ta sahifadan iborat bo'lib, ish kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
6
I-BOB.
ADABIYOTLAR TAXLILI
1.1.
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN BA’ZI OILALAR
BIOLOGIYASI
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobi‖ga o’simliklarni juda ko’p
oilalari kirilgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishida ro’yxatga kiritilgan oilalardan
ba’zilari (bug’doydoshlar, burchoqdoshlar, ituzumdoshlar, sho’radoshlar,
karamdoshlar) tanlab olindi va ularni biologik xususiyalari taxlil qilindi.
Barchaga ma’lumki burchoqdoshlar oilasi vakillari inson hayotida muhim
orin tutadi. Dukkakli don ekinlari dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga kiradi. Bu
oila vakillarining ko’pchiligi bir, ikki va ko’p yillik o’tlardan iborat. Ularning gul
tuzilishi murakkab tuzilgan bo’lib, gulqo’rg’oni murakkab tuzilgan qayiqcha va
eshkakchadan iborat. Gulida 5 ta kosachabarg, 5 ta tojibarg bo’lib 1+2+2 sxemada
joylashgan. Changchisi 10 bo’lib, 1 tasi erkin va 9 tasi qo’shilib o’sgan. Urug’chisi
bitta va bir uyali. Hasharotlar bilan changlanadi.
Oila vakillarining ildizi - o’q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar
hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o’simliklar ildizida yashab havodagi erkin
azotni o’zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik
o’suvchi, ilashuvchi, o’raluvchi yoki yotib o’suvchi bo’ladi. Barglari ko’pincha
murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o’rnashgan.
Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to’pgulga joylashgan.
Gulkosachasi yarmigacha qo’shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan.
Gultoji kapalak shaklida bo’lib, 5 ta gultojibargdan hosil bo’lgan. Ulardan ustidagi
yirikrog’i «yelkan» yoki «bayroqcha» deb ataladi; ikki yoniga joylashgani
«qanotcha» yoki «eshkak» deyiladi. Bir-biri bilan qo’shilgan bir juft ostki
gultojbarg esa «qayiqcha» deyiladi. Changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari
bir-biri bilan qo’shilib ketgan, o’ninchisi esa erkin, urug’chisi 1 ta. Mevasi dukkak.
Mamlakatimizda dukkakli ekinlardan madaniy holda ko’k no’xat, mosh, loviya,
no’xat, burchoq, yeryong’oq ko’p ekiladi [
Bilich G.L., 2005
].
7
Dukkakli don ekinlari ildizida tuganaklar, ularning donlari nitragin bilan
ishlanganida yoki ikki uch – yil avval shu dalada dukkakli ekinlar ekilib, tuproq
tuganak bakteriyalar bilan taminlangandagina bo’lishi mumkin xolos. Mabodo
tuproqda tuganak bakteriyalar bo’lmasa va urug’lar nitragin bilan ishlanmasa, u
holda o’simliklar qo’shimcha azotli o’g’itlar bilan o’g’itlanishga moyil bo’ladilar.
Ko’pgina dukkakli don ekinlari tuganak bakteriyalar bilan ishlanganda o’z hosilini
ancha oshiradi. Buning uchun tuganak bakteriyalar maxsus konsentratsiyasi, ya’ni
nitragin yoki rizotorfin qo’llaniladi va ular bilan ishlash inokulyatsiya deb ataladi.
Dukkakli don ekinlari hosildorligi g’alla ekinlari hosilidan yoki ulardan sal
ko’proq bo’lishini nazarda tutadigan bo’lsak, bu ekinlarning ho’jaliklarda katta
iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lishligi yaqqol namoyon bo’ladi. Dukkali don
ekinlarini tashkiliy – iqtisodiy nuqtai nazardan baholaydigan bo’lsak bu ekinlarni
ekish muddatlari texnikaning bo’sh davriga to’g’ri keladi va bu texnikadan unumli
hamda uzoq muddat foydalanish imkonini beradi, mosh, soya kabi dukkakli don
ekinlarini yana bir qimmati shundaki ya’ni ularni asosiy ekin sifatida bahorda yoki
sug’oriladigan zonalarda g’alla ekinlaridan keyin yozda ekish mumkin.
Dukkakli don ekinlarini lalmi almashlab ekishda va soyli zonalarda ekilganda
havodan azotni o’zlashtirish qobiliyatini hisobga olish ayniqsa zarur.
Dukkakli don ekinlari o’stirish uchta asosiy vazifani: o’simlik oqsili, ko’plab
don etishtirilishini va tuproq unumdorligini oshirilishini ham yetilishiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: