Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish tartibi



Download 128,53 Kb.
bet52/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
642-qonun(1)

82-modda. Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish tartibi
Malakani baholash markazlari o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiya qilinadi.
Bitta malakani baholash markazini kasbiy faoliyatning bir necha turlari (kasblar) bo‘yicha akkreditatsiya qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Respublika kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Akkreditatsiyaga talabgor bo‘lgan ariza beruvchi — malakani baholash markazi (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) Respublika kengashiga quyidagilarni taqdim etadi:
akkreditatsiya olish uchun arizani;
ariza beruvchi malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazishga talabgor bo‘lgan yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha o‘z shtatida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha qabul qilingan oliy ma’lumotli mutaxassis (mutaxassislar) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni;
o‘z mulkida xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan baholash vositalari, shuningdek malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish uchun mo‘ljallangan moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni.
Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan baholash vositalari hamda baholash usullari, shu jumladan onlayn test sinovlari uchun foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Akkreditatsiya olish uchun ariza akkreditatsiya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida Respublika kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Respublika kengashi akkreditatsiya olish uchun arizani ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ariza beruvchini tegishli qaror qabul qilinganidan keyin uch kun ichida xabardor qilishi shart.
Akkreditatsiya besh yil muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagi hollarda ariza beruvchi akkreditatsiya qilishni rad etishga haqli:
ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
ariza beruvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarga va shartlarga muvofiq bo‘lmaganda.
Akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi asoslantirilgan qaror ariza beruvchiga rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat (o‘ttiz kalendar kun ichida) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Akkreditatsiya qilish rad etilgan taqdirda akkreditatsiya olish uchun arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish ariza beruvchining akkreditatsiya olish uchun arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya olish uchun arizani takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Takroran ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra akkreditatsiya qilish rad etilgan taqdirda akkreditatsiya olish uchun arizalarni keyingi har bir ko‘rib chiqishlar uchun ariza beruvchidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan to‘lov undiriladi.
Ariza beruvchining akkreditatsiya olish uchun arizasini takroran ko‘rib chiqish chog‘ida akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha akkreditatsiya qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Akkreditatsiya qilishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish uchun berilgan muddat o‘tgach, ariza beruvchining akkreditatsiya olish uchun arizasi yangitdan taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ariza beruvchi akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(82-moddaning o‘n oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish