Qodiriy nomidagi jizzax davlat



Download 1,18 Mb.
bet54/63
Sana26.02.2022
Hajmi1,18 Mb.
#465984
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
2 5195157042121151197

Mavzu: Inson odobi bilan
Darsning maqsadi: Odob inson ko‘rki ekanligi, odobli bola elga manzur bo‘lishini, bir so‘z bilan aytganda, odob xulq-atvorlar yig‘indisi ekanligini o‘quvchilar ongiga singdirish va shu orqali ularni odobsizlikdan, noo‘rin xatti-harakatlardan saqlashdan iborat.
Darsning jihozlanishi: Alisher Navoiyning rangli rasmi, plakat va ko‘rgazmalar, kitob-jurnallardagi odobli bolalarning suratlari, xalq maqollaridan namunalar
Darsning borishi:
O‘qituvchi: Odob insonning oliy fazilatidir. Hazrat A.Navoiy ham o‘z asarlarida, shu jumladan, “Hayrat ul-abror” dostonida odobni to‘la tushuntirib beradi. Yoshi ulug‘larga samimiy hurmat-izzat keltirish har kimning holatiga qarab bo‘lishi kerak. Agar yosh bolaga tik turib salom berilsa, uni odob demaydilar. Gadoning oldida sajda qilish kerak emas, unga bir tiyin berilsa shu karam bo‘ladi. Bolalar Navoiy bobomiz nihoyatda kamtar bo‘lganlar. Hozir sinfdoshlaringiz Alisherning odobi bilan bog‘liq bir voqeani namoyish qilishadi. (Oldindan tayyorlangan 7 nafar o‘quvchilardan biri Sh.A.Yazdiy rolida, biri Alisher, qolganlari uning o’rtoqlari qiyofasida chiqishadi)
O‘qituvchi (izoh beradi): A.Navoiy 1447-yili Taft shahrida mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib qolibdi.
Sahnada bir mo‘ysafid xayolga cho‘mib o‘tiribdi. Shu payt bir to‘da (5-6 nafar) bolalar quvalashib o‘ynay boshlaydilar. Ularni kuzatib o‘tirgan mo‘ysafid bolalarni yoniga chorlaydi:
– Qani bolalarim buyoqqa kelinglar-chi. Bolalar mo‘ysafidning ovozini eshitib tarqab ketishadi. Faqat 5-6 yoshlar chamasidagi bola qoladi. Uning boshida oq sallacha, egnida yupqa matodan tikilgan ixcham kamzul, oyog‘ida etikcha. U yugurib kelib, qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ygancha salom beradi.
O‘g‘lim, oting nedur? – deb so‘radi mo‘ysafid.
Alisher, dedi bola.
Maktabga qatnaysanmi?
Qatnayman. Qur’onni taborak surasigacha o‘qiganman.
Men chaqirganimda o‘rtoqlarining qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So‘roqlarimga yaxshi javob qilding. Shuning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo‘lsin. Olim, fozil bo‘lib, yaxshi obro‘ga erishgaysan, – mo‘ysafid uni duo qiladi.
Bu sahna ko‘rinishidan keyin bo‘lib o‘tgan voqealar bolalar bilan tahlil qilinadi. Alisherning yoshi ulug‘ kishilarga salom berishi, o‘zini tutish, odobli ekanligi uqtiriladi. Shuningdek, insonga xos odatlardan biri kulgu haqida ham A.Navoiyning fikrlaridan foydalanish mumkin.
O‘qituvchi: Kulgu – insonga xos odatlardan biri, boshqacha aytganda, kulgi orqali odamning qanday ekanligini bilish mumkin. Hozir tengdoshlaringiz bu haqda Navoiy ijodidan namunalar keltiradi.

1-o‘quvchi:


Bo‘lmas odobsiz kishilar arjumand,
Past etar ul xaylini charxi baland.
O‘qituvchi (izoh beradi): Har bir kishining izzat-hurmati odobi orqali keladi.

2-o‘quvchi:


Tarki odobdin biri kulgu durur,
Kulgu odob tarkiga belgu durur.
O‘qituvchi: Adabsizlikning bir ko‘rinishi noo‘rin va beo‘xshov
kulgudir. Demak, bo‘lar-bo‘lmasga irjayish yoki bo‘lmasa xo‘mrayib yurish insonning zebi-ziynati emas.
3-o‘quvchi: Izzati haddan kam esa xo‘p emas,
Haddan ortuq dog‘i marg‘ub emas.
O‘qituvchi : O‘zga kishilar to‘g‘risida kichikka shafqatda bo‘lish kerak, o‘rtacha kishilarga esa o‘rtacha muomala qilish lozim, deydi. Darvoqe, bolalar, Payg‘ambarimiz Rasululloh Alayhissalom hadisda “Ko‘p kulmang, ko‘p kulish dilni o‘ldiradi” deb nasihat qilgan ekanlar. Endi bolajonlar mana bu rasmga (A. Navoiy portretiga ishora qilib) qaranglar, unda qanday ma’no o‘qiyapsiz?

4-o‘quvchi: Bobomizning yuzlari tiniq ekan.


5-o‘quvchi: Yuz-ko‘zlaridan odobli ekanliklari bilinib turibdi.

O‘qituvchi: Barakallo, juda ham to‘g‘ri angladinglar. Demak, biz odobni ko‘proq kimdan o‘rgansak bo‘lar ekan?


O‘quvchilar: Navoiy bobomizdan. Shundan so‘ng, mashg‘ulot yakunlanadi. Navbatdagi mavzu e’lon qilinib, o‘quvchilarga odob-axloqqa oid 4-5 maqollarni o‘rganib kelish topshiriladi.



Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish