III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. 1-misol og‘zaki bajariladi. O‘quvchilar o‘yinchoqlarning nomini va nechtadan ekanligini ko‘rib, aytib berishlari kerak.
Javob: Bitta raketa, bitta ayiqcha, bitta toycha, bitta traktor o‘yinchog‘i bor.
2. 2-misolda esa o‘quvchilar rasmga qarab, uy hayvonlaridan 1 ta sigir, 1 ta qo‘y, 1 ta echki, 1 ta it va 1 ta mushuk borligini aytib beradilar. Bir raqami bilan tanishtiriladi.
3. O‘qituvchi «koinotga uchamiz» deb, o‘quvchilarga 1 dan 10 gacha sanashlarini aytadi. O‘quvchilar koinotga uchishini «tasavvur» qiladilar. So‘ng «Endi bizga pastdan qo‘ng‘iroq qilishdi, yerga qo‘namiz», – deb 10 dan 1 gacha teskari sanash mashqini o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |