Qizilqum cho’li Reja: Kirish



Download 38,49 Kb.
bet2/6
Sana17.01.2022
Hajmi38,49 Kb.
#382553
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qizilqum cho’li Reja Kirish

Qizilqum okrugida doimiy oquvchi mahalliy suvlari yo’q. Sababi iqlimining quruqligi (yog’inning kamligi, yozgi haroratning yuqoriligi tufayli mumkin bo’lgan bug’lanishning ko’pligi) tufayli. Amudaryo tranzi holda uning janubi-g’arbiy qismidan oqib o’tadi, xolos. Lekin bahorda qorlar eriganda, yomg’ir ko’proq yoqqanda Qizilqumning markaziy qismidagi past tog’larda vujudga keladigan vaqtli soylardan suv oqib, so’ngra ularning suvi qurib qoladi. Aksincha, Qizilqumda yer osti suvlari ancha ko’p. Okrugda grunt suvlari hamma qismida turon svitasi qumliklarida uchraydi. Bu tur yer osti suvi, asosan, yog’inlardan to’yinadi, lekin bug’lanish katta, binobarin, sho’r (minerallashish darajasi yuqori) bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri ichish uchun sifatsiz. Relyefi past yerlarda bu tur yer osti suvlaridan yaylovlarni suv bilan ta‘minlashda foydalaniladi. Qalin barxan qumlari ostida taxminan 100 m chuqurliklarda chuchuk grunt suvi mavjud bo’lib, mine­rallashish darajasi 0,3 dan 1,02 g/l ga yetadi. Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog’lar etaklaridagi prollyuvial yotqiziqlar orasida chuchuk grunt suvlarining katta miqdori mavjud.

Qizilqumda mezozoy davr yotqiziqlari va paleogen davr jinslari orasi­da bosimli artezian yer osti suvining katta zahirasi mavjud. Bu tur suvlar nisbatan chuchuk bo’lib, ba‘zi joylarda kovlanganda o’zi otilib chiqishi mumkin. Mingbuloq, Qoraxotin, Oyoqog’itma kabi botiqlarda burg’ulash paytida o’sha artezian suvlari o’zi otilib chiqqan har litr suvida minerallashish darajasi 1,0 grammdan, 3,0 grammgacha borishi mumkin.

Qizilqum okrugida yer osti suvining dinamik miqdori sekundiga 5,8—6,0 m3 ni tashkil etib, gidrogeologik rayonlar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: Markaziy Qizilqumda 11,0 m3 /sek, Qizilqumning shimoli-sharqi va shimolida 4,0 m3/sek, Qizilqumning shimoli-g’arbida (Orol bo’yida) 43,6 m3/sek.

Qzilqum okrugining shimoli-g’arbida sur-qo’ng’ir tuproq tarqalgan. Nisbatan relyefi pastroq bo’lgan yerlarda esa taqir va ta'qirli tuproqlar uchraydi. Bunday tur tuproqlarda chirindi kam bo’lib, gumus miqdori 0,4—0,5% gacha boradi.

Qizilqumda ko’plab qumli cho’l mavjudligiga qaramay, tuproqlari nisbatan xilma-xil. Bu hol ko’proq relef va uning letologik tuzulishiga bog’liq. Qizilqumda bo’z-qo’ng’ir, cho’l-qum, taqirli tuproqlar, taqirlar va sho’rlar tarqalgan. Vohalarda tuproq ko’proq o’tloq, taqirli-o’tloq turlariga oid. Marzali, ko’zanakli va do’ng qumlarda cho’l-qum tuproqlar tarqalgan. Odatda, ushbu tuproq turli o’simliklar bilan mustahkamlangan qum relyef shakllarida ko’proq uchraydi. O’zidan namni yaxshi o’tkazgani uchun yog’in-sochin qumning quyi qatlamlarda uzoq vaqt saqlanadi va o’simlik ildizlarini yetarli namlik bilan ta`minlab turadi. Tuproq profili ko’p qatlamlarda bo’linmaydi, butun qatlam bo’z rangliligi bilan ajralib turadi, karbanotning ko’pligi ( 6 % gacha) va chiridining kamligi (0,2 % gacha ) bilan tavsiflanadi. Janubi-sharqiy Qizilqumda sertepali tekisliklardagi cho’l-qum tuproqlarning quyi qatlamlarda ( 50 sm pastda ) tuz mavjud. Qumloq va gil tekisliklarda taqirlar va taqirli tuproqlar rivojlangan. Ularda sho’rlanish goho tuproq ustida, ba`zi joylarda quyidan boshlanadi yoki tuproq yuqoridan to ancha chuqurlargacha turli darajada sho’rlangan. Sug’oriladigan yerlarning tuproqlari o’tloq turiga oid, ular turli darajada sho’rlangan, ular qadimdan sug’orilib kelinayotgan voha tuproqlarida agroerrigatsion loyqa qalinligi 2-3 m va undan ko’p.

Qizilqum okrugi hududining 3—5 foiz maydonini o’simlik deyarli o’smaydigan qumlar egallagan. Qolgan 95—97 foiz maydoni u yoki bu darajada o’simliklar bilan qoplangan.

Qizilqum okrugi florasi cho’lga xos xususiyatlarga ega bo’lib, uzoq davom etgan jazirama quruq yoz sharoitiga moslashgan kse­rofit, psammofit va efemer turlaridir. Yaylovlarda о‘sadigan о‘simliklar qoplamiga iqlim omillari kuchli ta’sir kо‘rsatadi va odatda buta-о‘tchil о‘simliklarning vakillari yetakchilik qiladi. О‘simliklarning о‘rtacha yillik hosildorligi ob-havo sharoitiga, ya’ni kо‘proq namlikka bog‘liq holda 2,0-4,0 s/ga atrofida bо‘ladi.

Okrug bahorda ko’k tusga kirib, efemer va efemeroid o’simliklari — rang, qo’ng’irbosh, yaltirbosh, lolaqizg`aldoq, lola, boyg’alcha, chuchmoma, kovrak kabilar bilan qoplanadi. Lekin yozning boshlanishi bilan efemer va efemeroid o’simliklari sarg’ayib qurib qoladi, so’ngra o’z vegetatsiyasini psammofit, kserofit tur o’simliklari davom ettiradi.

Okrugning sho’rxok sho’rtob va sho’rxok-botqoq tuproqlar tarqalgan botiqlarida qora saksovul, yulg’un, baliqko’z, sarisazan, qorabaroq, potash va boshqa bir yillik sho’ralar uchraydi. Taqir va taqirli tuproqlar mavjud bo’lgan yerlarda donasho’r, bir yil­lik sho’ralar usadi. Chо‘l yaylovlarini asosan efemerli-butali hamda juzg‘un-saksovul assotsiatsiyali guruhlari tashkil etadi. Janubi-G‘arbiy Qizilqum chо‘l yaylovlarida asosan quyidagi guruhlarga mansub о‘simliklar tarqalgan:




Download 38,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish