Daraxtlar qanday parvarishlanadi?
Yosh bog‘larni kasallik va zararkunandalarga chidam¬lilik darajasi ancha past bo‘ladi. Shuning uchun buning oldini olish zarur. Birinchi yili yosh ko‘chatlarni qishga yaxshi tayyorlanishi uchun, sentabr¬ oyi¬ning ikkinchi yarmidan sug‘orish tavsiya etilmaydi. Oktabr-noyabr oylarida yosh nihollar orasi hamda ko‘chatlarning qator orasi chopib yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi. Tuproqda namlik yaxshi saqlanadi.
Bugun yangi bog‘lar issiqxonalarda ham yaratilmoq¬da. Issiqxonalarning afzalligi shundaki, yoqilg‘i sarf qilmasdan, isitish tarmoqlarisiz ko‘chatlarni parva¬rish qilib, meva-uzum hosili olishni boshqarib borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |