4-rasm. Hujumda
5-rasm. Himoyada
O‘yin vaqti
Odatda 16 yoshdan yuqori bo‘lgan o‘yinchilardan tashkil topgan jamoalar uchun o‘yin 30 daqiqadan 2 taymdan, taymlar orasidagi tanaffus 10 daqiqadan iborat bo‘ladi.
YOsh bolalar jamoalari uchun o‘yin davomi kuyidagicha belgilangan: 12-16 yoshdagilar uchun 2x25, 8-12 yoshdagilar uchun 2x20 daqiqani tashkil etadi. Har ikki xolatda xam taymlar orasidagi tanaffus 10 daqiqa belgilanadi.
Agar o‘yinning asosiy vaqtida durrang xolati qayd etilsa, lekin g‘oliblarni aniqlash zarur bo‘lsa, u holda 5 daqiqali tanaffusdan so‘ng qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Qo‘shimcha vaqt 5 daqiqali ikki taymdan bo‘lib, taymlar orasida 1 daqiqali tanaffus beriladi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda g‘olib aniqlanmasa, u holda musobaqa Nizomida ko‘rsatilgan shartlar orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |