IV. Yangi mavzuni mustahkamlash; Darslik bilan ishlash
Topishmoqlar javobini topish
Yerda asta unadi
Ilk bahorda kuladi
( Boychechak)
Qovog`ini uyadi
Goh yomg`ir, goh qor quyadi.
( Bulut)
Bahor faslida tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
Bahor faslida nishonlanadigan bayramlarni ayting?
(Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiriladi)
V. Uyga vazifa : Savatdagi gullarni yasash.
Foydalanilgan adabiyotlar : I.Mannopova,
R.Mavlanova Texnologiya 1 – sinf darsligi 2019 – yil
Boshlang`ich ta`lim jurnallari :
J.O.Tolipova : Pedagogok texnalogiyalar – do`stona muhit yaratish omili 2005 - yil.
R.Ishmuhammedov : Ta`limda inovatsion texnologiyalar 2008 - yil
Noz munchoq №9 olov rangli 50 gr,№15 10 gr, yashil rangli №10 10 gr, bisser yashil rangli 50gr, maxsus sim gul tuvak alabaster, ip, atlas lenta yoki jigar rang skoch.
Simni 1 m 30 sm uzunlikda kesib olinadi. Simning 10 sm chetidan №15 olov rangli noz munchoqdan 5 dona terib sim buraladi.Bu jarayon rasmda ko`rsatilgan.
Ikki yon tarafga ham xuddfi shunday jarayon takrorlanadi.
Simni 20 sm uzunlikda kesib olinadi.
manashu jarayon bir necha bor takrorlanadi. Barcha si yig`ilib asosga biriktiriladi
.
Kiyingi jarayonda №9 nomerli bisserdan 3 donadan terilib burab asosga biriktiriladi. Hamma jarayonlar rasmda tushunarli qilib ko`rsatilgan
Kiyingi qatorda 5 donadan teriladi.
Kiyingi qatorda 7 donadan teriladi.
Mana bu tayyor bir qator gul shakli
Xuddi shu o`lchamda ko`rinishda 15 dona tayyorlab olishimiz lozim
Barg shaklini tayyorlaymiz. 60 sm uzunlikda sim kesib olinadi bir dona bisser 5 dona yashil rangli noz munchoq terib bir dona bisser teriladi va sim buraladi
0,7 sm uzunligacha buraladi.
Bu jarayon ikki yon tarafda yana bir bor takrorlanadi
Har bir noz munchoq chetidan bir dona bisser teriladi.
Bu jarayon besh qator bulguncha takrorlanadi va 20 dona tayyorlanadi
Ipak ipda 0,7 smgacha asos qismi o`raladi.
So`ng ikkinchi bo`lak biriktiriladi
Tayyorlab olingan gul bo`lagi bilan barg bir bo`lagi ip yordamida biriktiriladi
So`ng ikkta biriktirilgan barg asosga biriktiriladi
Tayyor bo`lgan daraxtning birinchi bo`lagining tana qismini atlas lenta yoki jigarrang skoch yordamida o`rab chiqiladi.
Daraxtning ikki bo`lagini buyoq skochida biriktirib olinadi
Ustki qismidan jigarrang skoch bilan o`rab chiqiladi.
Gul tuvak ichki qismini alabaster bilan to`ldiramiz alebaster qotmasdan gulni tuvak markaziga joylashtiramiz. Alebaster qotgunicha ushlab turiladi.
Mana o`z qo`limiz bilan bisserdan yaratgan daraxt ham tayyor bo`ldi buni biz o`z yaqinlarimizga bayramlarda sovg`a sifatida taqdim etishimiz mumkin.