Qo‘mita: BMT ning bolalar jamg‘armasi (UNICEF)
Mamlakat: Finlandiya
Mavzu: Qishloq joylardagi bolalar ta’limini rivojlantirish
Delegat: Shakhrizoda Nabijonova
Assalomu alaykum, hurmatli delegat rahbarlari! Finlandiya va qishloqdagi bolalar ta’limini rivojlantirish haqidagi munosabat nutqimni boshlashga ijozat bersangiz.
Muammo/vaziyat: Hozirgi kunda UNICEFning eng oliy va jiddiy mavzularidan biri bu “Qishloq joylarda bolalar ta’limini rivojlantirish” hisoblanadi.Bu maqsad yo‘lida UNICEF turli muhokama va takliflarni bajarib kelmoqda.Zero har bir bola bizning kelajagimizdir.Yurtning ravnaqi bu-Yoshlardir.Xoh u nochor bo‘lsin,xoh u asilzoda barcha birdek ta’lim olish huquqiga ega.Ammo YUNECKOning ma’lumotlariga qaraganda 10 minglab bolalar ta’lim olish huquqidan mahrumdirlar.Juda ham achinarli va bu ko‘rsatkich pandemiya sharoitida yanada oshganligi aniq.Bolalarning ta’lim olish ko‘rsatgichi tobora sustlashib bormoqda.Biz bunday og‘ir vaziyatda qalban birga bo‘lib,birlashib, birgalikda bu holatni yengib o‘tishimiz kerak deb o‘ylayman.
Finlandiyadagi ta’lim tizimi: YUNECKO tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga qaraydian bo‘lsak,Finlandiya maktab o‘quvchilari dunyo bo‘yicha eng bilimlilardan hisoblnadilar.Shunngdek ular eng ko‘p kitob o‘quvchilar safiga kiradilar.Dunyoda bilim darajasi bo‘yicha tabiiy fanlardan birinchi,matematika fanidan ikkinchi o‘rinni egallashadi.Lekin bir kamchilik jihati lar ta’lim olish uchun ko‘p vaqt sariflamaydilar.Finlandiyada o‘rtacha majburiy ta’lim ikki bosqichdan iborat:
Quyi 1-6-sinflar
Yuqori 7-9-sinflar
10-sinfda bolalar litsey yoki kollejga yo‘l olishadi.
Finlandiyaliklar o‘ziga xos o‘rganishga arzigulik maktab ta’lim tizimining oltin qoidasini ishlab chiqishgan.Bular quyidagilar:
1.Tenglik
2.Bepul
3.Individuallik
4.Amaliyot
5.Ishonch
6.Istak-xohish
7.Mustaqillik
Finlandiyada maktab bolani eng asosiysi mustaqil hayotga o‘rgatish deb hisoblaydilar.maktablarda o‘quvchilar o‘rtasidagi mojorolarga pedagoglar umuman aralashmaydi.Finlandiyada o‘qishni istagan o‘quvchi o‘qidi.Masalan,dars qiziqarli o‘tiladi.Lekin o‘quvchi matematikaga qiziqmasa,u rasm chizishga qiziqsa,unga matematikadan “2” qo‘yilmaydi.Shunchaki,matematika arsi o‘rniga rasm darsiga kiradi va atnashadi.Finlandiyada o‘quvchi nimani o‘qishi qiziq emas,o‘quvchi nimaniga qiziqishi va natijaga erishi muhim.Yana o‘quvchi uchun Finlandiyada quyidagilar tekin:tushlik,ekskursiyalar,muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat,bolani uyidan olib ketuvchi transport vositasi,o‘quv darsliklari,barcha o‘quv qurollari,kalkulyator,planshet,noutbuklar ham.Ota-onalardan pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.Bunday sharoitda kim ham o‘qimaydi deysiz.
Takliflar:
Men Finlandiyadavlati nomidan siz aziz delegatlarga o‘rganish kerak bo‘lgan juda ko‘p takliflarni bermoqchiman:
Bolani qiziqishiga qarab ta’lim fanlarini tuzib chiqish
Har bir bola bilan individual ishlash
Kerakli jihozlar bilan qishloq maktablarini jihozlash
O‘quvchi uchun zarur bo‘lgan barcha qurollarning tekinga berilishini ta’minlash
Ma’lakali o‘qituvchilarni faqat shahar yoki maxsus maktablarga emas,chet qishloqlarga jalb etilishini ta’minlash
Kutubxona va madaniyat-ma’rifat zallarini qishloqlarda ochish,faoliyatini ta’minlash
Qishloq so‘zini zamonaviy qishloq nomiga o‘zgartirish,ya’ni qishloq deganda zamondan orqada qolgan joy hayolga kelmasligi kerak,buning uchun zamonaviy ta’limni qishloqlarga olib kirish kerak
Foydalanilgan manbalar:
1.https;//hozir.org
2.kun.uz
3.https;//www.unicef.org
4.https;//uz.m.wikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |