Qonun ustuvorligi



Download 16,36 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi16,36 Kb.
#723193
Bog'liq
qonun ustuvorligi asosiy


Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.
Mamlakatda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipining real joriy etilganligi Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlar ustunligini taʼminlashning muhim kafolatidir. Unga koʻra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati boʻgʻinlari oʻzlarining konsti-tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular oʻrtasidagi munosabatlarni uygʻunlashtirishda eng oliy hakam qonundir.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U oʻz farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning, qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga toʻla joriy etilishi uchun yoʻl ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-tining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida" farmoyish qabul qilganligi (2001-yil 4 yanvar) jamiyatda Kon-stitutsiyaning mavqei va nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim tadbir boʻldi. Garchand, farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat boʻlsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning eʼzozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida (1997-yil 9 oktabr) umummajburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga mosligini taʼminlash vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilib, ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab etilgan. Rasmiy tarzda roʻyxatdan oʻtmagan idoraviy normativ hujjatlar yuridik kuchga ega boʻlmaydi, ularni hayotga joriy etish mumkin emas. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlashda prokuror nazoratining roli kattadir. Mazkur vazifa doirasida prokuratura idoralari muayyan qonunlar ijrosini bevosita bajaruvchi vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish, qonun buzilishining oldini olish, uning sabablari va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradilar. Qonunni qoʻpol buzish hollari aniqlanganda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlash uchun tashkiliy-huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlar muttasil takomillashtirilib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim. Konstitutsiya va qonunning ustunligi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O‘zbekiston xalqi huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlagani qayd qilingan. Huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi - bu qonun ustuvorligi hisoblanadi.
Qonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan bevosita bog‘liq prinsipdir. Chunki xalq hokimiyati deganda fuqarolarning qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqi tushuniladi. Shu ma’noda xalq irodasining ifodasi bo‘lgan, fuqarolarning parlamentga saylab qo‘ygan vakillari orqali yoki o‘zlari tomonidan bevosita referendum orqali qabul qilingan qonunlar xalq hokimiyatchiligining natijasi, majoziy qilib aytganda, mevasi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida qonunlarning pirovard maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir.
Xalqaro hujjatlarda qonun ustuvorligining asosiy elementlari sifatida qonun ijodkorligini shaffof, hisobdorlik va demokratik jarayonni qamrab olgan qonuniylikka asoslanishi; huquqiy aniqliq; o‘zboshimchalikning taqiqlanganligi; mustaqil va xolis odil sudlovning ochiqligi; shuningdek ma’muriy hujjatlar ustidan sud nazoratining o‘rnatilganligi; inson huquqlarini hurmat qilish va kamsitmaslik hamda qonun oldida tenglik hisoblanadi.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning zarur normativ-huquqiy va tashkiliy institutsional asoslari shakllantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi «Konstitutsiya va qonunning ustunligi» deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip deganda rahbariy qoidalar nazarda tutiladi. Agar Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik kelib chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga tayanilib hal qilinishi kerak. Shu ma’noda qonun ustuvorligining Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashtirilganligi mamlakatimizda mazkur prinsipga alohida ahamiyat berilganidan dalolatdir.
Konstitutsiyaning mazkur bobidagi hamda boshqa normalarida mustahkamlangan qoidalarni tahlil qilish quyidagi fikrlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Ikkinchidan, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Uchinchidan, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga egaligi, qonunosti hujjatlar qonun asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinishi, qonunlar eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi, normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shartligi, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llanilishi kabilar belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari ham yaratilgan. Avvalambor bu O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili hisoblanishi, qonunlarning bajarilishi ustidan parlament, jamoatchilik va idoraviy hamda adliya organlarining nazorati o‘rnatilganligi, Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rishi, sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi, qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik nazorati mustahkamlanganligi, tashkilotlarda yuridik xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi kabilarda bevosita namoyon bo‘ladi.
Qonunchiligimizda huquqiy ekspertiza, qonun hujjatlarini ta’sirini baholash tizimi, monitoring, idoraviy hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kabi huquqiy vositalar ham belgilangan bo‘lib, bular ham qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim elementlarini tashkil etadi.
Ko‘plab qonunlarda qonun ustuvorligi, qonuniylikni ta’minlash faoliyatning asosiy prinsiplari, vazifalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida qonun ustuvorligini ta’minlash keltirilgan. Mazkur Qonunning 6-moddasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko‘ra yuz berganidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘idagi o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq bo‘lmagan boshqa biror-bir holatni ro‘kach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko‘ndirish,
Download 16,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish