Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan



Download 24,5 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi24,5 Kb.
#516563
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RES


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
SOLIQ VA BUDJET SIYOSATINING 2018-YILGA MO‘LJALLANGAN ASOSIY YO‘NALISHLARI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda) 25-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish”;
o‘n uchinchi xatboshi o‘n to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 28-modda:
birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat maqsadli jamg‘armalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi”;
3) 38-moddadagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 39-moddadagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 41-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, jihozlashga (to‘liq jihozlashga) yo‘naltiriladigan, ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan majburiy to‘lovlar va boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi Jamg‘armani boshqarish kengashidir”;
6) 42-moddadagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 43-modda chiqarib tashlansin;
8) 51-moddaning 5-bandidagi “va jarima sanksiyalari” degan so‘zlar “jarima sanksiyalari va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 52-modda:
birinchi qismi 2-bandining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshisidagi “transport vositalariga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “va dotatsiyalar” degan so‘zlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahri shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin”;
10) 54-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 55-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Download 24,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish