Qizg‘iziston Respublikasi fuqarosi Odamboy Begmatov O‘zbekiston



Download 163,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.07.2021
Hajmi163,57 Kb.
#131696
1   2   3   4
to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

qonunining 

13-moddasida 

iste’molchilarga  nuqsonli  tovar  sotilgandagi  huquqlari  sanab  o‘tilgan:  “Nuqsonli 

tovar  sotilgan  iste’molchi,  agar  bu  hol  shartnoma  tuzish  paytida  aytib  o‘tilmagan 

bo‘lsa, o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan birini talab qilishga haqli: 

–  tovarni ayni shunday markali maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; 

–  tovarni boshqa markali shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxi 

tegishincha qayta hisob kitob qilish

–  tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki istemolchining yoxud 

uchinchi  shaxsning  nuqsonlarni  bartaraf  etishga  qilgan  xarajatlarini 

qoplash; 

–  xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish

 

    



4

 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2020-yil. 390-modda 




 

–  shartnomani bekor qilib ko‘rilgan zararni qoplash” 



5

.  


Moddani  tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  nuqsonli  tovar  sotilgan  sotib  oluvchi 

sotuvchidan  tovarni  almashtirishini,  tovar  narxini  pasaytirishni  talab  qilishi, 

nuqsonni bartaraf etishni talab qilishi yoki shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni 

qoplashni  talab  qilishga  haqli.  Bevosita  kazusga  qaytadigan  bo‘lsak,  Odamboy 

Begmatovning   sotuvchidan  tovarni almashtirib berishi to‘g‘risidai talabi  o‘rinli. 

Ushbu    vaziyatda  sotuvchining    bergan  rad  javobi  noto‘g‘ri.  Chunki  tovarning 

shikastlanishi bilan bog‘liq holatda sotuvchi javobarligi sababli u nuqsonli tovarni 

almashtirib berishi zarur.  

Uchinchidan,  Qirg‘iziston  Respublikasi  fuqarosi  Odamboy  Begmatovga 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari  taalluqlimi?  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

23-moddasida 

quyidagicha  keltirilgan:  ”O‘zbekiston 

Respublikasi  hududidagi  chet  el  fuqarolarining  va  fuqaroligi  bo‘lmagan 

shaxslarning  huquq  va  erkinliklari  xalqaro  huquq  normalariga  muvofiq 

ta’minlanadi.  Ular  O‘zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyasi,  qonunlar  va  xalqaro 

shartnomalari  bilan  belgilangan  burchlarni  ado  etadilar“ 

6

.  Ushbu  moddani  tahlil 



qiladigan  bo‘lsak,  mamlakatimiz  hududidagi  chet  el  fuqarolari  va  fuqaroligi 

bo‘lmagan shaxslarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishi ko‘rishimiz mumkin. 

Shuningdek,    O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  16-moddasida 

jismoniy shaxslarga ta’rif  berib o‘tilgan; “Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda 

O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari,  boshqa  davlatlarning  fuqarolari, 

shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.  

Agar  qonunda  boshqacha  tartib  belgilangan  bo‘lmasa,  ushbu  kodeksning 

qoidalari  barcha  fuqarolarga  nisbatan  qo‘llaniladi” 

7

.  Bevosita  ushbu  moddadan 



ko‘rinib  turibdiki  Fuqarolik  kodeksidagi  qoidalar  barcha  fuqarolarga  nisbatan 

qo‘llanilladi.  Fuqarolarga  tarkibiga  esa  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari, 

boshqa  davlatlarning  fuqarolari  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  kiradi.  Bundan 

 

    



5

 “Istemolchilarnining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 221-I-son     

26.04.1996.  13-modda

 

    



6

 O‘zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi. 2019-yil. 23-modda 

    

7

 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2020-yil. 16-modda 




 

kelib  chiqish  mumkinki,  Qirg‘iziston  Respublikasi  fuqarosi  Odamboy  Begmatov 



ham  fuqarolar  ya’ni  jismoniy  shaxslarga  mansub.  Demak,  o‘z-o‘zidan  Fuqarolik 

kodeksidagi qoidalar Odamboy Begmatovga nisbatan ham qo‘llaniladi.  

Umumiy  vaziyatdan  kelib  chiqqan  va  yuqorida  aytib  o‘tilgan  barcha 

dalillarning  umumiyligiga  asoslangan  holda  xulosa  chiqarishimiz  mumkin. 

Birinchidan, 

sotuvchi  tomonidan  tovarni  topshirish  majburiyati  to‘la 

bajarilmaganligi  sababli  mebelni  mashinaga  ortish  jarayonida  kelib  chiqqan 

shikastlanish  bilan  bog‘liq  holatda  sotuvchi  javobgar  hisoblanadi.  Ikkinchidan, 

yuqorida  kodeksning  413-moddasida  keltilganidan  ko‘rishimiz  mumkinki, 

Odamboy  Begmatovning  tovarni  almashtirib  berish  to‘g‘risidagi  talabi  huquqiy 

asosga ega. Shuningdek, sotuvchining bergan rad javobi qonunga zid hisoblanadi. 

Ushbu vaziyatda sotuvchi sotib oluvchining talabini qondirishi kerak. Uchinchidan, 

kodeksdagi    fuqarolar  ya’ni  jismoniy  shaxslarga  nisbatan  berilgan  tavsifga  ko‘ra 

Qirg‘iziston  Respublikasi  fuqarosi  Odamboy  Begmatov  ham  jismoniy  shaxslar 

tarkibiga kiradi. Shuning, u o‘z qonuniy huquqlarini talab qilishga haqli.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 163,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish