Kasallikning birinchi belgisi kasallik yuqqanidan so‘ng 10 – 12-kundan boshlab harorat ko‘tariladi, bir haftagacha harorat tushmaydi va quyidagi belgilar bilan kechadi:
– tana haroratini baland ko‘tarilishi;
– ko‘z qizarishi (konyunktivit);
– yo‘tal;
– toshma toshishi;
– burun bitishi va holsizlik;
– og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida oq mayda dog‘lar.
Odatda qizil toshmalar avval yuz va bo‘yin sohasida paydo bo‘ladi, so‘ngra, tepadan pastga qarab tarqaladi, keyin qo‘l va oyoqlarga chiqadi.
Toshma tosha boshlaganidan beshinchi kundan boshlab bemor atrof uchun zararsiz hisoblanadi. Tuzalish jarayoni kasallikdan so‘ng 2-3 hafta kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |