ish beruvchilari bilan bitimlar tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun chet el ish beruvchilari bilan shartnomalar tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish shart-sharoitlari monitoringi va nazoratini amalga oshiradi;
mehnat migrantlari ishga joylashtiriladigan davlatda ularga xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish haqidan kam bo‘lmagan darajada ish haqini ta’minlash normalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ishga joylashtiriladigan davlatda belgilangan munosib yashash va ishlash shart-sharoitlarini ta’minlash normalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Hududiy va mahalliy mehnat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
Hududiy mehnat organlari:
tegishli hududda davlat boshqaruvi organlarining va boshqa tashkilotlarning aholi bandligi sohasidagi faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi;
aholi bandligiga ko‘maklashishga doir hududiy dasturlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni, ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi;
tegishli hududda tarmoqlar va tumanlar (shaharlar) kesimida ish o‘rinlarini tashkil etishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
tegishli hududda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga kiradigan ishsiz shaxslarni va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlariga, “Ishga marhamat” monomarkazlariga (bundan buyon matnda kasbga o‘qitish markazlari deb yuritiladi), boshqa o‘quv muassasalariga, tashkilotlarga, shu jumladan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan nodavlat kasb-hunar ta’limi markazlariga (bundan buyon matnda kasb-hunar ta’limi muassasalari deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar ajratadi;
(10-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(10-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mahalliy mehnat organlari:
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish yuzasidan choralar ko‘radi;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun kasbga o‘qitish markazlari (kasb-hunar ta’limi muassasalari) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzadi;
ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga oladi, ularni ishsiz shaxslar deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ularga yordam ko‘rsatadi, ishsiz shaxslarga ishsizlik nafaqalarini tayinlaydi hamda to‘laydi;
aholi bandligiga ko‘maklashishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, ularning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
tashkilotlar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi, shuningdek aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun tashkilotlarga yuboradi;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiyalar tayinlaydi;
(10-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kasbga o‘qitish markazlariga (kasb-hunar ta’limi muassasalariga) qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar ajratish uchun talabnomalar shakllantiradi;
(10-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan aholi bandligi sohasida hamkorlik qiladi;
ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
tegishli hududda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etadi;
kovorking-markazlarining va mahalliy mehnat organlari huzuridagi “Mehnat guzari” ishsiz aholi bandligiga ko‘maklashish mahalla markazlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
tumanlar (shaharlar) hokimlarining ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish