Kislorod yetishmovchiligi.
Qonda O2 ning kamayishi periferik tomirlarni
(arteriolalarni) kengaytiradi. Tabiiy sharoitda modda almashinuvining va O2
sarfining jadallashishi a‘zolarning faolligi kuchayganda kuzatiladi. O
2
qondagi
tarangligi pasayadi, tomirlar kengayib, qon oqish hajmi ortadi.
Metabolizm moddalari. Faolligi oshgan to‘qimalarda miqdori ko‘payadigan
qator moddalarning aksariyati (SOg, N
+
, piruat, ADF, AMF, adenozin) tomirlarni
sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega. Ularning tasiri mikrosirkulyator
tomirlarda yaqqol ko‘rinadi.
Biologik faol moddalar. Madalliy qon oqishini boshqarishda bazi biologik
faol moddalarning ahamiyati katta. Bulardan kininlar, gistamin, adrenalin va
noradre-nalinni ko‘rsatish mumkin.
Hazm tizimi bezxari qo‘zg‘alib, shira ishlab chiqara boshlaganda qon
tomirlar kengayadi. Bu asosan bez hujayralari ishlab chiqaradigan kininlar
samarasi hisoblanadi. Masalan, bez hujayralar kallikrein, degan ferment ishlab
chiqaradi. Bu ferment plazmaning
a
= globulinini parchalab, polipeptid kallidin
paydo bo‘lishiga olib keladi. Kallidin bradikininga aylanadi. Kallidin va bradikinin
tomirni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega.
Gistamin asosan teri, shilliq pardalar jaroxatlanganda ajraladi. U ba‘zofillar
va boshqa hujayralardan to‘qimalar jaroxatlanganda erkin holatga o‘tadi. Gistamin
arteriola va venulalarni kengaytiradi, kapillyarlar devori o‘tkazuvchanligini
oshiradi.
Adrenalin va noradrenalin buyrak usti bezlarining mag‘iz qismida oz
miqdorda uzluksiz ishlab chiqariladi. Bu gormonlar hamma tomirlarning silliq
muskullariga tasir ko‘rsatadi. Noradrenalin asosan tomirlarni toraytiradigan
nervlarning mediatori sifatida xizmat qilsa, gormon rolini adrenalin bajaradi.
Buyrak usti bezidan ajraladigan katexolaminlarning 80 foizi adrenalinga,
faqat 20 foizi noradrenalinga to‘g‘ri keladi. Vaziyatning turli o‘zgarishlari
(qurdish, gazablanish va xokazo ) katexolaminlarni qo‘ng a o‘tishini tezlashtiradi.
Adrenalin ba‘zi tomirlarni toraytiradi, bazilarini esa kengaytiradi.
Katexolaminlarning qon tomirlar silliq muskullariga tasiridagi farqni qon
tomirlarda adrenoretseptorlarning ikki turi
(a=
va (3= adrenoretseptorlar) borligi
bilanizodlash mumkin.
a =
retseptorlar qo‘zg‘alishi tomir muskullarining qisqarishiga, tomirning
torayishiga olib keladi. § - retseptorlarning qo‘zg‘alishi tomirlarni kengaytiradi.
Noradrenalin ko‘proq
a
= adrenoretseptorlarga, adrenalin esa
a
= va v =
adrenoretseptorlarga tasir etadi.
Ko‘pchilik qon tomirlarda retseptorlarning ikkala turi ham bor. Ammo
ularning nisbati bir xil emas. Agar qon tomirda
a
= retseptorlar ko‘proq bo‘lsa ,
adrenalin uni toraytiradi, retseptorlar ko‘p bo‘lsa — kengaytiradi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, v = retseptorlarning qo‘zg‘alish busagasi
a
= retseptorlarnikiga qaraganda past. Demak, qon da adrenalin miqdori kam
(fiziologik) bo‘lsa , u faqat
r =
retseptorlarni qo‘zg‘atib, tomirlarni kengaytiradi.
Qonda adrenalin ko‘payib ketsa,
a
= retseptorlar ham qo‘zg‘aladi, tomirlar
torayadi.
a
= va /3 = retseptorlar birdan qo‘zg‘alsa,
a =
retseptorlarning qo‘zg‘alish
samarasi ustun chiqadi — tomir torayadi.
Qon aylanishini boshqarishda mahalliy mexanizmlarning ro‘li katta.
Ammo bu mexanizmlarning o‘zi qon aylanishini muxitning tez o‘zgarishlariga
tuda moslashtira olmaydi. Bunga mahalliy mexanizmlar bilan bir qatorqa
markaziy Boshqaruv mexanizmlari faolligi tufayligina erishish mumkin.
Yurak bo‗lmachalari va qorinchalarining ketma-ket qisqarishi hamda
bo‗shashishini yurakning o‗tkazuvchi sistemasi uyg‗unlashtirib turadi. Impulslar
yurakning muskul tolalaridan atipik muskul tolalari orqali boshqa muskullarga
o‗tadi. Bu tolalar
Purkine tolalari
deb ataladi.
Yurakning o‗ng qulog‗i bilan yuqorigi kovak vena o‗rtasida tolalar tuguni
bo‗lib, ular
Keyt-Flak tuguni
deb ataladi. Bu tugun xuddi shunday tolalar
yordamida yurakning o‗ng qulog‗i bilan qorinchasi o‗rtasida joylashgan ikkinchi
tugun –
Ashof-Tavar tuguniga
tutashadi. Bu tugundan kattagina tolalar tutami –
Gis tutami
boshlanib, u qorinchalar to‗sig‗i bo‗ylab pastga tushadi va ikki
oyoqchaga bo‗linadi, so‗ngra o‗ng va chap qorincha epikardi ostida tarmoqlanib,
so‗rg‗ichsimon muskullarda tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |