Qogʻoz
Qogʻoz
vodorod bogʻlanish
bilan birlashgan
sellyuloza
tolalaridan iborat yupqa materialdir.
Yogʻoch
,
paxta
yoki qogʻozni qayta ishlash yoʻli bilan olinadi.
Qogʻoz
— asosan, oʻsimlik tolalaridan tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil jinsdagi daraxt
yogʻochi va bir yillik oʻsimlik sellyulozasi hamda yogʻoch massasidan ishlanadi. Q. massasiga
oʻsimlik tolalaridan tashqari turli qoʻshimcha (toʻldirgich)lar, mas, oq tus beradigan, zich, silliq
qiladigan, boʻyoq olish xususiyatini yaxshilaydigan mineral moddalar (kaolin, talk va boshqalar);
Qogʻoz varaq.
siyohni yoyiltirmaydigan yoki qogʻozni puxta va zich qiladigan yelimlovchi materiallar (kani-fol
yelimi, kraxmal, smola va h.k.); boʻyagichlar, kimyoviy tolalar va boshqa qoʻshiladi.
Q. dastlab (2-asr) Xitoyda olingan. Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib,
Q. olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr boshlarida
Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-asrlarda Q. ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga
tarqaldi. 7-asrning boshlaridan — 19-asrning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab chiqarilgan Q.
Turkistondagina emas, balki qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. Keyinchalik Q.
tayyorlash arablar orqali Eron, Shimoliy Afrika va Kiprga, keyinroq esa Ispaniya, Marokash va
boshqa mamlakatlarga yoyildi. Q. bungacha yozuvda ishlatib kelinayotgan papirus va boshqa
materiallarni siqib chiqardi. Keyinchalik (taxminan 10-asrda)Q. ishlab chiqarish Ispaniyadan
Yevropadagi barcha mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiyaga oʻtdi. 15—16-asrlarda kitob bosish
kashf qilinganidan keyin q.
ishlab chiqarish surʼati tezlashdi
. 17— 18-asr mobaynida Gollandiyada
yangi tuyish apparati — roll ixtiro qilindi, fransuz ixtirochisi N. L. Rober qoʻl bilan uzluksiz
aylantirib turiladigan sim toʻrli Q. quyish mashinasini yaratdi. Keyinchalik bu sodda mashinaga
presslash, quritish, kalandr va rulon qilib oʻrash seksiyalari qoʻshildi.
19-asr 60-yillarida Q. mashinasi deyarli hozirgi Q. mashinasi kabi qismlardan iborat boʻlgan.
Keyinchalik Q. mashinasining barcha qismlari takomillashtirildi. Q. ishlab chiqarish tezligi
oʻnlarcha marta oshi-rildi. Latta xom ashyosi oʻrniga yogʻoch sellyulozasi tolalari ishlatiladigan
boʻldi. Qadimgi roll mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish appa-ratlariga almashtirildi. Sintetik
polimer smola va tolalar borgan sari koʻproq ishlatiladigan boʻldi va Q. ishlash texnikasi
takomillashtirildi (qarang
Sellyuloza
).
Q.ning 600 dan ortiq turi bor. Q., asosan, yozish, daftar va kitoblar chiqarish uchun ishlatiladi.
Koʻpchilik hollarda Q. va karton toʻqimachilik, yogoch ishlash va shisha sanoati mahsu-lotlari
bilan raqobatlashmoqda. Ular turli metall buyumlari oʻrnini egallamoqda, konstruksion,
izolyatsiya-lovchi, qistirma, filtrlovchi, par-dozlovchi va h.k. materiallar sifatida ishlatilmoqda.
Q. qanday maqsadlarda ishlatilishiga koʻra, massasi (1m;da 4—250 g). qalinligi (4 mm dan
400 mm gacha). mexanik xossalari (uzilish uzunli-gi, sinish, ezilish, titilish. siqilish, buralish), yelim
olishi, kul-liligi, namliligi, rangi, oqlili-gi, silliqligi, singdirish qobiliya-ti, havo, bugʻ, yogʻ
oʻtkazmasligi, die-lektrikligi va boshqa xossalari bilan ifo-dalanadi.
Xalqaro tasnifga koʻra, Q. quyidagilarga boʻlinadi: Matbuot Q. (bosmaxona, ofset, illyustratsiya,
kartografiya, boʻrlangan Q.) — juda silliqligi, oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi singdirishi bilan ajraladi.
Gazeta q.
bilan gul (oboy
) Q. ham shu sinfga oid. Yozuv Q. (yozuv, pochta, konvert, kartochka Q)
— yelim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi bilan ajraladi. Chizmachilik-
rasmchilik Q. (rasm, chizmachilik, chiz-machilik kalkasi Q.) — yelimni yaxshi oladi.
Elektroizolyatsion Q. (kondensator, kabel, telefon, izo-lyatsion-oʻrov Q.) — mexanik mustah-
kamligi, dielektriklik xossasi yax-shiligi bilan ajraladi. Papiros Q. (mundshtuk, papiros, sigaret,
chekma Q.) — bu sinf Q.ning kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish texnologiyasi turlicha.
Shimuvchi Q. (filtr, bosma, singdiruvchi Q.) — fibra, pergament, sanitariyagigiyena mahsulotlari va
boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Apparat Q. (telegraf len-tasi, Krid lentasi, perfokarta Q.) —
mexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi. Yorugʻlik sezgir Q. — mexanik mustahkamligi, yaxshi
yelim olishi bilan ajraladi, fotografiyada ishlatiladi (qarang
Fotografiya
). Koʻchirish Q. (kopirovka
va koʻchirish Q.) — maxsus ishlov berib tayyorlanadi. Oʻrov Q. — oziq-ovqat mahsulotlari va
sanoat tovarlarini oʻrash uchun ishlatiladi. Sanoat-texnika Q. (patron, jilvir, diffuzor tovush yozib
olish, ip oʻrashda ishlatiladigan va h.k.) — paxta tolasi, asbest, sunʼiy tolalardan oddiy usulda
ishlab chiqariladi.
Q boʻtqasini tayyorlash texnologiyasi tola materiallarini tuyish; tolaga mos kompozitsiya tuzish;
suspen-ziya, toʻldirgich, boʻyagichlar tayyorlash; q.
braklarini qayta ishlashni oʻz ichiga oladi
. Q.
qogoz tayyorlash mashinasida olinadi. U uzluksiz ishlaydigan koʻp seksiyali agregat. Unda sersuv
tola suspenziyasidan q.
va baʼzi bir turdagi karton olinadi
. Q. tayyorlash mashinasi 2 asosiy turga:
yassi toʻrli (asosiy qogʻoz turlari ishlab chiqariladigan) va dumaloq toʻrli (baʼzi qogʻoz turlari va
karton ishlab chiqariladigan) tiplarga boʻlinadi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qog%C
A%BBoz&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Qog
ʻ
oz&oldid=2535563
"
Soʻnggi tahrir 19 kun avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |