Qon aylanish tizimi
Qon aylanish tizimi – qon, qontomirlar va yurakdan tashkil topgan tarmoq. Bu tarmoq tanadagi toʻqimalarni kislorod va oziq moddalar bilan taʼminlaydi, gormonlarni tashiydi va keraksiz mahsulotlarni chiqarib tashlaydi.
Yurak
Yurak maxsus yurak mushak toʻqimasidan tuzilgan boʻlib, u yurakning qon aylanish tizimida nasos kabi ishlashiga imkon beradi.
Inson yuragi toʻrtta kameraga boʻlingan. Yurakning har ikkala tomonida bittadan boʻlmacha va qorincha joylashgan. Boʻlmachalar qonni qabul qiladi, qorinchalar esa qonni haydab chiqaradi.
Odam qon aylanish tizimiga quyidagi doiralar kiradi:
Kichik qon aylanish doirasi yurak va oʻpkalar orasidagi qon oqimini vujudga keltiradi.
Katta qon aylanish doirasi odam tanasining barcha qismiga qonning borishini va yurakka qaytib kelishini taʼminlaydi.
Koronar (tojsimon) doira qatʼiy ravishda yurakni qon bilan taʼminlaydi (quyidagi chizmada koʻrsatilmagan).
Yurakdan tananing turli qismlariga ketayotgan qon oqimini tasvirlovchi chizma.
Rasm manbasi: Blood flow from the heart by OpenStax, CC BY 4.0
Qon va qontomirlar
Yurakdan chiqqan qon butun tanaga qontomirlar orqali tarqatiladi. Arteriyalar qonni yurakdan olib chiqib, kapillyarlarga yetkazadi, shu yoʻl bilan ular toʻqima va hujayralarni kislorod (va boshqa oziq moddalar) bilan taʼminlaydi. Kislorodni yoʻqotgandan soʻng, qon oʻpkaga qaytadi, u yerda kislorodga toʻyinadi va venalar orqali yurakka quyiladi.
Odam tanasidagi yirik arteriyalar (qizilda) va venalarni (koʻkda) koʻrsatuvchi chizma.
Rasm olingan manba: Tana arteriyalari va venalari OpenStax, CC BY 4.0
Katta qon aylanish doirasining birlamchi arteriyasi aorta boʻlib, u boshqa arteriyalarga shoxlanadi va qonni tananing turli sohalariga yetkazib beradi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
Arteriyalar doimo kislorodga boy qonni va venalar doimo kislorodga toʻyinmagan qonni tashiydi. Bu koʻp holatlarda toʻgʻri. Ammo oʻpka arteriyalari va venalari bu qoidadan mustasno. Oʻpka venalari kislorodga toʻyingan qonni yurakka olib boradi, oʻpka arteriyalari esa, aksincha, kislorodga toʻyinmagan qonni yurakdan olib ketadi.
Qon har doim qizil rangda. Teri orqali qaraganimizda venalar koʻk rangda koʻrinishi mumkin va bunga asoslanib baʼzi kishilar kislorodga toʻyinmagan qon koʻk rangda boʻladi deb oʻylaydi. Biroq bu toʻgʻri emas. Qon faqatgina koʻk rangda koʻrinadi, negaki toʻqimalar yorugʻlikni yutib, bizga ranglarni namoyon etadi. Garchi kislorod qonning yorqinligiga taʼsir koʻrsatsa ham (koʻproq kislorod qon rangi toʻqligini kamaytirib, yorqinroq qizil rangni beradi), qon aslida koʻk rangda emas.
Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda ochiq Qon aylanishi doirasi mavjud (gemolimfa gavda muskullari yoki tomirlar qisqarishi tufayli harakatlanadi). Odam va ayrim yuqori darajada rivojlangan umurtqasizlarda Qon aylanishi doirasi yopiq boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi doirasi 2 ta. Odam. shu jumladan, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi sxemasi bir xil. Yurak chap qorinchasidan chiqib, toʻqimalar orqali oʻng boʻlmachaga kelgan tomirlar sistemasi katta, oʻng qorinchadan chiqib, oʻpka orqali chap boʻlmachaga kelgani kichik qon aylanish doirasini tashkil etadi. Chap boʻlmachadan qon chap qorinchaga oʻtadi va Qon aylanishi davom etadi. Yurak muskullarining qisqarib-boʻshashishi tufayli qon tomirlarda harakatlanadi. Yurakning bir min.da haydaydigan qon miqdori minutli hajm deyiladi. Odam tinch turganidagi minutli hajm 4—5 l ga teng , emotsional taʼsir holatida esa u 3—4 marta ortadi. Yurak qonni arteriyaga porsiya bilan haydaydi. Qon quyilishi bilan arteriyalar devori kengayadi. Diastolaaa yigʻilgan energiya arteriyalarda qon bosimini maʼlum darajada saqlab, kapillyarlarda uzluksiz qon oqimini taʼminlaydi. Organizmdagi qonning faqat 5% i kapillyarlarda boʻladi, biroq Qon aylanishining asosiy funksiyasi — qon bilan toʻqima orasidagi moddalar almashinuvi shu kapillyarlarda amalga oshadi. Qonning kapil-lyarlardagi gidrostatik bosimi sababli suyuqlik, kapillyardan toʻqimaga filtrlanadi (qon plazmasining onkotik bosimi bu jarayonga toʻsqinlik qiladi). Qon kapillyarlarda qarshilikka uchraydi, buni yengishda u energiya yoʻqotadi va qon bosimi pasayadi. Qon aylanish doirasi suvda hamda quruqlikda yashovchilardan boshlab ikki doira boʻylab aylanadi ya'ni katta va kichik qon aylanish dooralri .Kichik qon aylanishdoirasiga yurakning oʻng qorinchasidan chiquvchi arteriya va opkadan chiquvchi oʻpka venalari kiradi .Mazmunan kichik qon aylanish sistemasi qondagi gazlar almashinuvida ishtirok etadi .Katta qon aylanish doirasi (sistemasi) yurakning chap qorinchasidan chiquvchi aorta , arteriya,arterial kapilyar ,toqimalardan boshlanuvchi venal kapilyar vena kovak venalr ularning choʻntakchasimon klapnlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |