Qizil kitobi”ga kiritilgan o’simliklar geografiyasini o’rganishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish mundarij a kirish I bob. O’simliklarning geografik tarqalishi va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari


Modulli ta’lim texnologiyasidan mavzuni o’qitishda foydalanish yo’llari



Download 0,57 Mb.
bet6/7
Sana10.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#768066
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dildora

2.3. Modulli ta’lim texnologiyasidan mavzuni o’qitishda foydalanish yo’llari
Modulli ta’limning hususiyati shundan iboratki, bunda o’quvchi modul bilan ishlashda o’quv-biluv faoliyatining aniq maqsadlariga mustaqil ravishda (yoki o’qituvchining ba’zi bir yordamida) erishiladi. Modul harakat rejasi maqsadini, axborotlar bankini, qo’yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo’yicha metodik rahbarlikni o’z tarkibiga oladi. Modulli ta’limning mazmunini tugallangan mustaqil komplekslarida ifodalanadi. Har bir kompleks o’quv materiali shunday qurilishi kerakki, u har bir o’quvchi tomonidan uni oldiga qo’yilgan didaktik maqsadlarga erishishga imkon yaratish. Bunda o’quvchi uchun o’quv maqsadi shunday ifodalanishi kerakki, u uni shaxsiy ahamiyat va kutilgan natija sifatida tushunish va anglash imkoniga ega bo’lsin. Didaktik maqsad o’z ichiga o’rganilayotgan material hajmiga va uni o’zlashtirish darajasiga ko’rsatmani oladi. Bundan tashqari har bir o’quvchi o’qituvchidan samarali faoliyat ko’rsatish o’quv materialni qaerdan topish bo’yicha yozma ravishda maslahatlar olishi kerak. Modulli o’qitishning boshqa ta’lim texnologiyalaridan farqli ravishda o’ziga hos hususiyatlari quyidagicha ko’rsatish mumkin.
1. Modulli ta’lim o’qituvchini o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqot shakllarini o’zgarishini ko’zda tutadi. U o’quvchilar bilan modullar orqali ham bevosita – har bir o’quvchi bilan individual tarzda muomala qiladi. Modulli ta’limgina o’qish-o’qitishni sub’ekt-sub’ekt asosga, ya’ni o’quvchini faol bo’lishga, o’quv jarayonida sub’ekt holatiga o’tkazishga imkon yaratadi. O’qituvchi har bir o’quvchiga individual yondashuv asosida maslahat – koordinatsiyalashuvchi funksiyani bajaradi. Bu esa pedagog va ta’lim oluvchiga o’qish-o’qitishni optimal yo’llarini birgalikda tanlashga imkon beradi. Natijada ta’lim jarayonida jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlar teng huquqlik bo’lib boraveradi.
2. O’quvchining o’quv-biluv faoliyatini yuqori darajada o’zini-o’zi tashkil etilishi. U o’quv maqsadlarni mustaqil qo’yishga, faoliyat usullarini tanlash ko’nikmasiga, o’z harakati va munosabatlarini boshqalar bilan moslashtirish va muvofiqlashtirishga asoslangan. Modulli o’qitish sharoitida bu shu bilan ta’minlanadiki, o’quvchilar o’z vaqtlarining katta qismida mustaqil ishlaydi, o’quv-biluv faoliyati ularning anglangan predmeti va idroki bo’lib qoladi.
O'quv jarayonini samarali tashkil etish shakli bu mashg'ulotlarni haftalik modulli rejalashtirish va talabalar bilimini reyting baholash hisoblanadi. Ya'ni, bitta modul bir haftaga rejalashtirihshi va u talabalar bilimining testlar yoki boshqa nazorat turi yordamida baholanishi bilan tugallanishi zarur.
O'qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo'ladi:

  • fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o'qitish uzluksizligi ta'minlanishi;

  • har bir modul ichida va ular orasida o'quv jarayoni barcha turlarining uslubiy jihatdan asoslangan muvofiqligi o'raatilishi;

  • fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;

  • o'quvchilar bilimini muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so'ng) qilinishi;

  • o'quvchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko'ra, tabaqalanishi (dastlabki modullardan so'ng, o'qituvchi ayrim o'quvchilarga fanni individual o'zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);

  • informatsiyani «siqib» berish natijasida, o'qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o'quv vaqti tarkibini ma'ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg'ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni - optimallashtirish.

Buning natijasida, o'quvchi yetarli bilimlarga ham, ko'nikmaga ham, malakaga ham ega bo'ladi.

  • Fan bo'yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasi har qaysi modul uchun ishlab chiqilgan pedagogik-texnologik xaritalar orqali ro'yobga chiqariladi.

  • Shunday qilib modulni o'qitishdan foydalanib yuqori malakali mutaxassisni tayyorlash, quyidagilar asosida ta'minlanadi:

  • o'qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o'zlashtirish samaradorligi oshadi);

  • o'qitishni jadallashtirish burring natijasida axborotning ko'p qismi, individual va mustaqil isbJash paytida, kompyuter tarmoqlari orqali o'zlashtiriladi;

  • o'qishni individuallashtirish (o'quvchi o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olish imkoniyatiga ega boiadi).

Mutaxassisni faoliyatini inobatga olgan holda muayyan o'quv fani bo'yicha tuzilgan modullarni ketma-ket o'zlashtirishni ta'minlash fan bo'yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasining mohiyatini tashkil etadi. Ushbu o'quv jarayonini maqbullashtirish o'qitishni moslashtirish va individuallashtirishga imkon beradi.
Tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasi: Tizimli faoliyat yondashuvi mutaxassisning faoliyatini o'rganishi, ushbu faoliyatini amalga oshirish uchun o'rganish lozim bo'lgan o'quv fanlarni ro'yxatini, o'quv materiallarni mazmunini aniqlanishi, modullarni tuzilishi va o'quv jarayonini mashkil etilishi bilan xarakterlanadi.
Modulli texnologiyaga tizimli faoliyat yondashuvi, eng avvalo kasb-hunar ta'limida qo'llaniladi. Buning yorqin misoli bo'lib, YUNESKO ning xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan «Mehnat ko'nikmalari modullari (MKM) konsepsiyasi» hisoblanadi.
Konsepsiya, o'quv fanlariga bo'linmasdan, yaxlit o'qitishga yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi.Konsepsiyaning afzalliklari bo'lib, modullar texnologiyalarining loyihalash jarayonining aniq tarkiblashtirish va modulli variantdagi o'quv-dasturiy hujjatlar shaklini to'la shakllanganligi hisoblanadi.
MKM - o'qitishning modulli dasturi, mutaxassis faoliyatining tahlili, uning mazmuni va tarkibini o'rganish asosida tuziladi va modulli bloklar hamda o'rgatuvchi modullari yig'indisidan iborat bo'ladi
Mutaxassisning ishlab chiqarish faoliyati, qator ishlab chiqarish topshiriqlar bajarilishini o'z ichiga oladi. Ular o'z navbatida belgilangan ketma-ketlikda bajariladigan ishlab chiqarish amallaridan (ishlar qadami) iborat bo'ladi. Ishlab chiqarish topshirig'i tarkibiga kiruvchi amallarni bajarish uchun, ishchi ma'lum darajadagi nazariy bilimlar va amaliy malakalarga ega bo'lishi kerak. Bunga ishlab chiqilgan o'rgatuvchi modullarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi orqali erishiladi. MKM dasturlar kasb-hunar ta'limi tizimining muayyan ixtisosligi bo'yicha ishlab chiqiladi. Modulli o'qitishning mazkur konsepsiyasi kasb-hunar kollejlarida, ixtisoslikka o'rgatish uchun juda ham mos keladi. Bu esa eng avvalo «Kasbiy ta'lim» olayotgan talabalarga tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasini o'zlashtirishni taqozo etadi.
Mazkur dasturlarni, oliy o'quv yurtlarining «Kasb ta'limi»» yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarni ixtisoslikka o'rgatishda ham qo'llash mumkin bo'ladi. Oliy o'quv yurtlarda ixtisoslikka o'rgatish uchun «Kasb mahorati» fani o'quv rejalarga kiritilgan. Demak, mazkur fanni tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasi bo'yicha talabalar tomonidan o'zlashtirishini tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ifoda etilganlarni hisobga olib, tizimli faoliyat asosidagi modulli o'qitish texnologiyasining quyidagi asosiy xususiyatlarini qayd etish mumkin:

  • o'qitish mazmuni, mutaxassis faoliyatining tizimli tahlili asosida, shakllantiriladi;

  • modulli dastur tarkibi mutaxassis faoliyati tarkibiga mos shakllantiriladi. O'qitish dasturi alohida Elementlardan, modullardan, o'rgatuvchi modullardan, modulli bloklardan iborat bo'ladi. Modul o'qitish dasturining tarkibiy qismi bo'lib, mutaxassis harakatining «boshlanishi va oxiri» aniq ko'rsatilgan tugallangan ish bo'lagidir.

  • har qaysi modulni o'rganish «O'rgatuvchi modul» deb ataluvchi maxsus ishlangan uslubiy qo'llanmalar bo'yicha amalga oshiriladi. Unda bilim va malakalarni shakllantirish uchun zaruriy axborotlar, nazorat testlari keltiriladi.

  • zaruriyat tug'ilganida, har qaysi o'quvchi uchun individual o'qitish dasturlari tuziladi. Ular ta'lim buyurtmasi talablari va boshlang'ich tayyorgarlik darajasi asosida tayyorlanadi.

  • o'rgatuvchi modul o'quvchiga, mustaqil ravishda o'quv materialini o'zlashtirishga imkoniyat beradi, Pedagog va o'quvchining o'zaro munosabati teng huquqlilik va bilvosita asosida kechadi.

Shunday qilib, modulli o'qitish dasturlarni muayyan vaziyat uchun ma'lum ishchi o'rin uchun zarar bo'lgan modulli blok va o'rgatuvchi modullardan tuzish mumkin. Ushbu dasturni bu afzalligi o'rgatuvchi modullar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Modulli o'qitish dasturlar yangi modulli bloklar va o'rgatuvchi modullar bilan to'ldirilishi mumkin, bu esa yangi texnologiyalarni o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Mazkur dastur, o'zgaruvchan (harakatchan) o'quv dasturiy hujjat bo'lib, texnologiyalar, jihozlar, asboblar va materiallar takomillashgani bilan uni yangilashga imkoniyat mavjud bo'ladi.
Modulli o'qitish dasturini amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:

  • O'qitish individual modulli dastur, mustaqil, qadamba-qadam o'zlashtirish shaklida amalga oshirilganda. Bunda har bir talaba o'rgatuvchi modul bilan ta'minlanadi, nazariy bilim va amaliy malakalarga ega bo'lish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

  • Bilimlar va malakalar shakllanishini qadamba-qadam nazorat qilish. O'rgatuvchi modullar har bir egallangan malaka uchun alohida tuziladi va shuning uchun bilim va malakalarni shakllanganligi har bir malaka bo'yicha uzluksiz nazorat asosida amalga oshiriladi, bunda nazorat topshiriqlari, savollar va testlardan foydalaniladi.

O'rgatuvchi modullar asosida o'qitishda, pedagogning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: muvofiqlashtiruvchi, maslahatchi, nazoratchi.
Modulli o'qitish dasturlar, o'quvchining individual ehtiyojlariga osonlik bilan moslashadi va erkin vaqt omiliga ega bo'ladi, chunki bu yerda individuallashtirilgan o'qitish jarayoni ustunlik qiladi. Modulli o'qitish dasturini o'zlashtirish uchun zaruriy vaqt talabaning tabiiy qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi.
Tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasi o'quv materialini individual va mustaqil o'zlashtirishga to'la imkoniyat yaratilishi tufayli ixtisoslikka samarali о 'rgatishni ta 'minlaydi


XULOSA
Bugungi kunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish kadrlar tayyorlash milliy dasturining muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishi natijalariga asoslanilgan holda quyidagi xulosalarga kelindi. “Geografiya” fanidan muammolar o’rganilib, o’quv rejasini takomillashtirish natijasida maqbul moduli o’rganildi. “Geografiya” fanini takomillashtirishni ta’minlovchi modulli o’qitish texnologiyasi modulli o’qitish texnologiyasining nazariy-metodik strukturasining ilmiy asosi ishlab chiqildi. Modulli o’qitishda faning texnologik xaritasini tuzish, modulli dasturlarni va o’quv modullarini yaratish tamoyillari ishlab chiqildi hamda maqsadlar tizimi aniqlandi;
O’tkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar asosida modulli o’qitish o’quv materialini mustaqil o’rganish uchun etarli sharoitlar yaratilishi, o’qitishni jadallashtirishga erishilishi, kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish, mustaqil o’qish imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish mumkinligi aniqlandi;
“Geografiya” fanlardan dars berayotgan o’qituvchilarga, modulli ta’lim orqali talabalarni bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirishda quyidagi tavsiyalarga e’tiborni qaratish lozim, deb hisoblaymiz:
- ta’lim berishda modulli o’qitish texnologiyasini roli va uning tahlili;
- “Geografiya” fanini o’qitishda modulli o’qitish texnologiyasini qo’llash;
- modulli o’qitish tizimi asosidagi “Matematika” fanning pedagogik samaradorligini eksperimental o’rganish.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi o’z kasbiga ijodiy yondashib, darslarni turli texnologiya va metodlardan foydalanib tashkil etsa dars samaradorligi ortadi, o’quvchilar mustaqil fikrlashga, hozirjavoblikka, egallagan bilimlarini yangi sharoitlarda qo’llashga o’rganadi, barkamol avlod qoyaga yetkaziladi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish