Qo'l to pi. Futbol maydonlarida o'yinchilarni joylanishi reja



Download 0,68 Mb.
bet1/4
Sana29.09.2022
Hajmi0,68 Mb.
#850672
  1   2   3   4
Bog'liq
Qo\'l to pi. Futbol maydonlarida o\'yinchilarni joylanishi


Qo'l to pi. Futbol maydonlarida o'yinchilarni joylanishi
REJA

1. Qo’l to’pi o’yin kelib chiqishi va rivojlanishi


2. Qo’l to’pi o’yini maydon o’lchamlari.
3. Qo’l to’pi o’yini qoidalari.


1. Qo’l to’pi o’yin kelib chiqishi va rivojlanishi
Qo‘l to‘piga 1898 yilda asos solingan deb hisoblanadi. Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o‘qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan. qizlar uchun ham mos keladigan o‘yinni yaratdi. To‘pni uzatish va otish qo‘l bilan bajarilishini taklif qildi va bu o‘yinga “Xandbol” deb nom berdi.
Bu o‘yin katta futbol maydonida o‘ynalishi, bu maydon o‘yinchilarida katta jismoniy tayyorgarlik talab qilardi. O‘yinda 10ta o‘yinchi va 1ta darbazobon ishtirok etadi. Bir paytning o‘zida 11:11 va 7:7 o‘yin variantlari o‘ynaladi.
1904 yili birinchi bo‘lib Daniya qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili Kopengagen shahrida qo‘l to‘pi o‘yininig dastlabki qoidalari nashr etiladi. Ushbu qodalar muallifi X. Nilson hisoblanadi. Qo‘l to‘pi o‘yini tezda butun jahonga tarqab ketdi. Ovropa mamlakatlarida qo‘l to‘pining rivojlanishi natijasida 1928 yilda Umumjahon havaskorlar gandbol federatsiyasi tashkil topdi va shu yili Pragada xotin - qizlar o‘rtasida turnir o‘tkazildi.
1934 yilda birinchi xalqaro qo‘l to‘pi musobaqa qoidalari ishlab chiqildi.
1936 yilda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida qo‘l to‘pi o‘yinini 11: 11 varianti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 1938 yili bir paytning o‘zida Germaniyada 11:11 va 7:7 variantlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 1950 yildan boshlab qo‘l to‘pini 7:7 varianti o‘ynab kelinmoqda. Qo‘l to‘pi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1- jahon chempioanati 1970 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, 1- o‘rinni Ruminiya, 2- o‘rinni GDR, 3- o‘rinni YUgoslaviya terma jamoalari egallaladilar. Ayollar o‘rtasida 1- jahon chempionati 1971 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, 1- o‘rinni GDR, 2- o‘rinni YUgoslaviya, 3- o‘rinni sobiq ittifoq terma jamoalari egallagan.
1972 yil Myunxenda o‘tkazilgan XX Olimpiada o‘yinlarida qo‘l to‘pi erkaklar o‘rtasida dasturga kiritildi. 1- o‘rinni YUgoslaviya, 2- o‘rinni sobiq ittifoq , 3- o‘rinni Ruminiya terma jamoalari egalladi.
1976 yilda o‘tkazilgan Monreal Olimpiada o‘yinlar dasturiga ayollar o‘rtasida qo‘l to‘pi musobaqalari kiritildi. 1-o‘rinni sobiq ittifoq , 2- o‘rinni GDR, 3- o‘rinni Vengriya terma jamoalari egalladi.
Xozirgi kunda Xalqaro qo‘l to‘pi federatsiyasiga 123 davlat a’zo bo‘lib, jami 7 milliondan ortiq kishi qo‘l to‘pi bilan shug‘ullanadi. SHu jumladan, 1,4 million shug‘ullanuvchi MDH mamlakatlari qo‘l to‘pi ixlosmandlaridi .

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish