Qon bilan kirgansan tomirlarimga, Jon bilan chiqasan jonim qaridan



Download 11,34 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi11,34 Kb.
#374566
Bog'liq
Xushnudbek-WPS Office


Qon bilan kirgansan tomirlarimga,

Jon bilan chiqasan jonim qaridan.

O, hayot bozori bunchalar gavjum-

Eng toza ishq erur mening xaridim!

Zaminga sevgimiz sirini sotgan,

Gullarning bag'rida uxlasang beg'am.

Nafasim yellarni tursa to'xtatib,

Yomg'irda soyabon bo'lsa qovurg'am...

Sen borki, ko'zimda baxt yasar uchqun,

Sen borki, zulmat ham ko'rinar oppoq.

Ko'zingning oqidan oq yuragingni,

Ranjitsam, Xudoyim meni qilsin oq!

Sinalmagan ishqqa sinovmi dunyo,

Ming yilki, sinaydi bizdek oshiqni.

Axir, biz ikkimiz topgandik o'ylab,

Sevgi deb atalgan mangu qo'shiqni...

Bir istak ichimda kezadi notinch:

Kipriging jonimga qadalsa - o'lsam.

Sen faqat meniki, o'zimnikisan-

Hatto o'zingniki bo'lmay qolsang ham!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Eshik yopilarkan eng so'nggi so'zing:

Xudoga qoldirib sizni omonat,

Ketyapman!

Ko'nglingiz tortmasmi xira?

Omon bo'l demoqqa yaraydi faqat-

Tilimning uchiga chiqqanday yara.

Bilsang, men o'smaga o'xshardim xuddi,

Sening vujudingni boryotgan siqib.

Mening hayotimdan ketgan yaxshi,

Hayoting izidan ketmasdan chiqib.

Yo'lning oxiriga turibman peshvoz,

Sening qadamlaring yo'lning boshida.

Hali boshingdan baxt sochadi quyosh,

Bir gul undirolsang hayot toshidan..

Bilarman, umrimning qaysidir yili-

Sening nafasingsiz kechadi arang.

Yil emas, yillarga nondek tatiydi,

Menga tatimagan shirin xotirang!

Faqat sen qoldirgan yarim yo'lakda,

Hamon ruhim ichra kezar darbadar.

Har kecha sen kiygan oppoq ko'ylakda-

Tushimda halinchak uchgan parilar!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Bir amallab tongga yetib ham oldim,

Biroz xotirjamman,

Tin olar ruhim.

Shuncha yil ichida ortsa ortdi-ki,

Sira kamaymadi eski anduhim!

Bir lahza o'zimga o'tsaydi so'zim,

Baxtning lablarida bo'lardim titroq.

Dunyo hashamidan to'ymagan ko'zim,

Bir kun to'yarmikan, to'ldirsa tuproq?!

Buncha bino qo'ydim besh kunlik dunning-

O'zi ham tan olmas inoyatiga.

Tog'larning toshidan qattiq chidam ber,

Ishqdan bunyod ko'nglim imoratiga...

Va hayotni qayta seva boshlayin,

Ruhimga Xudoning yorligi uchun.

Faqat borligimni baxt deb bilguvchi,

Onamdek Insonlar borligi uchun...

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Yolg'iz ayolga.

Chuvalashib ketar sening o'ylaring,

Oyog'ing tortmaydi ishga borgani.

Bir haftacha dazmol kutgan ko'ylaging-

Yerga ag'anaydi ko'ngil yorgani.

Endi avvalgidek botmaysan terga,

Parvoyingga kelmas javonning changi.

Seni yerdan olib uradi yerga,

Kecha, bugun hamda ertaning jangi!

Tunda yotog'ingda bo'sh bitta bolish,

Tushlaringdan chiqib kelgan kabi o'q.

Bir chekkada tursin pardozli bo'lish,

Soching taroq ko'rgan kun esingda yo'q.

Hech narsa yodingga solmaydi vaqtni,

Hech kimsa ruhingga berolmas dalda.

Totganday bo'lasan chinakam baxtni,

Faqat bolang uchun ertak aytganda!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Buncha olisladi kelaring bugun,

Yo hayot karvoni qo'ydimi ta'qiq?

Qaysi gunohimning badali uchun,

Yolg'izlik qo'liga qilindim tortiq.

Qismat toshlariga nishon bo'ldim men,

Nishonim bo'lmadi sendagi qismat.

Har bitta lahzamga bo'lib berdim teng,

Baribir yetmadi mendagi toqat!

Tunlarimni tongga ulagan misol,

Sening nigohingga bog'landim butun.

Qancha daryolarni ichdim bemalol,

Ko'zimga yosh bo'lib to'lishing uchun!

Sog'inching izimdan it kabi qopdi,

Hanuz tutqich bermas qadamlarim ham.

Bu dunyoga sig'may qolish ne bo'pti,

Agar o'z-o'ziga sig'masa odam?!

©Xushnudbek HODIYEV

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Mayli, qizil rangga bo'ya ruhimni,

Meni qoralashtir, meni oqlashtir.

Yashilga berkitgil bor anduhimni,

Yashil rang borliqni teran anglashdir.

Ista moviy bo'lsin, ista ko'k, yoki-

Kuzdek zangorilik kasb etsin dunyo.

Sen shunday ranglarni qo'shib berginki,

Ishq degan yangi rang bo'lsin muhayyo!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Endi qayt!

Me'yordan oshdi sinoving,

Shundoq ham yetardi qismatning zayli.

O'zimdan ham oldin tug'ilgan sevgim-

O'zimdan keyin ham seni tilaydi.

Tezroq qayt, qolgani yurakning ishi,

Qolganiga yumsa bo'ladi ko'zni.

Men qancha chog'lanmay ayta olmadim-

Sen menga aytmagan muqaddas so'zni.

Dunyo dema menga, dunyo ham mendek,

Boshdan oyoq qadar botgan zulmatga.

O'xshaydi umrimning sensiz damlari-

Bo'yoq yetmay qolgan chala suratga.

Faqat qayt,

Faqat qayt, vaqt degan dushman-

Uzmasidan oldin ilinj ipini.

Hech yo'qsa birrovga tushuntirib ket,

Muhabbatsiz yashash prinsipini!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Sen bir kun bariga qo‘yadirsan chek,

Xudoga solasan ikki dunyomni.

Suratimni otib beparvolardek,

Va to‘kib solasan bor diydiyongni.

Tunlar to‘lg‘onasan og‘ir sukutdan,

Ko‘zingda ko‘z ochsa ko‘nglimning ko‘zi.

Sen mendan iborat, menda mavjudsan,

Har daqiqang o‘zim, har oning o‘zim!

Orom topolmaysan bir zum tushda ham,

Cho‘chib uyg‘onasan qoraligidan.

Bir umr entikib yashaysan erkam,

Ismim va Xotiram oralig‘ida!

Kuz bo‘lsang, uch oylik umringni birdan,

Uch asrga tenglab qo‘yadi Tangrim.

Nima deb noliysan axir taqdirdan,

Ismingni yo‘qotib tentisa umrim?!

Ammo ko‘nikishga topasan jur‘at,

Menli kunlaringga qo‘yasan taqiq.

Meni eslamagan har bir lahzangga,

Hali ko‘zmunchoqlar qo‘yasan taqib!

Soyamning nafasi o‘ynar zulfingni,

Kipriging sug‘organ sog‘inch yoki g‘am?

Ayt, qanday buzasan ko‘ngil qulfimni,

Bo‘m-bo‘sh yuragimga qorovul qo‘ysam?!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

O, bu yurak yaralganmi ko'z yoshidan,

Yaralganmi tog'ning eng qattiq toshidan,

O, bu yurak avvalidan, eng boshidan -

Oshiq bo'lib, oshiqlikni tanlamadi.

O, bu yurak nimalarni kechirmadi,

Kimga qanday og'ularni ichirmadi,

Yorman degan o'z yoridan kecharmidi,

Yor bo'ldi-yu, yorug' yo'lga yo'llamadi.

O, bu yurak kulbalari kuldanmidi,

Yo tuproqqa bosh egmagan guldanmidi,

O'z-o'ziga dushmanligi shundanmidi,

Bir do'st bo'lib, yomon kunda qo'llamadi.

O, bu yurak yuray desa, oyog'i yo'q,

Yerlarga bosh uray desa, tuprog'i yo'q,

Tikanlari bo'y bermagan yaprog'i yo'q,

Gul emasmi, zarur paytda gullamadi.

O, bu yurak mangu hajr deganimi,

Gunohlarim uchun ajr deganimi,

O, bu yurak ishqqa asir ekanini -

Anglamadi,

anglamadi,

anglamadi...

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Qo‘rqmayman shamollar betinim esib,

Meni mendan olib ketsa ham bir kun.

Yolg‘izlik yomg‘iri yuragim ezib,

Butun vujudimni aylasa tutqun.

Qo‘rqmayman ko‘zimda shamchiroq yoqib,

O‘ngidan kelsa eng yomon tushlarim.

Olis o‘lkalarga qanotin qoqib,

Qaytmas bo‘lib ketsa baxtim qushlari...

Qo‘rqmayman o‘zimdan bosh olib ketsam,

Loaqal biror kas uzatmasa qo‘l.

Ikkala dunyoning orasi axir,

Ikkala qoshimning o‘rtasicha yo‘l.

O‘limdan zarracha qo‘rqmayman garchi,

Yashamasdan turib mumkinmi o‘lish?!

Bu yorug‘ olamda qo‘rqqanim barcha -

Xudosiz insonlar ichida qolish!



©️Xushnudbek HODIYEV
Download 11,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish