Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab “Issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosliklari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida 2 barobar oshirish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
15. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar O‘simliklar milliy genofondining issiqxona komplekslari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari bilan boyitilishini ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yilning 1-martiga qadar issiqxona xo‘jaliklarining yagona ma’lumotlar bazasi to‘liq ishlashini va ularda ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining tizimli hisobi yuritilishini o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish uchun mazkur mahsulotlarni import qiluvchi mamlakatlarning, birinchi navbatda, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi va Yaponiyaning karantin ruxsatini olishda tizimli asosda ko‘maklashsin.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tezkor hal etish chora-tadbirlarini, shu jumladan muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. “O‘zeltexsanoat” AK O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2022-yil oxiriga qadar issiqxona komplekslari uchun sirkulatsion, tortuvchi ventilyatorlar va boshqa uskunalar, asbob va jihozlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda issiqxona komplekslari uchun zarur bo‘lgan uskunalar, asboblar va mexanizmlar ro‘yxatini “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi issiqxonalar komplekslariga talab etiladigan uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari asosida chet el investorlarini jalb etsin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
19. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.R. Xolmurodovga — hududlarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, zamonaviy issiqxona komplekslarida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va salohiyatli investorlarni izlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar va ishchi guruhlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayevga — urug‘chilikning zamonaviy tizimini shakllantirish, birlamchi urug‘chilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shug‘ullanuvchi urug‘chilik klasterlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish, issiqxona xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda tadbirkorlik subyektlariga axborot-maslahatlar bilan ko‘maklashish, markazning faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek hokimlar bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
“O‘zeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi A.A. Abdullayevga — issiqxona komplekslari uchun uskunalar, asboblar va mexanizmlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |