10. Soyali (tenevoy) qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: ekran yasash uchun oq mato, harxil o‘lchamli yog‘ochlar, qaychi, jilvir qog‘oz, qattiq karton yoki ishlatish uchun tayyorlangan hayvon terisi (fanera ham bo‘lishi mumkin), yog‘och ustasi ishlatadigan asbob-anjomlar, har xil o‘lchamli mix, ekranni yoritish uchun elektr jihozlari.
1-bosqich. Ekran tayyorlash.
Soyali tomosha ko‘rsatish uchun eng avvalo, ekran tayyorlash kerak. Buning uchun yog‘ochdan to‘rt burchak shakl yasab, unga oq rangli mato tortiladi. Yoritish uchun esa ekran chetlariga yoritgichlar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |