Texnolgik ketma-ketlik quyidagi rasmda keltirilgan sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
Makulatura
Sellyuloza
Gidromaydalagich
Uyurmali tozalagich
Tebranma tozalagich
Uyurmali tozalagich
Diskli tegirmon
Tugun tutgich
Bosim saralagich
Rafiner
Q.Q.Z
2.8. Texnologik jihоzlarni tanlash va hisоblash.
2.8.1. Gidromaydalagich.
Bu uskuna qog’oz va karton ishlab chiqarish karxonalarida quruq tolali xom – ashyoni makulatura, nuqsonli qag’oz mahsulotlari va yarim mahsulotni maydalab, titishga va tolali suspenziyasini olishga mo’ljallangan. Gidromaydalagich uzlukli va uzluksiz ishlaydi. Uzluksiz ishlaydigan uskunalarda vannaning pastki qismida suspenziyani uzluksiz ravishda olib turadigan ekstraktor ya’ni ilak o’rnatilgan bo’ladi. Gidromaydalagich tolali xom – ashyoni suv bilan aralashtiruvchi vannadan, tolani aralashtirib maydalash uchun rotor va yurutuvchi qisimlardan iborat. Vanna yaxlit korroziyaga chidamli po’latdan yasalgan konstruksiyadan iborat. Rotorning pastki qismida podshibniklarga vertical holatda o’rnatilgan parraklari bo’lgan val joylashgan. Gidromaydalagich korpusiga vanna bilan bog’langan komera joylashgan. Parraklar ostida elak joylashgan bo’lib, titilgan tolachalar elakdan o’tib kamera orqali gidromaydalagichdan chiqariladi.
Gidromaydalagichga suv quyilib makulatura solinadi. Rotorning kuchli aylanma harakati orqali turbulent oqim yuzaga kelib, tolali xom – ashyo markazdan qochma kuch ta’sirida ishqalanishi natijasida titiladi. Shu bilan bir qatorda tolachalar yuzasidagi bosma bo’yoq ham ajratiladi natijada bir tekis qag’oz massasi hosil bo’ladi.
Gidromaydalagich vertikal holatda, ochiq vanna, rotor va uzatmadan iborat bo’ladi.Vannadagi massa sathini bir xil balandlikda saqlab turish uchun gidromaydalagichga mahsus quti o’rnatilgan.
Vannaning pastki qismida teshikli to’r orqali tayyor tolali suspenziya (massa) tashqariga chiqariladi. Zaruriyatga qarab to’r diametri 8,12 yoki 25 mm bo’lishi mumkin. Rotor uzatmasi – tasma orqali elektr dvigateldan keladi.
Gidromaydalagich uzluksiz ishlaganda suv va material tegishli miqdorda uzluksiz berib turiladi, tayyor massa esa nasos yordamida olinadi.
2.5 – jadval.
ZZS – 5 markali Gidromaydalagichning texnik tavsifi.
Ko’rsatkichlar.
|
ZZS – 5
|
Hajmi, m3
|
5
|
Ishlab chiqarish quvvati, t/kun
|
10 – 16
|
Korpusning ichki diametri, mm
|
2200
|
Tezligi, ayl/min
|
680
|
Rotor tezligi, ayl/min
|
386
|
Massani chiqaruvchi quvur diometri, mm
|
Ø200
|
Yuvuvchi quvur diametri, mm
|
Ø80
|
Divigatel quvvati, kVt
|
55
|
Ishchi konsentratsiyasi
|
4 – 8%
|
Jihozlar soni quyidagi formula orqali hisoblanadi.
Bu yerda:
A – qayta ishlanadigan xom – ashyo miqdori.
G – uskuna ishlab chiqarish quvvati.
Kpo – uskuna ta’mirlash koeffitsienti (0.5 – 0.7 ).
Kpv – uskunaning foydali ish koeffitsienti ( 0.7 – 0.98).
Loyihalanayotgan karxonaga gidromaydalagichdan 1 ta o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |