Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari



Download 128,53 Kb.
bet59/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
Bog'liq
642-qonun(1)

94-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
ishsizlik nafaqalarini, ishsiz shaxslar mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketishi munosabati bilan kompensatsiyalar to‘lash, ishsiz shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatish;
ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni moliyalashtirish, shu jumladan grantlar va stipendiyalar ajratish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladigan bir martalik to‘lovlar uchun;
ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga muddatidan ilgari pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining xarajatlari o‘rnini qoplash;
kasbga o‘qitish markazlariga (keyinchalik xizmatlari uchun haq to‘lagan holda) kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasini moliyalashtirish;
mehnat organlari va tasarrufidagi tashkilotlar, vaqtincha bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari, kasbga o‘qitish markazlari, malakani baholash markazlari uchun binolar va xonalarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, saqlab turish, qayta ixtisoslashtirish, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shuningdek sotib olish;
kovorking-markazlarining, ishsiz shaxslarning bandligini qo‘llab-quvvatlash “Mahalla guzari” mahalla markazlarining tashkil etilishi va saqlanishini moliyalashtirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub shaxslarning mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish;
bandlik, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash hamda unga haq to‘lash masalalari bo‘yicha normativ-uslubiy va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi materiallar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
aholining ayrim guruhlari o‘rtasida bandlik, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika hamda hududiy darajalarda sotsiologik tekshiruvlar, so‘rovnomalar o‘tkazish;
band bo‘lmagan aholiga ishga joylashish bo‘yicha yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash;
mehnat bozoridagi vaziyat keskin bo‘lgan tumanlar va shaharlarda aholi bandligiga ko‘maklashish hududiy dasturlari ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
ishga joylashtirish, aholi bandligini ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarini hamda band bo‘lmagan aholini hisobga olish sohasida axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish hamda texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
mehnat organlarining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy devonining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
aholi bandligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishga yuborilgan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash masalalariga doir xalqaro loyihalar hamda shartnomalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta puli summasining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha kasbiy standartlar va malaka talablari ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
keyinchalik yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirishga banklar tomonidan kreditlar ajratilishi uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha resurslarni joylashtirish;
tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishga, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir xarajatlarni to‘lash uchun bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni ishga belgilangan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining eng kam sonidan ortiq miqdorda qabul qilgan tashkilotlarga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan xodimlarni kasbga o‘qitish va ularning malakasini oshirishga doir xarajatlarni moliyalashtirish uchun ish beruvchilarga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari sotib olish uchun jismoniy shaxslarga subsidiyalar berish;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun grantlar ajratish;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni, ayniqsa kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga doir xarajatlarni moliyalashtirish uchun kasb-hunar ta’limi muassasalariga grantlar ajratish;
kasbga o‘qitish markazlarida, kollejlarda va oliy ta’lim muassasalarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda xodimlarini, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va a’zolarini, tomorqa yer uchastkalari egalarini agrotexnologiyalar, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun grantlar ajratish;
mehnat bozoridagi vaziyat keskin bo‘lgan hududlarda ish o‘rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarining ustav fondini shakllantirish (ko‘pi bilan ellik foiz);
ish o‘rinlarini tashkil etish uchun davlat buyurtmasini olgan tashkilotlarga va ish o‘rinlari tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan stavka bo‘yicha ssudalar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish