19
. Eski o zbek tilida hozirda “ko rishni istab g amgin bo lmoq”,
“sog inch his etmoq” mazmunidagi sog in- ï(sag ïn-) fe’li ushbu mazmundan
tashqari “hisoblamoq”, “tushunmoq”, “gumon qilmoq”, “o ylamoq” ma’nolarini
beradi. Shuningdek, sag ïndurmoq fe’li
“eslatmoq”, “esga solmoq”; “esga
olmoq” mazmunlariga ega
20
. Jumladan, Alisher Navoiy asarlarida shu bosh ma’no
asosida sag ïn- fe’lining qo yidagi ma’no qirralari ko zga tashlanadi:
1. O ylamoq: Sahar namozin ayturda ul xuftan sog indi. (MAT, 17:27);
2. Hisoblamoq, ...deb bilmoq: bozurgon meni yaxshi amin kishi sog inib,..
(MAT, 17:72);
3. Faraz qilmoq; tasavvur qilmoq: Abu Solih o lsa, kim bila suhbat
tutqungdur? Dedim: bilmon. Dedi: holo hamul sog inki, ul o lubdur. (MAT,
17:99);
4. Umid qilmoq, umid bog lamoq: Sog indimki, oxir bo lg usidur.
(MAT, 17:218);
5. Gumon qilmoq: Masjid hodimi ul suvni ko rub sog inibdurki, darvesh
bavl qilibdur. (MAT, 17:163).
6. Sog inmoq, istamoq: majolisu mahofilda ani sog inib, istihson qilur
ermish. (MAT, 17:226).
Shuningdek, eski o‘zbek tilida sag ïndurmoq fe’lining “eslamoq” asosida
yuzaga kelgan “qayg urmoq”, “g amini emoq” semasi ham mavjudligini
ko ramiz: “oxir o zni sog indurmoq kerak” (MAT, 17:208) jumlasida matn
taqazo qilgan mazmunga bu so z ko ra “odam o zini ham o ylashi,
qayg urishi kerak” ma’nosida keladi.
Ayrim mulohazalar fe’lning “sog inch hissini tuymoq” va “o ylamoq”
ma’nolari o rtasida bog liqlik borligini ko rsatib, har ikkala mazmun biror
19
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. Учинчи жилд. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий
энциклопедияси. – Б. 562-563.
20
Иброҳимов С., Шамсиев П. Навоий асарлари луғати. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат нашриёти, 1972. – Б. 571.
18
nuqtada tutashishini ochib beradi. Bu fe’lning hozirgi o zbek adabiy tilidagi
qadimgi qadimgi turkiy tilda mavjud bo lgan “biror kishi haqida qayg urmoq”
ma’nosini beruvchi saqï
21
asosida shakllanganini e’tiborga olsak, saqï //
sag ï
22
ning o zi qachonlardir mustaqil bo lgan “istamoq” yoki “yaxshi
ko rmoq” ma’nosidagi sa-ga borib taqalishi yanada oydinlashadi. G.Ramsted bu
ma’nolarni tungus tilida mustaqil holda “gapirmoq”; “o ylamoq”; “qilmoq”
ma’nolarini beruvchi sa- fe’liga qiyosan belgilaydi
23
. Bizningcha, bu fe’lning
tungus tilidagi dastlabki ikki ma’nosi turkiy tillarda ham bo lgan. Deylik,
sav//sag – “xabar” hamda hozirgi vaqtda “kuyov tomondan qiz tomonning
roziligini olish uchun vakil qilingan shaxs”; qadimgi turkiy va XI-XIV asr
yodgorliklarida “elchi”; “payg ambar” ma’nolaridagi savchï so zlari shu
mazmun asosida shakllangan. Sa-ning “istamoq” ma’nosi va fe’l maylini ifodalash
vazifasiga o tishi xususida turkologiyada e’tiborli ishlar qilingan
24
. E’tibor
qaratsak, sa-ning ma’nolaridan biri “o ylamoq”. Analogiya asosida fikr yuritsak,
saq // sag shaklida “o y”, “fikr” ma’nolaridagi ot shakllangan. Undan -n
qo shimchasi vositasida saqï // sag ï shaklli o ylamoq < istamoq <
Do'stlaringiz bilan baham: |