“Sevgini asrang!”
Masala 4. Rustamjon kursdoshi Dildorani yaxshi ko‘rdi. Dildoraning ota-
onasi yakka-yu yagona qizlari bo‘lishiga qaramasdan, uni, yoshlar bir-birlarini
yaxshi ko‘rganlari uchun, Xorazmdan Farg‘onaga kelin qilib uzatishdi. Oradan
bir yil o‘tgach Dildora o‘g‘illi bo‘ldi va o‘qishidan akademik ta’tilga chiqib,
Farg‘onaga ketdi. Rustam esa o‘qishda qoldi. Ancha vaqt o‘tgandan keyin
Dildora shaharga kelganida, kursdoshlari Rustamning boshqa bir qiz bilan
yurayotganini aytishdi. Buni eshitgan Dildora katta janjal ko‘tardi va hech
nimani surishtirmasdan Farg‘onaga borib, o‘g‘lini olib, Xorazmga ota-onasining
oldiga ketib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |