Qo‘lyozma huquqida udk 378. 004 Qahhorov abdusalim o„tkir o„G„LI


  Kafedrada yuklamasini shakillantirish



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana31.12.2021
Hajmi4,12 Mb.
#212759
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Qahhorov Abdusalim MD Asosiy

1.2  Kafedrada yuklamasini shakillantirish  

 

Kafedra faoliyatini boshqarishda bir qator funksiyalarni ajratib ko„rsatish 



mumkin. Ushbu funksiyalarni bajarish uchun javobgarlik kafedra mudirining 

zimmasida boladi.

 

Kafedra 


bosharuvi

O quv faoiliyati

Metodik 

faoliyati

Ilmiy faoliyat

Tarbiyaviy 

faoliyat

Administrativ 

faoliyat

Moliyaviy 

faoliyat

Boshqa turdagi 

faoliyatlar

O quv jarayonini 

tashkillashtirish

O quv-tashkiliy 

faoliyat

 

1-rasm



Kafedra faoliyati 




14 

 

Axborot 



tizimida 

o„quv 


rejani 

shakllantirish 

resurslardagi 

chegaralanishlarni  hisobga  olgan  holda  va  ta‟lim  jarayonini  amalga  oshirish 

maqsadida  o„quv-uslubiy  materiallarni  amaliyotga  tadbiq  etishning  unikal 

dasturini ishlab chiqish tushuniladi. Mazkur jarayon  

-  vaqtinchalik, 

-  talabalarning

 

o„quv jarayoni bilan o„zaro ta‟sirlashuv shakllari, 



-  mazmunli,  

-  talabalarning reyting baholari 

kabi  ta‟lim  jarayoni  bosqichlariga  nisbatan  boshqaruv  qarorlarining  qabul 

qilinishini ta‟minlash uchun mo„ljallangan. 

O„quv rejalarning shakllanish jarayoni ta‟limning tan olinishi, dolzarblilik, 

pul  mablag„laridan  samarali  foydalanish,    individuallik  singari  tashqi  va  ichki 

talablarni hisobga olishga imkon beradi. 

Samaradorlik    deganda  bitta  o„quvchiga  mos  keladigan  minimal  me‟yor 

ko„rsatkichi  tushuniladi.  Samarali  hisoblangan  ta‟lim  muassasi  raqobatli 

muhitda  mijozlarni  jalb  etish  uchun  hayotiy  zarur  rivojlanish  jarayonini 

moliyaviy resurslar bilan ta‟minlay oladi.  Shuningdek, ta‟lim muassasi dolzarb 

bo„lishi,  mehnat  bozorida  katta  talab  uyg„otadigan  mutaxassislarni  tayyorlashi 

kerak.  Individuallik  deganda  o„quvchilarga  individual  qarorlarni  qabul  qilish 

imkoniyatini taqdim etish tushuniladi masalan, o„quvchi o„ziga kerakli kurslarni 

tanlay olishi va ta‟lim muassasi har bir o„quvchi uchun har xil usullarni taqdim 

etishi  kerak.  Va  nihoyat,  ta‟lim  muassasi  xalqaro  ta‟lim  sistemasiga 

integrallanishi-  tan  olingan  bo„lishi  kerak.  Baholash  sistemalari  va  o„quv 

dasturlari  tuzilmalari  umumiy  prinsiplardan  foydalanish  asosida  erkin 

konvertlanishi  va  o„quvchilarning  OTM  ni  tanlashda  katta  mobillikni 

ta‟minlashi kerak.

 

Ta‟lim muassasiga qo„yilgan tashqi va ichki talablarga ko„ra 



o„quv  rejalarini  shakllantirish  texnologiyalari  samaradorlik  ko„rsatkichini 

oshirish  va  mazmunni  dolzarblashtirish  maqsadida  o„quv  jarayonining 

mazmunini egiluvchan ravishda o„zgartirishga imkon beradi.  



15 

 

Butun  o„quv  davri  uchun  shakllantirilgan  o„quv  reja  asosida  har  bir 



rejalashtirish davri uchun ma‟muriy o„quv reja tuziladi. 

O„quv  rejani  yaratish  uchun  o„quv  rejaning  rahbari  o„quv  jarayonining 

markaziy  dispetcheriga  yangi  o„quv  rejani  yaratishga  ariza  berishi  kerak. 

Bundan  so„ng  o„quv  rejaning  rahbari  o„quv  rejani  rasmiylashtirish  hamda 

to„ldirishni boshlaydi. Axborot tizimlarida o„quv rejani tuzish jarayoni quyidagi 

asosiy parametrlarni o„z ichga oladi: 

-  Nomi 

-  Mutaxassislik 

-  O„quv rejaga mas‟ul shaxs 

-  O„quv rejadagi maksimal o„quvchilar soni  

-  O„quv rejadagi mashg„ulotlar soni 

-  Vakolatli shaxs yoki  shaxslar 

-  ID avtomatik ravishda belgilanadi. 

O„quv  rejani  shakllantirish  o„quv  reja  grafigini  ishlab  chiqishdan 

boshlanadi. 

O„quv  rejaning  hafta  bo„yicha  yoki  juftliklardagi  nisbiy  davrlarning 

davomiyligi maksimaldan boshlab, minimalga qarab o„rnatiladi: 

-  o„quv  reja;  shuningdek,  butun  rejadagi  sikllar  soni,  ya‟ni  ta‟limning 

davomiyligi aniqlanadi. Sikllar bir nechta miqdorda bo„ladi. 

-  O„quv  dasturining  shakllanishi  o„quv  dasturining  grafigini  ishlab 

chiqishdan boshlanadi.  

-  Ma‟muriy rejalashtirish davri; ma‟muriy rejalashtirishning har bir davrida 

jadvallar davri aniqlanadi.  

O„quv  dasturining  davri  –  o„quv  dasturining    mas‟ul  shaxs  fikriga  ko„ra 

ma‟muriy  rejalashtirishning  bitta  davrida  amalga  oshirish  mumkin  bo„lgan 

qismidir.  O„quv  dasturi  tugagunicha  tartiblash  o„sish  tartibi  bo„yicha  olib 

boriladi.  

Ma‟muriy  rejalashtirish  davri  –  ma‟muriy  o„quv  rejalashtirish  amalga 

oshiriladigan  vaqt  oralig„i.  Ma‟muriy  rejalashtirishning  bitta  davri  o„quv 



16 

 

dasturining  bir  nechta  davrlarini  o„z  ichiga  oladi.  Tartiblash  har  bir  siklda 



takrorlanadi.  

Ta‟lim sikli – o„quvchilar oqimi harakatlarining boshlang„ich momentlarini 

ajratadigan vaqt oralig„i. O„z ichiga takrorlanmaydigan rejalashtirish davrlarini 

qamrab  oladi.  Rejalashtirish  davrlari  5-rasmda  ko„rsatilganidek,  bitta  sikldan 

keyin takrorlanadi.  

O„quv dasturining grafigi ishlab chiqilganidan so„ng, davrlar reyting tizimi 

asosida baholanadi va mashg„ulotlar davrlar bo„yicha taqsimlab chiqiladi.  

Dastur  reyting  asosida  baholanganda    umumiy  ballar  yig„indisi  topiladi. 

Dasturga  ajratilgan  ballar  yig„indisi  o„quv  dasturining  davrlari  bo„yicha 

taqsimlanadi.  Davrlarning  ballar  yig„indisi  ta‟lim  davrini  o„tash  uchun 

o„quvchiga  taqdim  etiladigan  maksimal  ballar  miqdorini  aks  etadi.  Kelishuvga 

binoan,  dastur  uchun  ajratilgan  umumiy  ballar  yig„indisi  davrlarning 

davomiyligiga proporsional ravishda davrlar bo„yicha taqsimlanadi. Agar o„quv 

reja  uchun  mas‟ul  shaxsda ballarni  davrlar  bo„yicha  notekis  taqsimlashga  asos 

bo„lsa, u holda davrlarning bahosini o„zgartiradi.  

Xuddi  shu  yo„l  bilan  butun  o„quv  dasturidagi  mashg„ulotlar  soni  va 

rejalashtirish  davrlari  aniqlanadi.  O„quv  dasturining  litsenziyalangan  o„quv 

rejasi  mavjud  bo„lsa,  u  holda  mashg„ulotlarning  umumiy  soniga  CHO„D  mos 

qo„yiladi.    O„quv  dasturining  CHO„D  i  bo„lmaganida  yoki  mashg„ulotlarni 

davrlar bo„yicha notekis taqsimlash uchun asoslar berilgan bo„lsa, u holda o„quv 

dasturiga  mas‟ul  shaxs  butun  dastur,  hamda  har  bir  davr  uchun  mashg„ulotlar 

sonini ko„rsatib o„tadi.  

Davrlarni  reyting  asosida  baholab,  mashg„ulotlar  sonini  davrlar  bo„yicha 

taqsimlab chiqqandan so„ng, o„quv dasturlari zonalashtiriladi.  

         O„quv  zonalari  –  o„quvchining  o„quv  jarayoni  bilan  o„zaro  ta‟sirlashish 

shakllari o„rtasidagi farqlar asosida shakllantirilgan o„quv-uslubiy mazmunning 

qismidir.  O„quv-uslubiy  mazmunning  amaliyotga tadbiq  etish shakli  bilan  farq 

qilishi mumkin.  

Zonalashtirish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 



17 

 

-  o„quvchining  o„quv  jarayoni  bilan  ta‟sirlashish  shakllarini  aniqlash  va 



zonalarni o„quv dasturining grafiklarida joylashtirish;  

-  har bir zonadagi mashg„ulotlar soni va ballar miqdorini aniqlash.  

Gorizontal  bo„yicha  o„quv  dasturining  grafigi,  vertikal  bo„yicha  esa 

o„quvchining  o„quv  dasturi  bilan  ta‟sirlashishning  3  ta  shakli  turgan  jadvalni 

to„ldirish orqali zonalashtirish amalga oshiriladi. 

“O„quvchining  o„quv  dasturi  bilan  ta‟sirlashish”  parametri  quyidagi 

qiymatlarni qabul qilishi mumkin: 

-  Tanlanma  zona;  Tanlanma  zona  kurs  janlanmalarini  o„z  ichiga  olib,  ular 

ichidan  o„quvchi  bitta  yoki  bir  nechtasini  tanlab  oladi.  Alohida  zonaga 

ajratib olinadi. 

-  “Kelishuvga  binoan”;  “Kelishuvga  binoan”  zona  kurs  yig„masini 

tanlamagan  o„quvchilarga  biriktiriladigan  kurs  tanlanmalaridir.  Kurs 

tanlanmalarini 

o„rganayotgan 

talabalar 

soniga 


chegaralanishlar 

qo„yilmaydi.  

-  Majburiy  zona;  Majburiy  zona  ma‟lum  bir  o„quvchilar  tomonidan 

majburiy  tartibda  o„tilishi  kerak  bo„lgan  kurs  tanlanmalarini  o„z  ichiga 

oladi. 

Agar  o„quv  dasturida  tanlanma  hisobga  olinmasa,  u  holda  faqatgina 

majburiy zonalar ishlab chiqiladi. Bunday holda dastur uzunligiga teng majburiy 

zona yaratiladi.  

Agar  biror  bir  davrlarda  tanlanma  zonalar  ko„rsatib  o„tilsa,  xuddi  shu 

davrlarda “kelishuvga binoan” zona ishlab chiqilishi kerak. Agar o„quv-uslubiy 

mazmunni amalga oshirish shakllari bo„yicha farq qiluvchi bir nechta tanlanma 

zonalar  ko„rsatib  o„tilsa,  u  holda  ularning  har  biri  uchun  xuddi  shu  davrlarda 

“kelishuvga binoan” zona ishlab chiqilishi kerak. 

Zonalarning  tarkibi  va  joylashuvi  aniqlangandan  so„ng  ballar  va 

mashg„ulotlar zonalar bo„yicha taqsimlab chiqiladi. 

Kelishuvga  binoan,  har  bir  rejalashtirish  davridagi  ballar  miqdori  barcha 

zonalar  bo„yicha  teng  taqsimlanadi.  Agar  o„quv  dasturi  uchun  mas‟ul  shaxsda 



18 

 

ballarni  zonalar  bo„yicha  notekis  taqsimlash  uchun  asos  mavjud  bo„lsa,  u 



zonalarning bahosini quyidagi qoidalar asosida o„zgartiradi: 

-  Har bir zonadagi ballar yig„indisi “kelishuvga binoan” tanlanma zonaning 

ballar  yig„indisiga  teng  bo„lishi  kerak.  YA‟ni  zonalar  uchun  ajratilgan 

umumiy  yig„indi “kelishuvga binoan” tanlanma zonadagi umumiy ballar 

yig„indisiga teng bo„lishi kerak.  

-  Bitta  o„quvchi  aniq  o„quv  dasturida  bir  vaqtning  o„zida  ishtirok  eta 

oladigan barcha zonalardagi ballar yig„indisi davrdagi ballar soniga teng 

bo„lishi kerak.  

Kelishuvga  binoan  har  bir  rejalashtirish  davridagi  mashg„ulotlar  soni 

hamma zonalar bo„yicha teng taqsimlanadi.  

Tanlanma zonalar uchun mashg„ulotlar sonini kurs jamlanmalari bo„yicha 

taqsimlash  uchun  kerak  bo„ladigan  tanlov  sharti  qo„yiladi.  “Tanlov  sharti” 

parametri quyidagi parametrlarni o„z ichiga oladi: 

-  Har  bir  zonada  tanlanishi  mumkin  bo„lgan  kurs  jamlanmalarining 

maksimal miqdori, masalan, faqat ikkita kurs jamlanmasi. 

-  Mazkur zonada tanlovni amalga oshiradigan talabalarning maksimal soni. 

O„quv dasturini zonalashtirib chiqqandan so„ng, zonalar kurs jamlanmalari 

bilan  to„ldiriladi.  Buning  uchun  o„quv  dasturi  keng  namoyish  uchun  chop 

etiladi. Kurs jamlanmalarini amaliyotga tadbiq etish uchun mas‟ul shaxs o„quv 

dasturining  rahbariga  zonalarni  o„zlariga  tegishli  bo„lgan  kurs  jamlanmalari 

bilan to„ldirish istagini oldinga suradilar. Agar kurs jamlanmalari soni еtarlicha 

bo„lmasa,  u  holda  ta‟lim  dasturining  rahbari  kerakli  janlanma(KJ)ni  kiritishni 

taklif etadi. Bundan so„ng, o„quv dasturining rahbari mavjud KJlarni mazmuni 

hamda  moddiy  talablarga  mos  kelishini  tekshiradi.  Agar  KJ  tekshiruvdan 

o„tmagan bo„lib, uni o„tish imkoni bo„lmasa, u holda ta‟lim dasturining rahbari 

mashg„ulot yoki ballarni qayta rasmiylashtirishga talab qo„yadi.    

Agar  biror  bir  zonada  bitta  kurs  janlanmasi  har  xil  baholash  mezonlari  va 

mashg„ulotlar sonining turli xil variantlarida taqdim etilsa, mazkur zona kerakli 




19 

 

jamlanma  olib  borish    variantlarining  miqdoriga  teng  bo„lgan  variantlarga  mos 



keladigan bir nechta zonalarga bo„linadi. 

Kurs  jamlanmalarining  ro„yxatlari  aniqlangandan  so„ng,  ballar  va 

mashg„ulotlar kurs jamalnmalari bo„yicha taqsimlab chiqiladi. 

Kelishuvga  binoan,  har  bir  zonadagi  ballar  miqdori  unga  kiruvchi  kurs 

jamlanmalari  o„rtasida  taqsimlanadi,  bunda  tanlov  sharoitlariga  mos  keladigan 

ballar  yig„indisi  zonadagi  ballarning  umumiy  miqdoriga  teng  bo„ladi.  Agar 

o„quv  dasturiga  mas‟ul  shaxsda  ballarni  kurs  jamlanmalari  bo„yicha  notekis 

taqsimlash  uchun  asos  bo„lsa,  u    mashg„ulotlar  sonini  bitta  o„quvchi  aniq  bir 

muddat  ichida  ishtirok  eta  oladigan  mashg„ulotlarning  umumiy  soni  butun 

davrda  o„tiladigan  mashg„ulotlar  sonidan  katta  bo„lishi  mumkin  emas  degan 

qonun asosida taqsimlab chiqiladi. 

So„ngra  tayyor  o„quv  dasturi  attestatsiyaga  yuboriladi.  Attestatsiya 

komisiyasiga  o„quv  dasturlarini  attestatsiyadan  o„tkazish  nizomiga  ko„ra 

markaziy  dispetcher,  o„quv  dasturining  dispetcheri  va  h.k.  lar  kiradi.  O„quv 

dasturi  vaqt  parametrlari  qismida  hamda  moddiy-texnik  resurslarning  hisob-

kitob parametrlarida ichki standart va me‟yorlarga mos kelishi tekshiriladi.  

Agar  o„quv  dasturi  vaqt  standartlari  va  me‟yorlariga  mos  kelmasa,  o„quv 

dasturiga mas‟ul shaxs o„quv dasturining grafigini takroran ishlab chiqish uchun 

o„quv  dasturini  shakllantirishning  keyingi  bosqichlariga  o„tadi.    Agar 

nomutanosibliklar mashg„ulotlar sonini zonalar yoki kurs jamlanmalari bo„yicha 

taqsimlashga  taalluqli  bo„lsa,  u  holda  mos  bosqichlarda  qaytish  va  tuzatish 

jarayoni amalga oshiriladi. 

Agar  o„quv  dasturi  moddiy-texnik  resurslar  qismida  standart  va 

me‟yorlarga  mos  kelmasa,  o„quv  dasturiga  mas‟ul  shaxs  o„quv  dasturining 

grafigini 

ishlab 


chiqarish 

bosqichiga 

qaytadi 

va 


o„quv  dasturini 

shakllantirishning keyingi bosqichlarini takroran bosib o„tadi.  

O„quv dasturi standart va me‟yorlarga to„liq mos kelganda, o„quv dasturini 

yaratish  arizasiga  attestatsiya  komisiyasining  vakili  ijobiy  qaror  qabul  qilish 

to„g„risida ko„rsatma beradi. 



20 

 

Kafedrada  yuklamasini  shakillantirishda  o‟quvchilar  tamonidan  tanlangan 



o‟quv kurslari ham bevosita ta‟sir qiladi. 

O„quvchilar  tomonidan  o„quv  kurslarining  tanlanishi  deganda  tanlanishi 

mumkin  bo„lgan  kurslar  doirasida  shaxsiy  o„quv  rejalarni  shakllantirishda 

ishtirok etish imkoniyati tushuniladi. Mazkur jarayon o„quvchilarga o„rganilishi 

mumkin bo„lgan kurslar ichida o„ziga kerakli bo„lganlarini tanlash va shu bilan 

birga  kasbiy  tayyorgarlikni  belgilashga  imkon  beradi.  Turli  kurslarning 

o„quvchilar  tomonidan  afzal  deb  topilishi  kursning  talab    darajasi  va 

dolzarbligini aniqlashga imkon beradi.  

O„quv  reja  modullarini  rejalashtirilgan  davr  uchun  rasmiylashtirgandan 

so„ng,  o„quv  dasturining  tanlanma  zonalaridagi  kurslar  ichidan  tanlov 

kurslarining ro„yxati shakllantiriladi. 

O„quv  kurslarini  tanlash  jarayonini  olib  borishga  tayyorlashda  o„quv 

jarayonining dispetcherlari quyidagi parametrlarni aniqlaydilar: 

-     tanlov o„tkazish sanalari; 

-  tanlovni amalga oshirayotgan o„quvchilarning ro„yxati.  

 

2-rasm. O„quvchilar o„quv yo„nalish tanlash jarayoni 




21 

 

O„quv  jarayoni  dispetcherlari  tanlovni  amalga  oshirgan  o„quvchilar 



ro„yxatini  tanlovga  qo„yilgan  kurs  egalariga  topshiradi.  O„quv  jarayoni 

dispetcherlari  qo„ygan  talablarga  binoan,  mazkur  kursda  qatnashishi 

kutilayotgan  o„quvchilar  ro„yxatini  taqdim  etadilar,  bunda  kutilayotgan 

o„quvchilar soni chegaralanmagan bo„ladi. 

Kurslarni  tanlashda,  o„quvchilar  har  xil  tanlov  zonalari  bo„yicha  ko„chib, 

tanlovga  qo„yilgan  kurslar  ro„yxatidan  ularning  o„tilish  ustuvorligini  ko„rsatib 

o„tadi  (1-  eng  ustivor,  2-  unchalik  ustivor  emas  va  h.k.)  Tanlovda  kurslarning 

quyidagi parametrlaridan foydalanadi: 

-  kurslar joylashgan tanlov zonalari; 

-  kelishuvga binoan zonalar; 

-  tanlov sharti; 

-  tanlanma  kurslar  va  kelishuvga  binoan  zonalarning  ro„yxati  (ID,  nomi, 

abbreviatura, ta‟rif).  

Dispetcherlik  o„quv  jarayonining  barcha  kurslari  bo„yicha  kurs 

tanlanmalariga doir xulosa chiqarishda quyidagilarni amalga oshiradi: 

-  Kursni birinchi ustuvorlik bilan tanlagan o„quvchilar tanlanadi 

-  Kursni tanlagan o„quvchilar ro„yxati 2 ta qismga: o„tilishga maq‟ul deb 

topilgan va maqul deb topilmagan ikkita kursga ajratiladi.  

-  Har  bir  qismdagi  o„quvchilar  ro„yxati  reytingi  “kamayish  tartibi” 

bo„yicha joylashtirib chiqiladi.  

-  Kursning yakuniy ro„yxatiga reyting bo„yicha birinchi bo„lgan kursning 

o„tkazuvchanlik  qobiliyatiga  teng  miqdordagi  o„quvchilar  qo„shiladi 

(har  bir  qismdan  teng  yarimi).  Qolgan  o„quvchilar  tanlanma  ro„yxatga 

qo„shib qo„yiladi. 

-  Kursni  “Birinchi  ustunlikdagi”  ro„yxatlarni  to„ldirgandan  so„ng,  kursni 

tanlagan o„quvchilar ro„yxati mazkur kurs uchun ikkinchi, uchinchi va 

undan quyi ustuvorliklarni belgilagan o„quvchilar bilan to„ldiriladi.  



22 

 

Har  bir  o„quvchi  uchun  kurslar  ro„yxati  shakllantiriladi  va  bu  kurs  tanlov 



shartida  ko„rsatib  o„tilgan  miqdorgacha  to„lganda,  o„quvchi  kurslarga 

biriktiriladigan  umumiy  o„quvchilar  ro„yxatidan  chiqarib  yuboriladi.  Tanlov 

zonasidagi hech bir kursning yakuniy ro„yxatiga qo„shilmagan o„quvchilar unga 

bog„liq  bo„lgan  zonaga  kelishuvga  binoan  biriktirib  olinadi.  Tanlov  shartidan 

kamroq kurslar miqdorining yakuniy ro„yxatlari yetmagan kurslarni zonalardan 

ajratib oladi. 

O„quvchilar  bilan  to„lmay  qolgan  kurslar  ro„yxatdan  olib  tashlanadi  va 

o„qitilishi  maqsadga  muvofiqligi  bo„yicha  baholanib,  qaytadan  taqsimlab 

chiqiladi.  Baholash  natijasida  kurs  olib  tashlanishi  ham  mumkin.  Bu  jarayon 

to„ldirilmay qolgan kurslar umuman qolmagunicha davom ettiriladi.  

Tanlov  natijasida  ro„yxatda  qolgan  o„quv  kurslari  modullari  ma‟muriy 

rejalashtirish uchun tuzilgan modullar ro„yxatini hosil qiladi. 

O„quvchilar  ro„yxati  biriktirilgan  kurslarning  shakllangan  ro„yxatlari 

keyingi rejalashtirish davrida o„tiladigan deb qayd qilib qo„yiladi.   




Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish