Qizil kitobi



Download 0,56 Mb.
bet6/13
Sana30.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#89908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
qizil kitobwwww

«Harakatdagi bog‘».

So‘nggi yillardagi yangi ilmiy ishlardan yana biri bu meva o‘simliklarining ko‘chatlarini tuvaklarga ekib, ulardan tez va yuqori hosil olishga qaratilgan. Buning uchun ba¬landligi 40 sm., eni 35,5 sm., tagi 31,5 sm. bo‘lgan sopol tuvaklar olinib, tagiga 400-500 gm. mayda shag‘al solinadi. Keyin 1 qismi tuproqqa shuncha go‘ng va qum, ya’ni 1:1:1 hajmda aralashtirib tuvakka solinadi. Ko‘chatning ildiz qismining uchlari kesilib, tuvakka ekib, qoniqtirib suv beriladi.

Bunda tuvak tagidagi havo tashqariga chiqariladi.Bir sutkadan so‘ng tuproq zichlanib, ustiga ozroq ara¬lashgan tuproqdan solinadi. Tuvakdagi tuproq namligiga qarab, sug‘orib turiladi, tuproq quruq bo‘lmasligi lozim. Vegetatsiya davomida ko‘chatlarga har oyda 2 marotaba mikroelementlar (kalsiy, selitra, magniy sulfat va kalsiy sulfati 10 litr suvga 5 gm. qo‘shib ara¬lashtirib) bilan oziqlantiriladi. Sulfat, kaliy o‘g‘iti 2 oyda 1 marta (10 litr suvga 10 gm. qo‘shib) oziqlantiriladi. Kasallik va zararkunandalarga qarshi erta bahordan har 15 kunda bir marta 10 litr suvga fertemeks preparatidan qo‘shib, ko‘chatlarga ishlov berib turiladi.

Tuvak ustidagi tuproq qatqaloq bo‘lib qolsa, 5 sm. chuqurlikda tuproq yumshatiladi. Ushbu tadbirlar o‘z vaqtida bajarib borilsa, o‘simlik yaxshi o‘sib, baquvvat bo‘lib rivojlanadi. Tuvaklarda o‘stiriladigan ko‘chatlar sopol tuvaklarda o‘stirib, parvarish qilingani ma’qul. Sopol tuvaklar bo‘lmagan taqdirda plastmassa tuvaklarda ham o‘stirish mumkin. Tuvaklar mumkin qadar yirik bo‘lishi (bo‘yi 60 sm., eni 50 sm., tagi 40-50 sm.), bu o‘simlikni yaxshi o‘sib rivojlanib, ikkinchi yildan hosil berishini ta’minlaydi. Bunday tuvakdagi ko‘chatlardan 3-4-yili o‘rtacha 5-8 kg.gacha hosil olish mumkin.

Ushbu tajriba «harakatdagi bog‘» deb nomlanadi. Chunki bunday tuvaklarda o‘stirilayotgan mevali ko‘chatlarni har bir xonadan egasi o‘z uyining xohlagan yeriga qo‘yib, parvarish qilib hosil olishi mumkin. Kelajakda ushbu pakana payvandtag¬lardagi ko‘chatlarni tuvaklarda ekilib, sinovdan o‘tgach, ularni ko‘paytirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Mutaxassislarimizning aytishlaricha, odatiy bog‘larda 1 gektar maydonga o‘rtacha 100 tup ko‘chat o‘tqazilsa, intensiv bog‘da bu ko‘rsatkich o‘n barobar ko‘p, hatto undan ham ziyodni tashkil etadi. Hosil ko‘chatdan chiqishini hisobga olganda, 1 gektar yerdan olinadigan daromad ham bir necha barobarga ortishi aniq. Yaxshi rivojlangan daraxt bo‘yi esa 2-2,5 metrdan oshmaydi. Bu uning tagini yumshatish, sug‘orish, butash, dorilash, xullas, barcha turdagi agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda, shuningdek, yetishtirilgan mo‘l hosilni daraxtga shikast yetkazmasdan yig‘ishtirib olish¬da qulaylik tug‘diradi.qo‘shib)suvga fertemeks preparatidan qo‘shib, ko‘chatlarga ishlov berib turiladi.





Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish