III BOB. OGAHIY TARIXIY ASARLARI TILIDA ANTONIMLAR
3.1. Ogahiy tarixiy asarlari tilidagi antonimlarning umumiy tasvifi.
“. . .Qarama – qarshi tushuncha yoki tasavvurlarni ifodalaydigan, so zning
ma’nolari orasidagi ziddiyatni bildiradigan so zlarga antonim deyiladi”. Ziddiyat
(antonimiya) ikki so z o rtasida vujudga keladi. Bu lisoniy hodisa.
a) ifodalanayotgan tushuncha belgilarining zidligi;
b) so zlar mazmuni bir-birini inkor qilishi asosida yuz beradi.
Ikki so zda belgilar zidligi, inkor xususiyati ham mavjud bo lsa, ular to la
antonimlar bo ladi. Agar ikki jihatdan biri noqis bo lsa, yarim antonimlar
deyiladi. Masalan, oqil لﻘاﻋ va ahmaq ﻖﻤﺤ ا so zlari belgilar zidligi, jihatidan ham,
inkor qilish jihatidan ham, qarama-qarshi ekanligi bois to la antonimlardir.
“Ayol” va “erkak” so zlarida esa belgilar zidligi mavjud, ammo inkor qilish jihati
kuchsiz bo lib, o zaro umumiylik seziladi. Shu sababli ular mantiqan yarim
(noqis) antonimlardir.
Ogahiy tilida bir-biriga antonim bo lgan ko plab arabcha so zlar
uchraydi. Y.D.Pinxasov tasnifi bo yicha ularni quyidagicha ko rsatish mumkin:
1.
To la antonimlar:
Layl ﻞﯾﻠ – tun, nahor راﮭﻨ – kunduz,
Asvad دﻮﺴا – tim qora, abyaz ﺾﯾﺒا – oppoq.
2. Yarim (noqis) antonimlar:
Zavj جﻮﺰ – er, zavja ﮫﺠﻮﺰ – xotin,
SHams ﺲﻣﺸ – quyosh, qamarرﻣﻘ – oy.
Tematik jihatdan antonimlar tasnifi:
1.
Predmet belgilarini ifodalaydigan antonimlar:
Sag‘ir رﯾﻐﺼ – kichik, kabir رﯾﺑﻜ – katta.
2. O rin va o ringa munosabatni ifodalaydigan antonimlar:
Arz ضرا – yer, samo اﻣﺴ – osmon,
Doxil ﻞﺨاﺪ – ichkari, xorij جراﺨ – tashqari.
3. Payt, zamonni bildiruvchi antonimlar:
62
Layl ﻞﯾﻠ – tun, nahor راﮭﻨ – kunduz,
Moziy ىﻀاﻣ – o tgan, mustaqbal ﻞﺑﻗﺗﺴﻣ – kelasi.
4. Harakat–holatni bildiruvchi antonimlar:
Tavallud ﺪﻠوﺘ – tug‘ilish, favt توﻔ – o lish;
Qatl ﻞﺗﻗ – o ldirish, ihyo اﯿﺤا – tiriltirish.
5. Oila, qarindoshlikka oid antonimlar:
Xol ﻞاﺨ – tog‘a, xola ﮫﻠاﺨ – xola;
Amu وﻤﻋ – amaki, amma ﮫﻤﻋ – amma;
Jadd ﺪﺠ – bobo, jadda هﺪﺠ – buvi.
6. Holat-usulni bildiruvchi antonimlar:
A’lo اﻠﻋ – yuqori, adno اﻨﺪا – quyi.
7. Miqdorni bildiruvchi antonimlar:
Kasir رﯿﺛﻜ – ko p, qalil ﻘ
ﻞﯿﻠ – oz va hakozo.
Antonimlarning shakliy tasnifi:
1.
Zoida (qo shimcha)li antonimlar.
Bu holatda o zak o zgarmagan holda zoida (qo shimcha)lar ma’nosi
zidligi bois antonimlar hosil qilinadi. Masalan, ahl ﻞھا – ahl, mahram, no- (forsiy
(+ ahl – noahl, tegishli bo lmagan kabi. Bu tip antonimlarni hosil qilishda -siz, -li,
-lik (turkiy; no-, ba-, be- (forsiy); g‘ayri-, bi-, illo- (arabcha) kabi qo shimcha va
qo shimchaga muqobil so zlar faol ishtirok etadi.
2.
Leksik (har xil o zakli) antonimlar.
Bu tip antonimlar biror qo shimchasiz ham ma’no munosabatiga ko ra
antonim hisoblanadi:
Layl ﻞﯾﻠ - tun, nahor راﮭﻨ - kunduz.
Do'stlaringiz bilan baham: |