Grammatik mavzu bayoni:
BILIB OLING. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan, supurdi fe’lida supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe’lida noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi fe’lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan.
ESDA SAQLANG. Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo‘shiladi.
Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega: 1) aniq nisbat; 2) o‘zlik nisbati; 3) orttirma nisbat; 4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbati.
BILIB OLING.Fe’l nisbatlarini yasovchi qo`shimchalar fe’l asosiga birdan ortiq qo`shilib kelishi mumkin.Masalan, yasanmoq-aniq nisbatda, yasan+tir+moq – orttirma nisbatda, yasan+tir+il+moq – majhul nisbatda.
Mustahkamlash: O`quvchilarni allomalarning nomlarini aytish orqali guruhga ajratib olamiz.Guruhlarga Xorazmiy, Farg’oniy, Ibn Sino deb nomlab olamiz.
2-mashq. Taxtada bajariladi. Juftlab berilgan fe’llarni namunadagidek nisbat shaklini ko`rsatib yozing.Har guruhdan o`quvchilar taxtaga chiqib bajarishadi.
Namuna:
yuvmoq(aniq nisbat) – yuvdirmoq(orttirma nisbat) – yuvdirilmoq(majhul nisbat)
yuvinmoq( nisbat) – yuvintirmoq ()
ko`rmoq(aniq nisbat) – ko`rinmoq() - ko`rintirmoq( )
ishlamoq() – ishlattirmoq () – ishlatmoq()
yashirmoq() – yashirinmoq () – yashintirmoq()
yozmoq() – yozdirmoq() – yozdirilmoq()
yopmoq() – yopinmoq() – yopintirmoq() – yopintirilmoq()
2– topshiriq. Guruhlarda ishlash. Matn mazmuni o`qituvchi tomonidan o`qilib, bir qator tanishib olinadi. So`ngra ,,So`zlar adashdi” metodidan foydalanib topshiriqni bajarmiz.Bunda har bir guruhga so`zlari noto`g`ri joylangan matndan bir qismi topshiriladi va o`quvchilar so`zlarni o`rni-o`rniga qo`yib joylashtiradi. Aniq va bexato joylashtirgan guruh g`olib sanaladi va rag`bat kartochkasi beriladi.
Buyuk olimlar maktabi
VIII asrning 60- yillarida Bog`dodda katta kutubxona tashkil qilingan. Eng yirik olimlar poytaxtga jalb qilinib , ushbu kutubxona ,,Bayt-ul hikmat”-ilmlar markaziga aylantirilgan.Ma’mun akademiyasi o`sha davrda fanlar akademiyasi vazifasini bajargan. Al – Ma’mun akademiyasining astranom olimlari Yer atrofi va meridian uzunligini graduslar bo`yicha o`lchaganlar, osmondagi yulduzlar harakatini kuzatganlar.
Shunday akademiya 1004-1017-yillarda Xorazmshohlar poytaxti Gurganj shahrida tashkil etilib u ham ,,Bayt-ul hikmat” deb atalgan.Mazkur akademiyada Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Masihiy, Ibn Iroq, Al-Xojandiy, Jurjoniy kabi jahonda dovruq taratgan buyuk olimlar faoliyat yuritganlar.Ular o`z g`oyalari va yaratgan asarlari bilan jahon ilm-u fani taraqqiyotini 500 yil oldinga ilgarilatdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |